Javodbek yo q ubo V ergash hayitboyev huquqshunoslik


ll-§ . Ekologik jinoyatlar uchun javobgarlik



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/186
Sana06.02.2022
Hajmi5,31 Mb.
#432628
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
Bog'liq
y6qekN92nax45JGSGynVsqVYvcYF8ODzOP4GlfjA(1)

ll-§ . Ekologik jinoyatlar uchun javobgarlik
O 'zbekiston R espublikasi Jin o y at kodeksining 2-m oddasiga 
muvofiq, m azkur Kodeksning m aqsadlaridan biri tabiiy m uhitni 
jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash hisoblanadi. U shbu Kodeksning 193- 
204, va 2 2 9 1-m o d d a la rid a e k o lo g ik jin o y a tla r u ch u n jin o iy
javobgarliklar belgilangan.
O 'z b e k is to n R esp u b lik a si J in o y a t k o d e k sin in g 193-196- 
m oddalarida atrof-m uhitni m uhofaza qilish talablarini buzganlik 
uchun javobgarlik belgilangan. U shbu jinoyatlar tarkiblari umumiy 
ekolo g ik ta la b la rn i buzish o q ib a tid a v u ju d g a k eladi. U shb u 
jinoyatlar barcha tabiiy resurslarni m uhofaza qilish bilan bog'liqdir. 
O 'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ekologik jinoyatlar 
bilan bog'liq bo'lgan m azkur moddalari tabiiy resurslarning huquqiy 
holatini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilaydi24.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan ekologik 
jinoyatlar tarkibi ekologik huquqbuzarlik natijasida og'ir oqibatlaming 
vujudga kelishi bilan bog'liqdir. Bularga insonning o'limi, odamlaming 
ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlarning qirilib ketishi, k o 'p
yoki ancha miqdorda zarar yetkazilishi va boshqa og'ir oqibatlar kiradi. 
M azkur m oddalarda ko'rsatilgan boshqacha og'ir oqibatlar har bir 
alohida holda ekologik huquqbuzarlikning og'irligini inobatga olgan 
holda huquqni qo'llovchi organlar tom onidan belgilanishi lozim.
Ekologik jinoyatlar uchun Kodeks eng kam ish haqining yuz 
b arav arig ach a jarim a, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, uch 
yilgacha m uayyan huquqdan m ahrum qilish, olti oygacha qam oq, 
besh yilgacha ozodlikdan m ahrum etish. mol-mulkini m usodara etish 
kabi jazo choralarini nazarda tutadi.
24 0 ‘zR JK g a sh a rh la r. — Т.: « A d o lat» , 1997.
179
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga 
m uvofiq ekologik jin o y a tla r uchun 16 yoshga toMgan, ushbu 
Kodeksning 193-196-moddalarida ko'rsatilgan jinoyatlar uchun esa 
18 yoshga to ig a n jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar25.
O 'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasida 
ekologiya xavfsizligiga oid norm a va talablarni buzganlik uchun 
javob garlik k o ‘zda tutilgan. U shbu jin o y at sano at, energetika, 
transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, 
joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanishda belgilangan 
ekologik norm alarni buzishdan iborat. Ekologik xavfsizlik qoidalari 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to ‘g‘risida»gi 
Qonunini 41-moddasida, tabiiy resurslar to ‘g‘risidagi qonunlarning 
tegishli m oddalarida ham da qonun osti aktlarida o ‘z aksini topgan. 
Ushbu norm alarning mohiyati shundan iboratki. obyektlarni qurish, 
loyihalashtirish, joylashtirish, ishga tushirish faqat tabiatni muhofaza 
qilish chora-tadbirlari k o ‘zda tutilgan holdagina amalga oshirilishi 
mumkin. H ar bir turdagi obyektlar uchun aniq ekologik xavfsizlik 
talabi qurilish m e’yorlari va qoidalarida, alohida obyekt uchun esa, 
uni qurish loyihalarida o ‘z aksini topadi. Jinoyat kodeksining 193- 
m oddasida k o ‘zda tutilgan jinoyatning obyekti b o ‘lib, ekologik 
xavfsizlikni t a ’m inlashga q a ra tilg a n q o id a la r kirad i. M az k u r 
jinoyatning subyekti esa faqat m ansabdor shaxslar hisoblanadi. 
Ulam ing qatoriga loyihani tasdiqlovchi, m a’lum bir ishlarga ruxsat 
beruvchi, yuqorida ko'rsatilgan obyektlarni qabul qilib oluvchi yoki 
ekologik xavfsizlik talablarining bajarilishini tashkil etuvchi yoxud 
nazorat qiluvchi m ansabdor shaxslar kiradilar. Jinoyatning subyektiv 
tom oni b o iib ehtiyotsizlik aybi hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv 
tomoni mazkur m ansabdor shaxslaming aybli harakati (ishga tushirish 
bo'yicha ruxsat berish, loyiha talablarini buzib, uni amalga oshirish 
va hk.) yoki harakatsizligi (tozalash uskunalarini ta ’mirlamaslik, 
ulardan foydalanmaslik va hk.) kabilarda ifodalanadi.
A tro f tabiiy muhitni ifloslanganligi to ‘g‘risidagi m a’lumotlarni 
qasddan yashirish yoki buzib k o ‘rsatish uchun jinoiy javobgarlik 
0 ‘zbekiston R espublikasi Jin o y at kodeksining 194-m oddasida 
belgilangan. «Tabiatni muhofaza qilish to ‘g‘risida»gi Qonunning 28- 
moddasiga muvofiq shunday m a’lumotlami taqdim etish atrof tabiiy 
m uhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv, 
maxsus vakolat berilgan organlar, shuningdek, faoliyati atro f tabiiy
:5 O 'z R n in g JK . — Т .: « A d o la t» , 2001.
180
www.ziyouz.com kutubxonasi


muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin 
b o ig an korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga 
oshiriladi. Ushbu kuzatuv m aiumotlari, Vazirlar Mahkamasi belgjlagan 
tartibda, Tabiatni m uhofaza qilish davlat q o ‘mitasiga va boshqa 
organlarga berilishi shart. Bundan tashqari, «Tabiatni muhofaza qilish 
to ‘g‘risida»gi Qonunning*38-moddasiga muvofiq korxona, muassasa 
va tash k ilo tla r falokat haqida va uni b a rta ra f etish yuzasidan 
ko'rilayotgan chora-tadbirlar to ‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati va 
tabiatni muhofaza qilish organlariga darhol xabar berishlari shart. 
«Atmosfera havosini muhofaza qilish to 'g ‘risida»gi Qonunning 24- 
moddasida korxonalar, m uassasalar va tashkilotlarning atmosfera 
havosini m u h o faz a qilish soh asidagi m ajb u riy a tla ri q a to rid a
chiqariladigan chiqindilar hamda fizikaviy omillaming hisobini yuritish 
va belgilangan tartibda statistika hisobotini taqdim etish ham da 
korxonalar va transport kommunikatsiyalari ta’sir doirasida bo ig an 
atrof-muhitga hamda aholining salomatligiga zararli ta’sir ko'rsatilishini 
baholash ko'zda tutilgan26. M azkur jinoyat maxsus vakolatga ega 
boigan mansabdor shaxs, ya’ni atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi 
to ‘g‘risida m aium otlam i yig‘adigan yoki yig‘ish ustidan nazorat olib 
boradigan hamda tegishli organlarga taqdim etish bo‘yicha mas’ul shaxs 
tomonidan sodir etiladi. Ushbu moddada mazkur m aium otlar turlari 
aniq qilib berilgan. Bular qatoriga ekologik halokatlar yoki atrof- 
muhitni radiatsion, kimyoviy va bakteriologik ifloslanishi yoxud aholi 
salomatligining holatiga doir m aium otlar kiradi. Mazkur jinoyatning 
tarkibi faqat a tro f tabiiy m uhitning ifloslanganligi to ‘g ‘risidagi 
m aium otlarn i yashirish yoki buzib k o ‘rsatish oqibatida aholining 
ommaviy kasallanishi, hayvonlaming qirilib ketishi yoki boshqa o g ir 
oqibatlami kelib chiqishiga sabab b o ig an taqdirda vujudga keladi. 
M azkur jinoyat faqat qasddan sodir etilishi m um kin. Obyektiv 
tomondan harakat yoki harakatsizlik orqali sodir etiladi.
Y uqorida k o 'rsa tilib o 'tilganidek, ekologiya sohasidagi h ar 
qanday huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi norm ativ hujjatlari 
respublikamizdagi tabiatdan foydalanish va atrof-m uhitni muhofaza 
qilish qoidalarini buzuvchilarga qarshi q a t’iy choralar ko'rilishi 
mumkinligidan dalolat beradi.
* « A tm osfera havosini m u h o faza qilish t o ‘g"risida»gi O ’zR q o n u n i. 1997, 15-son
181
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish