Xulosa.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz mamlakatimiz hududida qadim tarixda ham faol savdo aloqalari sodir bo‘lib turganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga Qadimgi Baqtriya, Katta Xorazm va Sug‘diyona davlatlari hududida bo‘lgan savdo aloqalarini misol qilib keltirish mumkin.
Amir Temur va Temuriylar davrida ayniqsa savdo – sotiq munosabatlari yaxshi rivojlandi. Bunga Amir Temurning olib borgan oqilona davlat siyosati sabab bo‘lgan. Amir Temur Fransiya qiroliga xat yozib, unda Xitoydan boshlanadigan Buyuk Ipak yo‘lini Movaraunnahr orqali Yevropa davlatlariga yetkazish va o‘zaro tashqi iqtosodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirgan.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng muhtaram Prezidentimiz ham xalqaro munosabatlarni qayta tiklashga bor e‘tiborlarini qaratdilar. Buning natijasida tez fursatlarda davlatimiz yuqori darajada rivojlanib jahon miqyosida o‘zining ishonchli iqtisodiy hamkorlariga ega bo‘ldi.
Respublikamizning iqtisodiy geografik jihatdan qulay joylashganligi va boy tabiiy resurs, xomashyolarga egaligi xorijiy davlatlarni biz bilan hamkorlikka chorlaydi.
Xalqaro savdo bugungi kunda o‘zinig o‘sish va ayrim sabablarga ko‘ra pasayish ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o‘n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o‘z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo‘lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e‘tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo‘lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
O‘zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan birbu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va ragbatlantirish, eksport salohiyatini mustagkamlash bo‘yicha qabul qilingan amaliy choralar muxim ahamiyatga ega bo‘ldi.Ma'lumki, 2009 yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ragbatlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi.
Xususan: - aylanma mablaglarini to‘ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70% dan ortik bo‘lmagan stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish: - tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiyaishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |