Sudlanganlik shaxsning faqat jinoiy jazoga tortilganligi tufayli kelib chiqadi. Jazo tayinlangan, hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan hisoblanadi. Sudlanganlik muddati-ning tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi. Sudlanganlik muddatining tugashi shartli hukm qilinganlarga nisbatan, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish tarzi-dagi jazo qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan vujudga keladi. Sudlangan shaxs jazoni o‘tagandan so‘ng rasmiy hujjatlar to‘ldirganida sudlan-ganligini yozishga majbur bo‘ladi.
Ba’zi jinoyatlari uchun sudlangan shaxsning ma’lum vazifalarda yoki ayrim joylarda ishlash huquqi cheklanadi;
Boshqa ta’sir choralari qo‘llanilganda (ma’muriy, intizomiy, moddiy) shaxslar sudlangan hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |