birinchidan, Jinoyat kodeksining jazo tizimida mavjud bo‘lishi;
ikkinchidan, jinoyat sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan normaning sanksiyasida ko‘rsatilgan bo‘lishi (ayrim hollar bundan mustasno).
Jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxslarning huquq va erkinliklarini cheklash yoki ulardan mahrum qilish jinoiy jazo chorasining jazolovchi belgisini ifodalaydi.
2. Jazoning maqsadi
Jinoiy jazo davlat majburlovining alohida shakli sifatida yuridik adabiyotlarda huquqiy kategoriya sifatida baholanadi. Jinoiy jazo o‘z mazmuni, funksiyasi, xususiyati va ta’sir qiluvchi obyektiga ko‘ra, jazo tayinlash jazoni ijro etish va jazodan ozod qilish jarayonida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan kengroq hisobla-nadi. Jinoiy jazo jinoyatchi shaxsi, jamiyatning boshqa a’zolari va jamiyatning o‘ziga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov choralarining jamidir. Bu davlatning jinoyatchilikka qarshi siyosatini rejalashtirish va amalga oshirish, jinoyat va jinoyat-ijroiya qonuni talablarini bajarish imkonini beradi. Jinoiy jazoni ijtimoiy kategoriya sifatida o‘rganishning muhim muammosi, uning ijtimoiy funksiyasi hisoblanadi. Jazoning muhim funksiyalaridan biri – jinoyat sodir etgan shaxsni unga nisbatan jazoni qo‘llash orqali uni ogohlantirishdir.
Jinoiy jazo umumiy va maxsus ijtimoiy nazorat funksiyasini amalga oshiradi. Ijtimoiy nazoratning samaradorligi jazoni jinoyatchi-likka qarshi kurash vositasi sifatida qo‘llanishiga, ko‘pincha ijtimoiy o‘zgarishlarning qonunchilikda aks ettirilishiga va ijro etilishiga bog‘liqdir.
Jazoning maqsadini belgilash – jinoyat huquqining muhim masalalaridan biri. Uning hal qilinishiga nafaqat shu huquq sohasining institutlari, balki jinoyat qonuni normalarining qanday maqsadlarda qo‘llanishiga ham bog‘liqdir.
Ch. Bekaria «Jazoning maqsadi insonni a’zoblash va sodir etil-gan jinoyatni bartaraf etish emas.... Jazoning maqsadi shaxsni jamiyat-ga qayta zarar yetkazmaslik ruhida tarbiyalash va boshqalar tomoni-dan jinoyat sodir etilishining oldini olishdan iborat»1, deb yozadi.
N.S.Tagansev, jazoning maqsadini belgilab, «Aybdorga u tomonidan sodir etilgan harakat uchun qo‘llaniladigan jazo chorasi shunday bo‘lishi kerakki, u davlat tomonidan jazolashdan ko‘zlangan maqsadlar uchun xizmat qilsin»2, deydi.
Jazoning maqsadidan ushbu maqsadga erishish yo‘lida muayyan masalalarni hal qiluvchi, oraliq natijalarga erishuvchi jazoning funk-siyasini farqlash lozim. Jazoning maqsadi va tushunchalari funksiya-larini farqlamaslik holatlari yuridik adabiyotlarda uchrab turadi. Bu nafaqat u yoki bu, balki, jazoni ijtimoiy jihatdan tayinlash, jinoiy jazo siyosatini belgilab olish uchun halaqit beradi. Masalan, jazoning maqsadi sifatida jazolashning o‘zini belgilash.
Jinoyat kodeksining 42-moddasida jazoning:
mahkumni axloqan tuzatish;
shaxsning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish;
boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish kabi maqsadlari belgilab qo‘yilgan.
Ba’zi bir olimlar jazolashni jazoning maqsadlaridan biri deb qayd etadilar. Masalan, N.A.Belyayev «Jazoning maqsadi bo‘lgan ja-zolash deganda, biz huquqbuzarga a’zob berish va u tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishni tushunamiz»3, deydi. Bu esa qonunga umuman ziddir. I.I.Karpes esa, «Jazo chorasi qo‘llash bilan mahkum jazolanar ekan va muayyan maqsadga erishilar ekan, demak jazolash jazoning maqsadlaridan biridir», deb ta’kidlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 42-moddasi 2-qismida jazoning maqsadi belgilangan bo‘lib unga ko‘ra: «Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilish, shuningdek, boshqa shaxslarlarning jinoyat sodir etishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi».
Qonunda belgilangan jazoning maqsadi ijtimoiy adolatni tiklashdir. Bu:
Do'stlaringiz bilan baham: |