O'lchov nazariyasi iqtisodiyoti
Ushbu effektning asosiy mohiyati shundaki, maxsus texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi bilan o'rtacha uzoq muddatli xarajatlar kamayadi, chunki mahsulot ishlab chiqarish hajmi tejashga imkon beradi. Haddan tashqari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga sotish foydalidir.
2. Jaxon bozori va xalqaro savdoning xalqaro iqtisodiy munosabatlaridagi oʻrni va axamiyati
Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovarpul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va XX-asr boshiga kelib qaror topdi.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli i. ch. imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni taʼminlasa, shu tovarlar koʻplab yaratiladi va jahon bozoriga yetkazib beriladi. Biror mamlakatda resurelarni sarflash qulay boʻlmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bulmagan tovarlar jahon bozoridan sotib olinadi. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi;
ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi. Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (q. Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi. Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi. Jahon bozoridagi savdo-sotiqni maxsus tashkilot — Jahon savdo tashqishyuti boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Jahon bozorida investitsiya harakati ham yuz beradi, bu chet elda yangi korxonalarni qurish, eski korxonalarni sotib olish yoki oʻziga birlashtirish shakllariga ega. Bu ishni asosan transmilliy xalqaro korporatsiyalar olib boradi. 2000 y. jahondagi bevosita xorij investitsiyalari 865 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi. Ular amalga oshirgan oldi-sotdi operatsiyalari 1999 y.da 14 trln. dollarni tashkil etdi. Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta taʼsir oʻtkazadi, bu taʼsir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Jahon bozorisigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng .
Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan (jahon tovar eksportining 70% dan koʻprogʻi) qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar.
Jahon bozorida ishtirok etadigan jami mamlakatlarning eksporti 6,48 trln. dollarni, importi 6,41 trln. dollarni tashkil qildi (1996; 1980 y.da tegishlicha 2,44 va 2,42 trln. dollar). Oʻzbekiston jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi.
Xalqaro savdoning xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin
Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi: - tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarning vujudga kelishi; - tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;
- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo‘llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi;
- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog‘liq; - tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;
- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta‘sir etish bosqichi – (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi);
- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari: - Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi; - Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining qisqarishi;
- Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta‘sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
- Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;
- Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
- Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligini ortishi;
- Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o‘tilishi Xalqaro savdoning hududiy tarkibi
– bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo‘lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi: - Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;
- Bir guruh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Mintaqalar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan mamlakatlar guruhida yig‘ilganligi;
- Jahoning yirik savdo imperiyalari bo‘lib AQSH, Germaniya va Yaponiya hisoblanadi; - AQSH eksportining faollashuvi;
- Yaponiya eksportining o‘sishi (birinchi navbatda, boshqa Osiyo mamlakatlariga); - Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol rivojlanishi (ko‘proq Pokiston va Hindiston hisobiga);
- Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)
- Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi; Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
- Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;
- Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
- Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari hajmining ortishi;
- O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);
Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:
- Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;
- Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi;
- Xalqaro savdoning hududiy va tovar o‘zgarishi;
- Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi;
- Xizmatlar sohasining rivojlanishi;
- Intelektual va ilmiy-texnik faoliyatning moddiylashgan va moddiylashmagan shaklida rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |