2. Жамоатчилик экспертизасини амалга оширишда учун қандай вазифаларни ҳал этиш керак?
Жамоатчилик экспертизасини амалга ошириш учун қуйидаги вазифаларни ҳал этиш керак:
- жамоатчилик экспертизаси моҳиятини таҳлил этиш ва унинг ижтимоий назорат тизимидаги ролини аниқлаш;
- қонун лойиҳаларининг ижтимоий экспертизасини тадқиқ этиш ижтимоий ҳудуддаги эҳтимол тутилган хавфни баҳолашдир;
- жамоатчилик экспертизаси институционаллашиши жараёнини кўриб чиқиш;
- жамоатчилик экспертизасининг қонун лойиҳалари сифатига таъсирини аниқлаш;
- қонун лойиҳаларининг жамоатчилик экспертизаси концептуал моделини ишлаб чиқиш;
- ижтимоий жиҳатдан муҳим давлат қарорлари қабул қилиниши жараёнида жамоатчилик экспертизасининг механизмини асослаш
3.Фуқаролар йиғини деб нимага айтилади?(1-савол)
Variant № 16
1.Тафтиш комиссияси қандай вазифани бажаради?
TAFTISH KOMISSIYASINING VAZIFALARI
4.1. Jamiyatning bir yil yoki boshqa muddat uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvi Taftish komissiyasi, aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi, Kuzatuv kengashi yoki Jamiyatning 5 foizidan kam bo’lmagan aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiydorlarning) talabi bilan, Jamiyat Kuzatuv kengashini yozma xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.
Jamiyatning boshqaruv organlarida lavozimga egalik qiluvchi shaxslar Taftish komissiyasining talabi bilan, Jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga oid xujjatlarni taqdim qilishlari shart.
Taftish komissiyasi navbatdan tashqari aksiyadorlar Umumiy yig’ilishini chaqirish xuquqiga egadir.
4.2. O’z vazifalarini bajarishda, Taftish komissiya quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Aksiyadorlik Jamiyatining moliyaviy xujjatlarini tekshirish, Taftish komissiyasining mulkni inventarlashtirish to’g’risida xulosasi, ko’rsatilgan xujjatlarning buxgalteriya xisobining birlamchi ma’lumotlariga muvofiqligini taqqoslash;
Aksiyadorlik Jamiyati nomidan tuzilgan shartnomalar, amalga oshirilgan shartnomalar, kontragentlar bilan xisob-kitoblarning qonuniyligini tekshirish;
buxgalteriya va statistika hisobotlarining mavjud me’yoriy xujjatlarga muvofiqlik darajasining tahlili;
moliyaviy-xo’jalik va ishlab chiqarish faoliyatida o’rnatilgan me’yorlar, qoidalar hamda boshqa xujjatlarga rioya etilishining tekshiruvi.;
Jamiyat moliyaviy vaziyatining, to’lov qobiliyatining, likvidligining, o’z va qarz mablag’lar nisbatining, zahira mablag’larning Jamiyat iqtisodiy holati yaxshilanishiga ta’sirining tahlili;
maxsulot va xizmat yetkazib beruvchilarning to’lovlari o’z vaqtida va to’liq amalga oshirilishi, boshqa majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishining tekshiruvi;
soliq inspeksiyasi, statistika va davlat boshqaruvi organlariga topshiriluvchi balanslar, xisobotlarning to’g’ri tuzilganligini tekshirish;
Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan qabul qilingan qarorlarning Ustav, Aksiyadorlik Jamiyatining Ijro etuvchi organi to’g’risidagi Nizom va aksiyadorlar Umumiy yig’ilishlarining qarorlariga muvofiqligini tekshirish;
aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi qarorlarining tahlili. Ularda O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa me’yoriy xujjatlariga nomutanosiblik mavjud bo’lsa, ularni o’zgartirish to’g’risida takliflar kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |