Javob: Evtanaziya 2 XIL bo’ladi



Download 19,92 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi19,92 Kb.
#606282
Bog'liq
To\'raqulov Doston 213b.docx bioetika


1Эвтаназиянинг ахлоқий масаласи.
Javob: Evtanaziya 2 xil bo’ladi
Sust evtanaziya - bu davoni to'xtatish orqali o'limni tezlatish.Masalan sun'iy
nafasni o'tkazmaslik.
Faol evtanaziya - ahvoli og'ir, uzoq vaqtsurunkali kasallik bilan og'rib kelayotgan
bemorlarga, masalan MNS shikastlangan, tug'ma majruh va xavfli o'sma
kasalligi bo’lgan bemorlarga ma’lum vosita va harakatlar orqali o'limni tezlatish.
Bundan tashqari, ixtiyoriy va majburiy evtanaziya ham mavjud. Ixtiyoriy
evtanaziya bemorning talabi va roziligi bilan bajariladi. Binobarin, o'lim
muqarrar va undan qochib bo'lmaydi, u hayotning so'nggi bosqichi hisoblanadi.
Majburiy evtanaziyada bemorning fikri e'tiborga olinmaydi.Yana
«antievtanaziya» atamasi ham mavjud.Bu holatda barcha vositalardan
foydalanib, qanday bo’masin bemorning hayotini saqlab qolish nazarda tutiladi.
Tasavvur qilaylik, ertaga evtanaziyani tan olishni ruxsat etuvchi qonun chiqdi.
Shu zahoti qator muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ya'ni:
Evtanaziyani kim o'tkazadi? Bu ish uni amalga oshirishni istamaydigan shifokor
zimmasiga yuklatilsachi?
Kasallikning erta bosqichlarida, uni davolash uchun kurash va bemorning
hayotini saqlab qoluvchi faol izlanishlar susayib ketish holatlari ko'rina
boshlaydi.
Shu bilan birga, qarindoshlarning befarqligi, bemorga uy sharoitida qaray
olmasliklari sababli yoki har qanday to’lovga rozi bo'luvchi.uning o'limidan
manfaat topuvchilar uchun yo'l ochiladi. Tibbiyot xodimlarining evtanaziyadan
o'z manfaatlari uchun foydalanish holatlari paydo bo'la boshlaydi.Evtanazi
yordamida ba'zi jinoyatchi guruhlar o'zlariga xalaqit berayotgan odamdan
qutulish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.Shuningdek, transplantatsiya maqsadida
(organlar kerak bo'lib qolganda) evtanaziya yordamida odamdan qutulishning
qo'shimcha imkoniyatlari paydo bo’ladi.
4. Qiziq, hozirgi sharoitda evtanaziya muammosini qanday yechish mumkin?
Qachonki, bemorlar dori vositalari va davolash asboblari yo'qligi natijasida o'lib
ketayotgan bo'lsa. Aftidan shu sabab bo'yicha ham evtanaziyani tez-tez qo'llashga
imkoniyat yaratilganga o'xshaydi. Natijada quyidagi ikki savol paydo bo'Iadi:
Lekin bunga shifokorlar-hamshiralar ma'naviy jihatdan haqlimi?
Bungungi kunda evtanaziyani amaliy tibbiyotga kiritish lozimmi?
Bu savollarga javob bermoq uchun boshqa mamlakatlarning tajribalarini
o’rganish, tib an'analarini ko'zda tutish, tib bioetikasi masalasini, deontologiya,
yuridik huquqlar, psixologiya va nihoyat, bemorlar, ularning qarndoshlari va
jamoat fikrlarini bilish, ularni izchil o'rganish zarur. Shulardan keyingina
ehtiyotkorlik, sinchkovlik bilan evtanaziya muammosini baholash mumkin. Lekin
nima bo’lganda ham shifokor qasamiga sodiq qolishi va bemorning hayotini
saqlashga, uning ahvolini yengillashtirishga harakat qilishi kerak.
Bemorning hayotdan ongli ravishda ko'z yumishi hech qachon rahm-shafqat
yuzasidan qilingan ish deb baholanmaydi. 1950 yilda AQShda: «Bemorning
xohishi va qarindoshlari ruxsatiga ko'ra og'riqsiz vositalar bilan o'limni tezlatish
kerakmi?» - degan savolga 36%, 1973 yilda esa 50% ijobiy javob olingan. Bugun
Gollandiya dunyo bo’yicha «evtanaziya muolajasini» qonunlashtirgan birinchi
mamlakat hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, har yili 4 mingga yaqin bemor
evtanaziyani tanlar ekan
Bizningcha, qaltis va nozik masalaga shifokorlik deonotologiyasi nuqtai
nazaridan rad javobini berish kerak. Buqrot asarlaridan biriga «O’ldirma» degan
naqlni epigraf qilib olgan. U: «Men shifokorlik faoliyatimda bemorning o'limiga
sabab bo'ladigan biron bir dorini ishlatmaslikka qasam ichaman», -degan. Xuddi
shu orinda hazrat Alisher Navoiyning «Tabib jallod emas», degan iborasini eslash
kifoyadir.
2.Виждон, иймон каегориялари.
Javob: Insoniyat tarixi turli-tuman voqealar va hodisalarga juda boy. Tarixda
shunday hodisalar borki, ular necha asrlardan keyin ham avlodlarning taxsiniga
sazovor. Biroq yana shunday voqealar ham borki, ular cheksiz nafratu g‘azab
bilan tilga olinadi. Bu voqea xodisalarni kelajak avlodlar tomonidan insonning
o‘zi tomonidan baholash vositasi vijdon. Bu kategoriyaga kengroq ta’rif
beriladigan bo‘lsa, u insonni o‘z xulqini muayyan ahloq normalari nuqtai
nazaridan turib yaxshilab baholashi va nazorat qilish, o‘z hatti-harakatlarini va
shu hatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ularni o‘zi tahlil qilishidir.Vijdon
ham boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baholash
xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u
sub’ektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichk
ob’ekt vazifasini o‘taydi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtilloflar
chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining o‘tkinchilik
xususiyati, ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero vijdon ko‘zga
ko‘rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o‘rnida iymon iborasini uchratish mumkin.
Iymon aslida diniiy tushuncha. Lekin hayotda vijdon tushunchasining sinonimi
tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov «iymonli odam» deganida, uning
musulmonlikka iymon keltirgan-keltirmagani haqida o‘ylab o‘tirmaydi, buning
ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bo‘lishi ham mumkin. CHunki gap bu
erda o‘sha odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol, rostgo‘y
ekanligi to‘g‘risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak
tushunchalar deyish mumkin.
Afsuski, odatda, ko‘pchilik adabiyotlar vijdon mezoniy tushunchasiga
«sub’ektiv» hodisa tarzida qarab adolat, burch, nomus singari tushunchalarni
unga qaraganda ijtimoiy ahamiyatliroq deb baholash, ularni, «to‘rga chiqarish»
hollari tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, vijdonsiz odamdan hech qachon adolatni
ham, burchga sadoqatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin emas. Vijdonli
odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqorolik jamiyatini yarata oladilar. Zero
vijdon, eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi.
Download 19,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish