Urushdan keyingi davrdan to SSSRning inqirozga uchrashi davrigacha bo‘lgan yillarda jismoniy tarbiya va sport (1946—1991-yfflar)
Urushdan keyingi davrlarda jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qilishni tubdan yaxshilash (1948, 1959, 1966, 1968), sport inshootlarini ko‘paytirish hamda mutaxassis kadrlar tayyorlashga e’tibomi kuchaytirish (1966), jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish (1972, 1981), madaniy sport majmualarini qurish va kengaytirish (1985) kabi muammolami hal etishga qaratilgan edi. Sobiq Ittifoq davrida jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan ichki (mamlakat birinchiliklari, spartakiadalar) va tashqi (Yevropa va jahon birinchiliklari, Olimpiya o'yinlari) yutuqlar jahondagi eng taraqqiy qilgan mamlakatlar bilan raqobatlashish va ulami ancha orqada qoldirishga asos bo'ladi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda erishilgan eng e’tiborli yutuqlandan biri shuki, 1951-yilda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Sovetlar mamlakatini o'z a’zoligiga qabul etdi va mamlakatda Milliy Olimpiya qo'mitasi tashkil etildi. Bu, o'z navbatida, sovet sportchilarining Olimpiya o'yinlaridagi deyarli doimiy g'alabalami ta’minlashga xizmat qildi.
1937-yildan buyon har 4-yilda bir marta o'tkazib kelingan umumittifoq jismoniy tarbiyachilar namoyishi
so'nggi marotaba 1954-yilda tashkil etildi. Sportchilaming ommaviy harakatlari va yuksak mahoratlarini ko'rsatuvchi bu namoyish o'miga 1956-yildan boshlab sobiq SSSR xalqlari spartakiadasi o'tkazila boshladi. Bu ulkan tadbir ham Olimpiya o'yinlariga o'xshash har 4 yilda bir marotaba o'tkazib borildi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sport tashkilotlari rahbarlarining o‘mi nihoyatda kattadir.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatda mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning ish faoliyatlarini davr talablari asosida olib borishda yoshlar ittifoqi muhim rol o‘ynaydi. Juda ko‘p sohalarda sobiq yoshlar ittifoqi rahbarlarini boshqaruv ishlariga qo'yish odat edi. Shu sababdan, Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi (sportqo‘mita) raisligiga yoshlar ittifoqining sobiq bosh kotibi N.N.Romanov tayinlanadi. Keyinchalik esa (1948-yil) bu lavozimni A. N. Apollonov egallaydi.
1953— 1958-yillar mobaynida sport qo'mitasi sogiiqni saqlash vazirligi tarkibida ish olib bordi.
1983—1990-yillar davomida sport qo'mitasi raisi bo'lib M.V.Gramov ishladi. Uning bu lavozimga tasodifan (Yu-V.Andropoy tavsiyasi bilan) kirib qolganligi tezda ma’lum bo'ldi, chunki u jismoniy taibiya va sport sohasida, ayniqsa, katta sportda hech qanday tushunchaga ega emas edi. Uning aybi bilan, ya’ni o'sha davrlardagi siyosiy vaziyat tufayli sovet sportchilari 1984-yilda Los-Anjelesda (AQSH) o'tkazilgan XXIII Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmadi.
Mamlakat rahbarlarining talab va tavsiyalariga ko'ra M.V.Gramov Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi (1983—1990) Xalqaro Olimpiya qo'mitasidagi huquqiy a’zosi (1988—1992) ham edi.
Mamlakatda jismoniy madaniyat va sport ishlarini yanada yaxshilash va ulami boshqarishda sport jamiyatlari asosiy o'rinni egallaydi.
1957-yil oxirida Butunittifoq kasaba uyushmalari federatsiyasi Markaziy Kengashi (VSSPS) ko'ngilli sport
jamiyatlarinii-л tuzilishi va tarkibini o'zgartirishga qaratilgan qaror qabul qildi. Mavjud bo'lgan ko‘p sonli ko'ngilli sport jamiyatlari (DSO) o'miga hududiy (territorial) sport jamiyatlari tashkil etildi. Bunda har bir respublikada o'zlarining mustaqil sport jamiyatlarini tashkil etishga ruxsat berildi. Shu asosda «Trud» (Rossiya), «Avangard» (Ukraina), «Krasnoye znamya» (Belonissiya), «Gantiad» (Gruziya), «Mehnat» (O'zbekiston) va hokazo tuzildi.
E’tirof etish kerakki, qishloq sportini rivojlantirishga ham jiddiy e’tibor berildi. 1966-yilda Butunittifoq «Urojay» (hosil) tarmoqli sport jamiyati tuzildi va uning tarmoqlari bo'lgan, Ukrainadagi «Kolos» (boshoq), Belorussiyadagi «Urazshay», O'zbekistondagi «Paxtakor», Latviyadagi «Varpa» kabi ko'pgina sport jamiyatlari rasmiylashtirildi.
Ko'ngilli sport jamiyatlarining markazlashtirilishi va res- publikalarda tarmoqli sport jamiyatlarining tashkillashtirilishi yirik korxonalar va xo'jaliklarda sport klublarining yangi shakl va mazmunda vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Ular yil sayin ko'payib bordi. Urushgacha bo'lgan davrda jismoniy madaniyat institutlari atigi 6 ta bo'lsa, 1958-yilga kelib, ularning soni 16 taga yetdi. Yangidan Yerevan, Lvov, Almati, Kaunas, Riga, Toshkent (1955 y.), Bishkek (Frunze), Volgograd, Omsk, Smolensk kabi shaharlarda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishlari boshlandi.
1959-yil 1-yanvardan boshlab GTO majmuining yangi mazmuni joriy etildi. Bunda unish yillaridagi harbiy-jismoniy mashqlar chiqarib tashlandi va aholi uchun zarur bo'lgan sport turlarining unsurlari (elementlari) kiritildi. Shunday boisa-da, uning negizi va mazmunida harbiy-jismoniy tay- yorgarlik («Mehnat va mudofaaga tayyor») maqsadi mujas- samlashgan edi. Sovet jismoniy tarbiya tizimining ustunligi va unga partiya hamda hukumat tomonidan e’tiboming kucha- yishi natijasida jahonga mashhur sportchilar va mutaxassislar vujudga keldi.
Jahon sport musobaqalari va Olimpiya o'yinlarining g'oliblari V.Chukarin va M.Goroxovskaya (gimnastika), V.Kus va G.Zibina (yengil atletika), M.Isakova va
Ye.Grishin (konkida uchish), L.Kozireva va V.Kuzin . (chang'i sporti), A.Vorobyev va Yu.Vlasov (og'ir atletika), G.Shatkov va V.Yengibaryan (boks), V.Bobrov (futbol va xokkey), E.Strelsov va L.Yashin (futbol) kabi juda ko'p sportchilar jahonga mashhur boidilar.
Partiya va hukumat qarori asosida jismoniy tarbiya va sport , qo'mitasi, shuningdek, respublikalardagi sport qo'mitalari ham davlat sport qo'mitasiga aylantirildi. Bu, o'z navbatida, sport tashkilotlarining nufuzini oshirishga qaratildi. Qayta qurish yillarida, shuningdek, kasaba uyushmalari tarkibidagi ko'ngilli sport jamiyatlarida ham o'zgarishlar yuz berdi. 1981-yilda mavjud bo'lgan 33 ko'ngilli sport jamiyati (KSJ-DSO) 1987-yilda 8 taga birlashtirildi, ya’ni «Burevestnik», «Spartak», «Trud», «Vodnik», «Loko- motiv», «Urojay» kabi KSJlari tugatildi. Ular shu nomlar bilan respublika va viloyat klublariga aylantirildi. Ammo bu tadbirlar keyinchalik jismoniy tarbiya va sportning moliyaviy ta’minianishi, sport inshootlarini kengaytirish, musobaqalami o'tkazish ishlariga ta’sir etdi.
Spartakiadalar. 1955-yildagi hukumat qarori asosida 1- sobiq SSSR xalqlari spaitakiadasi 1956-yil yozida Moskvada tashkil etilib, unda barcha Ittifoqchi respublikalaming yetuk sportchilari ishtirok etdi. Shu yili Lujnikida eng yirik sport majmui qurilib, spartakiada shu joyda ochildi. Ikki hafta davomida sportning 21 turi bo'yicha 9244 nafar sportchi bel- lashdilar. Shu asosida qishki spartakiadani o'tkazish ham (1962 y.) an’anaga aylandi. Ikkala spartakiadada erishilgan yaxshi natijalami quyidagi jadvallardan ko'rish mumkin:
Yozgi spartakiada
Terma jamoalar kuchli 6 o'rin
1956
1959
1963
1967
1971
1975
1979
1983
1986
1991
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
Moskva
1
1
1
b.
2
2
2
2
3
-
Rossiya
2
2
2
2/
1
1
1
1
1
1
Leningrad
3
3
4
4
5
4
5
3
2
-
Ukraina
4
4
2
3
3
3
2
4
2
Gruziya
6
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Estoniya
5
5
5
5
-
-
-
-
-
-
Belorussiya
-
6
6
6
4
5
2
-
-
3
Qozog'iston
6
6.
-
-
-
Qishki spartakiada
Terma jamoalar kuchli beshlik
1962
1966
1974
1978
1982
1986
1990
I
II
III
IV
V
VI
VII
Moskva
1
1
2
1
1
1
3
Rossiya
2
-
-
-
-
3
1
Leningrad
3
2
1
2
3
2
Ukraina
4
5
-
5
5
-
2
Qozog‘iston
5
4
4
-
-
-
E’tiborli jihati shundaki, 1953-yilda «Jismoniy tarbiya nazariyasi» o‘quv qoMlanmasi ilk bor nashrdan chiqarildi. Moskva va Leningrad jismoniy madaniyat institutlarining pedagogik jamoalari tomonidan (1959, 1960) bu o'quv qo‘llanmasi mukammal ishlab chiqildi.
Jismoniy tarbiya tizimining ilmiy asoslari yanada mustahkamlandi. I.M.Sarkizov-Serazinning davlat jismoniy tarbiyasi, chiniqish va sport uqalashlari (massaj); M.F.Ivanskiyning dinamik va plastik (tekis) anatomiyasi; P.A.Rudik va A.S.Punilaming sport psixologiyasi;
S.P.Letunovning sport tibbiyoti kabi yangi tadqiqot ishlari yuzaga keldi. 1951—1955-yillarda P.F.Lesgaftning besh tom- lik tanlangan asarlari va V.V.Gomiyevskiyning tanlangan asari nashrdan chiqarildi.
Sport mashg'ulotlari nazariyasi va uslubiyatiga bag‘ ishlab o'tkazilgan ilmiy-nazariy anjumanda sportchilaming XV—
XVII yozgi va VII—VIII qishki Olimpiya o'yinlaridagi ishtiroki keng muhokama qilindi. Unda olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tajriba-sinovlaming ijobiy xususiyatlari ma’qullandi. Bu keyinchalik sport mashg'ulotlarini ilmiy-
nazariy asosida tashkil qilish yoilariga keng imkoniyat ochib berdi.
Jismoniy tarbiya sohasidagi ilm-fanning rivojiga Moskva, Leningrad, Malaxovka, Kiyev, Minsk, Omsk, Lvov jismoniy madaniyat institutlari, shuningdek, Moskva, Leningrad va Gruziya ilmiy tekshirish institutlari katta hissa qo‘shdi.
Mamlakatda ilmiy maktab shakllandi. Sportning tibbiy- biologik masalalari bo'yicha A.N.Krestovnikov, V.S.Farfel, M.F.Ivanskiy, S.P.Letunov, A.G.Dembo, I.M.Sarkizov-Serazini, N.V.Zimkin va boshqalar o'z ilmiy maktablarini yaratdilar.
Sport biomexanikasi sohasida N.A.Bemshteyn, D.D.Donskiy, V.M.Zasiorskiylar katta tadqiqotlar olib bordi.
XX asming 60—70-yillarida jismoniy tarbiya nazariyasi va sport psixologiyasi sohalarida ilmiy maktablar shakllandi. Bunda A.R.Novikov, N.I.Ponomarev, L.P.Matveyev, V.P.Filin, P.A.Rudik, A.S.Puni va ularning shogirdlari - iz- doshlari katta faoliyat ko'rsatdilar.
Ta’kidlash lozimki, 1986-yilgi (VIII) spartakiada ishti- rokchilari uchta guruhga boiinib (Rossiya hududlari; Kavkaz hududlari; 0‘rta Osiyo hududlari), musobaqalar turli shahar- larda, qisman Toshkentda ham o'tkazildi. 1991-yilgi X (so'nggi) spartakiada ham turli hududlarda (Rossiya, Ukraina, Belorussiya) tashkil etildi.
1991-yilda «Sovetskiy sport» gazetasi spartakiadaning av- valgi mavqei yo'qolayotganini ochiq yoritgan edi. Chunki mamlakatdagi qayta qurish jarayonlarining izdan chiqishi, siyosiy voqealar, ochiq demokratiyaning keng yoyilishi ko'pchilik qatorida sportchilarni ham tashvishga solib qo'ydi. Shu sababdan, spartakiadada yetuk sportchilarning aksariyat ko'pchilik qismi startlarga chiqmagan edi.
Xulosa shundan iboratki, dastlabki, spartakiadalar barcha ittifoqchi respublikalarda sportning ommalashishi va ma- horatli sportchilarning yetishib chiqishda katta ahamiyat kasb etdi. Buning negizida esa sport inshootlarining kengayishi, mutaxassis kadrlar tayyorlashning kuchayishi, mehnatkash yoshlami sportga jalb etish yo'lidagi sport jamiyatlaming jon- bozliklari yotar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |