Jazo bu – jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etgan qilmishi uchun jazolashdir. Jazoning bu zo‘rlov, majburlov tomoni jinoyat-chini jismoniy, mulkiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan ma’lum darajada cheklash va mahrum qilishdir. Sud shaxsni ozodlikdan mahrum etganda, uning istagan joyda yashash huquqini chegaralashi, muayyan mansabni egallash yoki muayyan ish bilan shug‘ullanishini cheklashi mumkin.
Jinoiy jazo jinoyatchining shaxsiga qaratilgan bo‘lib, hatto u javobgarlikdan qochgan vaqtda ham, undan boshqa shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |