Javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi tuzgan holda oldindan hamma narsaning tashvishini qilib qo‘yish mumkin. Beparvolik fuqarolik huquqi me’yorlari buzilishining eng tarqalgan shakli hisoblanadi va u yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida da’vo arizasi berish uchun sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
«suiiste’mol» va «nojo‘ya ish, harakat» tushunchalari ham mavjud, lekin ular hattoki javobgarlikni sug‘urta qildirishda ham kamdan-kam hollarda sug‘urta holatining sababchisi hisoblanadi. Quyida aytib o‘tilganidek, polisning sug‘urta qoplami ularni hisobga olmaydi.
Ish beruvchining javobgarligi
Ish beruvchining javobgarligini sug‘urta qilish qonun bo‘yicha javobgarlik holatlarida o‘z xizmatchilarining funksional majburiyatlarni bajarish jarayonida etkazilgan jarohat, shikastlanish yoki vujudga kelgan kasb kasalliklari va yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lanishini ko‘zda tutadi. To‘lanadigan tovon miqdoriga da’vogarning sud ishini yuritish bo‘yicha xarajatlari ham kiritiladi. Bunday sug‘urtadan maqsad – ish beruvchining uning xizmatchilari halok bo‘lgan yoki jarohatlangan holatlarda da’vo arizalari bilan bog‘liq har qanday xarajatlarini qoplashdir.
Fuqarolar javobgarligi
Ushbu sug‘urta turi sug‘urta qildirgan shaxsning sug‘urta qildirgan shaxs yoki uning xodimlari beparvoligi tufayli aziyat chekkan har qanday fuqaroning ehtimoliy da’vosi oqibatida ko‘radigan zararni qoplashi ko‘zda tutilgan. Bunda yetkazilgan zararning asosiy miqdori ham, yetkazilgan zarar va shikastlar haqidagi ishlarni yuritish bo‘yicha sud xarajatlari ham qoplanadi.
Istisno
Istisnolar
Polis sug‘urta qildirgan shaxsning tasodifiy fuqarolar (ishga yollangan xodimlar emas) o‘limi, jarohat olishi, shikastlanishi yoki zarar ko‘rishi uchun fuqarolik javobgarligini qoplashni ta’minlaydi. Odatda quyidagi istisnolar mavjud:
shartnoma bo‘yicha javobgarlik. Sug‘urta qildiruvchi shaxs amaliyotda qabul qilingan shartlardan ko‘ra o‘zi uchun yomonroq artlarda shartnoma tuzgan hollarda foydalaniladi. Bu holatda ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar tufayli yuzaga keladigan javobgarlikni qoplash istisno qilinadi;
nuqsonli tovarlarni ta’mirlash qiymati. Bu xarajatlar polisning maqsadi sifatsiz ish kabi harakatlar natijalarini qoplash hisoblanishi sababli to‘lanadigan to‘lov tarkibidan chiqarib tashlanadi. Lekin bu bilan ish xarajatlarining o‘zi qoplanmaydi;
samolyot, kema va avtotransport vositalaridan foydalanish. Ushbu turlarning har biri bo‘yicha javobgarlikni sug‘urta qilishni alohida amalga oshirish to‘g‘riroq bo‘lardi;
qasddan qilingan harakatlar yoki xato ish qilib qo‘yish. Polis ularning natijasini oldindan aytish oson bo‘lgan qasddan qilingan harakatlarni qoplashni o‘z ichiga olmaydi;
kasbiy beparvolik. Keyinroq muhokama qilinadi (q. kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |