Javob ushbu kazusni muhokama qilish davomida huquq normalarini sharhlash



Download 25,89 Kb.
bet1/3
Sana11.07.2022
Hajmi25,89 Kb.
#776796
  1   2   3
Bog'liq
DHN oraliq


KAZUS
Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy ahamiyatga, ya’ni turli yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjatlarning murakkab, ko‘p darajali tizimidan iboratdir. Huquqni sharhlash hujjati – muayyan huquqiy normani qay tarzda tushunish va amaliyotda qo‘llashni tushuntirib beruvchi hujjat. Subyektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning ikki turi, ya’ni rasmiy sharhlash va norasmiy sharhlashni alohida farqlash qabul qilingan.
Rasmiy sharhlash vakolatli huquq subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan hamda izohlanayotgan norma bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solinadigan barcha huquq subyektlari uchun majburiy xususiyatga ega bo‘lgan huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyatdir. Rasmiy sharhlashning normativ va kazual turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Huquq normalarini rasmiy va norasmiy sharhlashning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda huquqni sharhlash hujjatlarini normativ-huquqiy hujjatlardan farqli jihatlari, shuningdek huquqni qo‘llash jarayonidagi o‘rnini tushuntirib o‘ting.
JAVOB
Ushbu kazusni muhokama qilish davomida huquq normalarini sharhlashning turlarnini ko‘rib chiqamiz. O‘zi umuman Sharhlash tuhsunchasi lotincha “interpretation” so‘zidan olingan bo‘lib “talqin etish”, “tushuntirish” degan ma’noni anglatadi. Huquq normalarini sharhlash deganda huquq normalarining maqsadi, mazmuni va mohiyatini aniqlash va tushuntirishga yo‘naltirilgan faoliyatni tushunamiz.
Rossiyalik huquqshunosh Morozovaning fikriga ko‘ra, qonun normalarini sharhlash zarurati huquqni qo‘llash jarayonida vujudga keladi, chunki uning aniq ma'nosini tushunmasdan turib, qonun normasini qo'llash mumkin emas. Lekin shunday ehtiyoj nafaqat huquqni qo‘llash, balki qonun ijodkorligi jarayonida ham vujudga keladi1.
Huquq normalarini sharhlashning ikki turi mavjud bo‘lib bularga rasmiy sharhlash va norasmiy sharhlashni misol qilib olishimiz mumkin.
Huquqshunosh Islomov fikricha, rasmiy sharhlash davlat hokimiyat organlaridan kelib chiqadigan hamda izohlanayotgan norma bilan oʼzaro munosabatlarni tartibga solinadigan barcha subʼektlar uchun majburiy xususiyatga ega boʼlgan huquq normalarini tushuntirishdan iborat. Rasmiy sharhlashni baʼzan legal, yaʼni qonunga asoslangan, bajarilishi majburiy deb ham atashadi.
Oʼzbekiston Respublikasida rasmiy sharhlash bilan oliy hukumat organlari, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʼzbekiston hukumati, ayrim vazirliklar, davlat qoʼmitalari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi, respublika Bosh prokurori, Oliy xoʼjalik sudi, shuningdek, Qoraqalpogʼiston Respublikasining tegishli organlari shugʼullanadi2.
Saydullayev esa rasmiy sharhlash vakolatli davlat organi va mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq subyektlarri uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi deb ta’rif bergan3.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 55-moddasida “Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan taqdirda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga rasmiy sharhni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatalari beradi. Qonunosti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilab qo‘yilgan.
O‘z o‘rnida rasmiy sharhlash ham ikki turga bo‘linadi. Bular Normativ sharhlash va Kazual sharhlash. Normativ sharhlash umumiy xarakterga ega boʼlib, uning natijalari huquqni qoʼllashda majburiy ahamiyatga ega. Normativ sharhlash yangi huquqiy normalarni yaratmaydi, balki harakatdagi huquqiy normalarning mazmunini tushuntiradi. Bunday sharhlash natijalari huquqni tatbiq etish jarayonida umumiy qoida sifatida qabul qilinadi, cheklanmagan miqdorda hayotda vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarga qoʼllanadi hamda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining keng doirasiga taalluqli boʼladi. Normativ sharhlash tarkibida autentik (mualliflik) va legal (ruxsat berilgan) sharhlash farqlanadi. Аutentik sharhlash normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tomonidan sharhlash (masalan: qabul qilingan qonunga parlament tomonidan berilgan sharh). Аutentik – haqiqiylikni, dastlabki manbalarga asoslanganlikni nazarda tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentik sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. Oʼzbekiston Respublikasida autentik sharhlash huquqi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning palatalari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʼmitalari, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlarhokimlariga oʼzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʼyicha berilgan. Huquqiy amaliyotda normativ sharhlashning alohida turi hisoblangan legal (ruxsat berilgan) sharhlash ham mavjud. Legal sharhlash qonun bilan bunday vakolat ruxsat etilgan organ
tomonidan amalga oshiriladi.

Download 25,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish