Asarlari
"Baydamtol sohillari", "Yuzma-yuz"
"Fudziyamadagi uchrashuv"
"Momo yer", "Qizil durrachali sarvqomatim"
"Birinchi muallim", "Kasandra tamg'asi", "Asrga tatigulik kun"
"Oq kema", "Alvido, Gulsari"
"Hoshim ","Qiyomat", "Oq yomg'ir ", "Sepoyachi","Gazetachi Dzyuydo "
Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Bo‘tako‘z“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yo‘li“ (1963), „Alvi-do, ey Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. A.ning „Tog‘ va cho‘l qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. A.ning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Dengiz yoqalab chopayotgan ola-par“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mashʼum manzaralari o‘z ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qi-yomat“ (1986), „Kassandra tamg‘asi“ (1990) romanlarida zamonamizning umu-minsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma nar-saga loqayd, itoat-u, buyruqni baja-rishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.A.ning „Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bag‘ishlangan. A. prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.A. „Inostrannaya literatura“ (Mo-skva) jurnaliga muharrir (1980 – 90), 1990 yildan sobiq SSSRning, so‘ng Rossiya Federatsiyasining, 1991 yildan Qirg‘iziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. A. tashkil etgan „Issiqko‘l forumi“ xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali taʼsir o‘tkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995). A.ning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). „Sarvqomat dilbarim“ („Do-von“), „Bo‘tako‘z“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“, „Alvido, ey Gulsari“ va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. „Momo yer“ asariga I. Akbarov musiqa yozgan. A.ning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. A. o‘zbek ada-biyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, „Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan taʼsirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan taʼsiri bilan qiyoslash mumkin“, deb hisoblaydi. A. O‘zbekiston Respublikasining „Do‘stlik“ (1995), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytma-tov nomidagi „Oltin medal“ mukofoti taʼsis etilgan (1999).As: Tanlangan asarlar [ikki jild-248li], T.. 1978; Aytmatov Ch.: Stati, vi-stupleniya, dialogi, intervyu, M., 1988; Asrga tatigulik kun; Qiyomat, roman;
2018-yilda adib tavalludining 90 yilligini nishonlash haqida Oʻzbekiston Prezidentining qarori eʼlon qilindi[2]. Unga koʻra: „Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston“ nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish; Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga adib nomini berish; Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish tayinlandi.
Guruh: 124
Talaba : Mamasobirova Nigora
Fan : Adabiyotshunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |