Jinoiy jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligi. Bu shundan iboratki, shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish, jazo, uning aniq turi va miqdorini belgilash faqat maxsus davlat organi, alohida hokimiyat – sudga taalluqli bo‘lib, davlatning boshqa organlari yoki jamoat tashkilotlari uni qo‘llay olmaydi. Sud hukmi davlat nomidan chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan sud hukmi barcha davlat, jamoat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilot-lari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lib, O‘zbe-kiston Respubli-kasi hududida so‘zsiz ijro etilishi lozim. Bularning hammasi jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligini ifodalaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |