Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/88
Sana08.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#331065
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
Bog'liq
eng yangi tarix

XDP hokimiyat tepasida.  
Xristian-demokratlar  siyosatda  rahbarlik  mavqeiga  ega  bo‘lib  olishgach,  mamlakat 
iqtisodiyotini  tiklash  jarayonini  boshlab  yuborishdi.  Bunda,  AQShning  Marshall  rejasiga  ko‘ra 
ko‘rsatgan  moliyaviy  yordami  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Italiya  40-50  yillar  orasida  Marshall 
rejasi  asosida  3,2  mlrd  dollar  miqdorida  moliyaviy  yordam  oldi.  Bundan  tashqari  iqtisodiyotni 
tiklash  va  yanada  rivojlantirish  uchun  boshqa  mablag‘lardan  ham  foydalanildi.  Xo‘jalik 
proteksionizmi (assistensializm, - italyanchada “yordam” ma’nosida), davlat tomonidan moliyalash 
va  kredit  berish,  davlat  sektori  shaklida  davlat-monopolistik  nazoratni  kuchaytirish  va  boshqalar 
shular  jumlasidandir.  Italiyaning  yirik  monopolist-oligarxlarida  Anyelli,  Pirelli,  Orlando,  Pezenti, 
Mardzotto, Ferrutssi va boshqa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta miqdordagi sarmoya 
(investitsiya)lari  bilan o‘z hissalarini qo‘shishdi. Jahon bozorida xomashyo va energonositeli () lar 
uchun qo‘yilgan arzon narxlar, ishlab chiqarishda fan-texnika inqilobi yutuqlaridan foydalanish, ish 
haqining o‘sishini majburiy ravishda ushlab turish (mehnat samaradorligi 40% ga o‘sgan holda, real 
ish  haqi  bor  yo‘g‘i  8,9  %  ga  oshdi)  va  Italiyaning  Yevropadagi  iqtisodiy  integratsiya  jarayoniga 
qo‘shilishi  (Italiya  1957  yilda  umumiy  bozorga  a’zo  bo‘ldi)  nafaqat  iqtisodiyotni  tiklashda,  balki 
“Italiyaning iqtisodiy mo‘jizasi” nomini olgan iqtisodiy taraqqiyotida qo‘shimcha kuch bo‘ldi. 50-
60  yillar  boshlarida  iqtisodiy  taraqqiyotdagi  yuqori  sur’atlar  Italiya  Milliy  daromadining  deyarli 
ikki  baravar  oshishiga  olib  keldi.  Infrastruktura,  bazis  va  strategik  jihatdan  nihoyatda  muhim 
bo‘lgan  xo‘jalik  sohalarini  o‘z  ichiga  olgan,  kuchli  davlat  sektori  yuzaga  keldi.  Davlat  sektorida 


 
151 
sanoatni  rekonstruksiyalash  Instituti  (SRI)  rahbarlikni  o‘z  qo‘liga  oldi.  SRI  -  hukumat  xoldingi 
hisoblanib,  1933  yildayoq  tashkil  topgan  edi.  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  davrda  SRI 
Italiyadagi  yirik  xo‘jalik  komplekslaridan  biriga  aylandi.  qudratli  davlat  sektori,  o‘rta  va  kichik 
biznes hamkorligidagi  yirik xususiy  sektor bilan birgalikda  foydali qazilma boyliklari deyarli yo‘q 
darajada  bo‘lgan  sharoitda  iqtisodiyot  strukturasini  qayta  qurish  vazifasini  amalga  oshirdi.  Italiya 
zamonaviy  texnologiyalar  bo‘yicha  chet  davlatlarining  ilg‘or  patentlarini  sotib  olish  uchun  katta 
miqdordagi  sarmoyalarni  hech ayamasdan sarfladi.  Tashqarisiga  “ortiqcha”  ishchi kuchini  eksport 
qila  boshlagan  Italiyaga,  AQSH  va  Yevropa  hamdo‘stligi  mamlakatlaridan  katta  miqdordagi 
sarmoya  oqib  kela  boshladi.  Chet  el  sarmoyalarining  kirib  kelishi,  Italiya  iqtisodiyotining  tez 
taraqqiyo etishiga imkon berdi. Shu bilan bir vaqtda yirik milliy tadbirkorlar asosan subpodryad va 
kooperatsiyalar  evaziga  ko‘p  sonli  kichik  tadbirkorlarni  monopolistik  ishlab  chiqarish  tizimiga 
kiritishga  muvofiq  bo‘ldilar.  Bundan  tashqari,  ishchi  kuchiga  sarflanayotgan  harajatlarning 
nihoyatda pastligi tufayli “tenevoy iqtisodiyot”ning imkoniyatlaridan keng foydalanildi. (Hozir ham 
foydalanilmoqda).  “Tenevoy  iqtisodiyot”  mavjudligining  salbiy  oqibatlari  ham  bor  bo‘lib,  bunga 
uning strukturasiga mafiyaning kirib kelishini misol keltirsak bo‘ladi.  
Iqtisodiy  o‘zgarishlar  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  jumladan,  italiyaliklarning  fikrlash  doirasi 
turmush  tarzi  va  iste’mol  qlish  standartlarida  ijobiy  o‘zgarishlar  bo‘lishga  sabab  bo‘ldi.  Shu  bilan 
bir  vaqtda  “iqtisodiy  mo‘jiza”  mamlakat  uchun  bir  qancha  salbiy  oqibatlarni  keltirib  chiqardi. 
Chunonchi,  iqtisodiyo  taraqqiyotning  notekisligi  va  davriyligi  sarmoyalari  va  import 
texnologiyalariga  qaramlik,  qishloq  xo‘jaligining  qoloqligi,  qishloq  aholisining  shaharlarga 
ligratsiyasi (1,8 mln kishi), ishizlar sonining ortishi transport va uy-joy muammosining kuchayishi, 
ish  haqi  hajmining  sekin  o‘sishi  kabilar  shular  jumlasidandir.  Ayniqsa,  “Janub  muammosi”  o‘z 
keskinligini  yo‘qotmagan  edi.  Janubiy  mintaqalarning  qoloqligi  (oltita  janubiy  viloyatlar,  Sitsiliya 
va Sardiniya orollari) Italiyaning tarixan og‘riqli nuqtasi hisoblanib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
nomutanosib  joylashishiga  sabab  bo‘layotgan  edi.  50-yillarning  boshlarida  Janubiy  hududlarning 
mamlakat  qishloq  xo‘jaligidagi  ulushi  33,2  %  ni,  sanoat  ishlab  chiqarishida  esa  15,1  %  tashkil 
etardi.  Mehnat  samaradorligi  Shimoliy  mintaqalarga  qaraganda,  ancha  past  ko‘rsatkichlarga  ega 
edi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  muammo  nafaqat  iqtisodiy  qoloqlikda  edi.  Bunda  siyosiy  va  ijtimoiy 
sohalardagi  passivlik  ham  muammoning  ikkinchi  tomonini  tashkil  etar  edi.  Janubiy  mintaqalar 
mamlakat  hududining  43  %  tashkil  etib,  Italiya  aholisining  1g‘3  qismidan  ko‘prog‘i  shu  hududda 
yashar  edi.  50-yillarda  aholi  jonboshiga  to‘g‘ri  keladigan  daromad  ko‘rsatkichi  mamlakatning 
qolgan  qismidagi  darajaning  50%  ni  tashkil  etar  edi.  Ishsizlik  darajasi  shimoliy  hududlardagiga 
nisbatan  ikki  baravar  ko‘p  edi.  Bu  yer  agrar  aholi  o‘ta  zich  joylashgan,  ishsizlik  va  nochorlik 
qilayotgan  mintaqa hisoblanib, mablag‘ topish uchun ish qidirib mamlakatning shimoliy hududlari 
va  xorijiy  mamlakatlarga  yuz  minglab  kishilar  ketgan  edilar  (italiyalik  muhojirlarning  80  %  ga 
yaqini  janubliklar  hisoblanar  edi).  Janub  hukumat  budjetidan  berayotganiga  nisbatan  ikki  baravar 
mablag‘ olayotgan edi. Janubning tarixan zaif rivojlanishi, aholining ijtimoiy va madaniy jihatdan 
qoloqligi,  hayotning  barcha  jabhalarida  mafiyaning  ta’siri,  mamlakatning  umuman  iqtisodiy 
yuksalishiga  to‘siq  bo‘layotgan  edi.  1950  yilda  qoloq  hududlarni  uzoq  muddatli  moliyalashga 
mo‘ljallangan  hukumatning  ixtisoslashtirilgan  fondi  -  Janub  Kassasining  tashkil  etilishi  bilan 
hukumatning  Janubiy  hududlarni doimiy  va katta miqyosda  rivojlantirish siyosati  boshlanib ketdi. 
Janubiy  hududlardagi  xo‘jaliklarni  aralash  (qo‘shma)  korxonalar  tomonidan  moliyalashtirilishi 
qo‘shimcha manba bo‘ldi.  
 
Hukumat siyosatida bu masalani hal qilish bo‘yicha ikkita asosiy yo‘nalish ko‘zga tashlandi. 
Dastlab  Janubiy  mintaqa  iqtisodiyotini  mustaqil  rivojlantirish  konsepsiyasi  ishlab  chiqildi.  Shu 
sababli,  qishloq  xo‘jaligi,  infrastruktura  va  keyinchalik  sanoat  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish 
uchun  katta  miqdordagi  sarmoyalar  yo‘naltirildi.  Bir  necha  yildan  so‘ng  “muxtoriyat” 
konsepsiyaining  zaif tomonlari  namoyon bo‘lib qolgach, bu reja qayta ko‘rib chiqildi  va 1956  yili 
“Vanoni  rejasida”  (XDPdagi  funksionerlardan  biri)  ifodalangan  g‘oya  qabul  qilindi.  “Vanoni 
rejasi”ning  asosi  Janubiy  mintaqani  iqtisodiy  jihatdan  yuksaltirish  uchun  uni  Italiyaning  umumiy 
iqtisodiy tizimiga kiritish g‘oyasi ko‘zda tutilgan edi. Bu g‘oya amaliy jihatdan 60-70 yillarda “so‘l 
markaz” tomonidan hayotga tadbiq etildi.  
 
70-yillarda hukumat sarmoyalarining deyarli 50 % ini tashkil etgan moliyaviy oqim, Janubiy 
mintaqada hattoki og‘ir sanoatning metallurgiya va mashinasozlik kabi sohalarini ham barpo etish 


 
152 
imkoniyatini  berdi.  Janubiy  mintaqa  qishloq  xo‘jaligi  ustun  bo‘lgan  hududdan  industrila-agrar 
hududga aylandi.  
 
Janubiy  mintaqaning  taraqqiyoti  Shimoliy  mintaqalardan  kelayotgan  mablag‘  hisobiga 
amalga  oshirilayotgani  sababli,  nisbatan  kuchliroq  hisoblangan  sherik  o‘z  shartnomalarini  qabul 
qildirishga  harakat  qilishi  tabiiy  hol  edi.  Janubiy  mintaqalarning  taraqqiyotidagi  tobelik  modeli 
saqlanib qolayotgan edi. Janub Shimolning manfaatlaridan kelib chiqib rivojlanayotgan edi.  
 
40  yil  davomida  “janub  siyosati”ni  amalga  oshirish  uchun  ishlatilgan  katta  miqdordagi 
moliyaviy  xarajatlar  kamtarona bo‘lsada  o‘z samarasini ko‘rsatdi. Aholining  yashash tarzdagi  farq 
10  %  ga  qisqardi,  ko‘pgina  oilalar  hali  ham  chet  mamlakatlarda  ishlayotgan  qarindoshlari 
yuborayotgan  mablag‘lar  hisobiga  yashayotgan  edi.  Aholi  o‘sishidagi  yuqori  sur’atlar  bandlik 
muammosini bartaraf etish imkonini bermadi.  
 
Janub  bilan  bog‘liq  yana  bir  muammo  bo‘lib  bu  yer  muammosi  edi.  Shuning  uchun  XDP 
hukumati  o‘tkazgan  muhim  tadbirlaridan  biri  yer  islohoti  edi.  Bu  islohot  dehqonlar  va  ijarachilar 
tomonidan  yirik yer egalarining bekor yotgan yerlarini egallab olish uchun misli ko‘rilmagan keng 
miqyosdagi  harakatning  yuzaga  kelishiga  turtki  bo‘ldi.  Ommaviy  harakatlarning  tazyiqi  tufayli 
xristian  demokratlarning  hukumati  Konstitutsiyaning  44  moddasiga  muvofiq,  1950  yilda  yer 
islohoti to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. qishloq va o‘rmon xo‘jaligi  ministri  A.Senining loyihasi 
bu  qonun  uchun  asos  qilib  olindi.  qonunga  ko‘ra  8000  ga  yaqin  yirik  yer  egalari  ortiqchasini 
hukumatga  sotishlari  kerak  edi.  Shunday  yo‘l  bilan  tashkil  etilgan  fondga  bundan  tashqari,  ba’zi 
yirik  kompaniyalarning  yer  uchastkalari  va  davlat  yerlari  ham  kiritildi.  Keyinchalik  bu  fonddagi 
yerlar  qur’a  tashlash  orqali  aniqlanib,  30  yil  muddat  ichida  narxini  to‘lash  sharti  bilan  muhtoj 
dehqonlarga  sotildi.  To‘g‘ri,  yer  islohoti  barcha  yersiz  va  kam  yerli  dehqonlarning  istaklarini 
ro‘yobga chiqara olmagan bo‘lsada, ko‘pgina (200 mingga yaqin) kishilar o‘z ahvollarini yaxshilab 
olishdi.  
 
Xristian 
demokratlarning 
tashqi 
siyosat 
sohasidagi 
ko‘ra  g‘arb  sivilizatsiyasi 
qadriyatlarining  ustunligini  tan  olib  va  AQSH  bilan  yaqinlashishni  ko‘zda  tutar  edi.  Italiya 
NATOning  tashkil  etilishida  ishtirok  etdi  va  uning  hududida  NATO  harbiy  qo‘shilmalari  va 
shtablari joylashtirildi. Italiya hukumati bilan AQSH o‘rtasida “mudofaa maqsadida o‘zaro yordam 
ko‘rsatish”  bitimi  imzolandi.  Unga  ko‘ra,  AQSH  Italiyaga  qurol-yarog‘  yetkazib  berishi,  Italiya 
tomoni  esa  HHK  va  HDK  bazalaridan  foydalanishga  ruxsat  berishi  kerak  edi.  XDPning  tashqi 
siyosatida  AQSH  bilan  yaqinlashish  yo‘lini  tutishi  so‘l  oppozitsiya,  asosan  sotsialistlar  va 
kommunistlar tomonidan tanqid ostiga olindi.  
 
Italiyaning  siyosiy  isteblishmentida  XDP  sentristik  pozitsiyada  bo‘lib,  hukumat 
boshqaruvida  ijtimoiy  konservatizm  unsurlaridan  tashqari,  ijtimoiy  nayranglardan  ham  keng 
darajada  foydalanar  edi.  Ommaviy  harakatlarning  siquvi  ostida  XDP,  ba’zan  ijtimoiy  masalalarda 
mehnatkashlarga yon bosishlar berishga majbur bo‘lar edi.  
 
Shu  bilan  birga,  ayrim  holatlarda  bunday  chiqishlarda  ishtirok  etgan  namoyishchilarni 
jazolash va qatag‘on qilish choralari ham qo‘llanildi. Bunda asosan motorlashtirilgan politsiyaning 
maxsus  bo‘linmalari  (chelere)  astoydil  “xizmat”  qilishdi.  Bu  oppozitsion  potensialning 
to‘planishiga sabab bo‘ldi. 1953 yili o‘tkazilgan navbatdagi parlament saylovlarida XDP 50 % lik 
marrani egallay olmadi. De Gasperi iste’foga chiqdi va bir yildan so‘ng vafot etdi. De Gasperining 
ketishi  XDPning  siyosiy  yo‘liga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatmasdan  qolmadi.  Endi  hukumatga  boshqa 
kishilar  intilayotgan  edi.  XDPda  o‘ng  qanot  (gasperistlar)  vakillarining  ta’siri  zaiflashib, 
sotsialistlarga  kaolitsiyani  taklif  etgan  so‘l  qanot  vakillarining  mavqei  oshdi.  Lekin  umuman 
olganda,  XDPning  siyosiy  kotibi  Amintore  Fanfani  boshchiligidagi  sentristik  fraksiya  ustun  edi. 
A.Fanfani boshchiligida bir necha bor 50,60 va 80 yillarda hukumatlar tuzilgan edi.  
 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish