Javob : Yaxshilab chaynash kerak Izoh


Javob : Aleksandr yoki Aleksandra  Izoh



Download 338,5 Kb.
bet59/90
Sana25.07.2022
Hajmi338,5 Kb.
#845875
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Bog'liq
1-100

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob
Javob : Aleksandr yoki Aleksandra 
Izoh : Kosmik kema nomi “Salyut” va “Shatl” so'zlarining birinchi bo'g'inidan olinib, “Sasha” deb ataladi.
Savol : Bu atoqli otning nomi lotinchadagi “sovuq” va yunonchadagi old inkor qo'shimchaning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Uning sovuq emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Uni toping. 
Javob : Afrika 
Izoh : “a” -yunoncha old inkor qo'shimcha, o'zbekchaga “no”, “be” deb tarjima qilinadi. Lotinchasiga “friz” degani esa “sovuq” degan ma'noni bildiradi.

Savol : Ispaniya terma jamoasining Jahon Chempionatida o`ta muvaffaqqiyatsiz qatnashganidan xabaringiz bor albatta. Gollandiyadan qabul qilib olingan sharmandali mag`lubiyatdan so`ng ispan gazetalaridan biri ,,QORA MUSHUK” nomli maqola chop etdi. ,,QORA MUSHUK” ni ko`rishni istasangiz 2015-yilning fevralini kutishingiz kerak. Diqqat savol: ,,QORA MUSHUK” o`rnidagi so`zlarni toping! 


Javob : 13, JUMA! Bu ko`rinishdagi sana qora mushuk kabi omadsizlik keltiradi deb irim qilinadi. Ispaniya Gollandiyaga aynan shu sanada yengildi. ,,El Mundo” nashri esa omadsizlikni aynan shu sana bilan bog`ladi! 
Savol : Yaqinda Namanganda bo`lib qaytdim. Toshkentga qaytayotganimizda dovondagi e`lonlardan biri e`tiborimni tortdi. Unda shunday yozilgandi: ,, X ULKAN MUVAFFAQQIYATLAR GAROVI”. Beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi. Axir bu gap ikki ma`noda ham juda to`g`ri edi-da! Diqqat kutilmagan savol: Bu e`londa qaysi muassasa nomi tilga olingan? 
Javob : PAXTABANK! E`lon: ,,Paxta - ulkan muvaffaqqiyatlar garovi! O`zbekiston iqtisodi paxtaga bog`liq ekanligi bor gap. Ammo Paxta qo`yib ulkan muvaffaqqiyatlarga erishayotganlar ham anchagina! 
Savol : Qishlog`imizda pilla boqilsa-da, bir odatga e`tibor qilmagan ekanman, yaqinda ko`rsatuvda ko`rib qoldim. Pilla yetilib, terilib bo`lganidan so`ng pilla boqilgan uyda o`ziga xos ziyofat boshlanadi. Qo`shnilar ham o`z hissasini qo`shish uchun turli taomlar va yeguliklarni olib chiqishadi. E`tiborlisi, ularga bir talab qo`yilarkan. Diqqat savol: Taom va yeguliklarga qanday talab qo`yiladi? 
Javob : Ularning barchasi oq rangda bo`lishi kerak (masalan, shirguruch, qatiq, sut va hokazo) ! Ular ham pilla bilan rang uyg`unligini hosil qilishi kerak ekan! 
Savol : Yaqinda bir film ko`rib qoldim (nomi esimda yo`q, bu muhim emas). Filmda ikki qiz o`z hayotlarini o`zgaritish maqsadida bir-birining uyiga ko`chib o`tadilar. Birinchisi AQShlik bo`lsa, Ikkinchisi Angliyadan edi. Ular uylarini ayirboshlab, yangi hayotga qadam qo`yishadi. AQShlik qiz yangi joyda ilk kundayoq bir muammoga duch keladi. Diqqat savol: Muammo sababini uchta so`z bilan ayting! 
Javob : O`NG QO`L QOIDASI! Ma`lumki, Angliyada bu qoida amalda va AQShdagidan farq qiladi! Qiz ilk kundanoq avtomobil boshqarishda muammoga duch keladi! 
Savol : Tasavvur qiling, yigit va qiz yoningizda turibdi. Ular afsonaviy qahramonlar hisoblanishadi. Ularning qo`lida bitta 200 so`mlik, ikkita 1000 so`mlik, bitta 50 so`mlik va bitta 500 so`mlik bor. Diqqat savol: Ikkalasining ham ismini ayting! 
Javob : SAMAR va QAND! Afsonalardan biriga ko`ra, SAMARQAND ni SAMAR va QAND ismli sevishganlar halok bo`lgan joyga qurishgan. Pullarni jamlasangiz 2750 so`m bo`ladi. Bu SAMARQAND ning yoshi! 

Savol : Kecha Matmusanikida oshda edik. E`tiborimni hovlidagi katta it tortdi. Matmusadan uning laqabini so`radim. U itning uchta laqabi borligini aytib qoldi. Qizig`i, uchchala laqab ham inson ismi edi. Birinchi laqab 90-yillar oxirida qo`yilgan ekan. Ikkinchisi 2000-yillarda. Uchinchisini yaqindagina qo`yibdilar. Ikki ism ajnabiyniki, biri esa o`zbeklarniki ekan. Diqqat savol: Uchchala ismni ham toping. 


Javob : MAYK (TAYSON), OZODBEK (NAZARBEKOV), LUIZ (SUAREZ)!!! Qopag`on odamlarga tishlash bilan shug`ullanib ko`rgan mashhurlar laqabini beribdi  
Savol : Jannatda ikki farishta yashar ekan. Birinchisi doimo harakatda u yoqdan bu yoqqa o`tib yurarkan. Ikkinchisi esa doimo xotirjam, joyidan deyarli jilmas ekan. Bir ikkinchisi so`rab qolibdi: Sen doimo harakatdasan, qanday farishtasan? Birinchi javob beribdi: Men Ey, Yaratgan Egam yordam ber… deb boshlanuvchi tilaklarga javob beraman. Senchi? Ikkinchi debdi: Men OYIJON deb boshlanuvchi tilaklarga javob beraman! Yordam o`rnida ayitishim mumkin, OYIJON 1997-yildan beri mavjud! Diqqat savol: OYIJON o`rnida ikki so`zni toping. 
Javob : YARATGANGA SHUKR!!! OYIJON va YARATGANGA SHUKR (1997-yilda chiqqan) Z.Musoqov filmlari. 
Savol : Bu mashhur kinoqahramonlarni ismini ham o`zbekchaga o`girib ko`rdim. Birinchisi Olimtoy bo`lgani ma`qul ekan. Ikkinchisiga va To`rtinchisiga mantiqli bo`lmasa-da, Matyoqub va Doniyor ismlari yopishtirildi. Uchinchisini esa mantiqan Ali akaning o`g`li deb tarjima qildim. Diqqat savol: Bu tarjima mantiqan qaysi so`zni yuzaga keltirishi kerak edi? 
Javob : OMAD! Bosh harflardan shu so`z yasaladi. Kinoqahramonlar ,,Omadli jentelmenlar” dan. Dotsent Olimtoyga muqobil. Qahramonlardan biri Vasiliy Aliboboyevich, ya`ni Ali akaning o`g`li. 
Savol : Hazilga ko`ra, Yer yuzidagi eng chuv tushgan insonlar aynan ular ekan. Ularning ismi ma`lum emas. Ammo ular qilgan ish haqida barchamiz boxabarmiz. Diqqat savol: Ular nima ish qilishgan? 
Javob : Nuh kemasini qurishgan! U bechoralar kemani qurishgan, ammo kemaga chiqolmay to`fonda qolib ketishgan. Nuh kemasida Nuhdan boshqa inson bo`lmagan, axir. Bechoralarni aldab ishlatishgan ekan ))) 
Savol : Matmusa o`zining izquvarlarga xos sinchkovligi bilan ham ajralib turadi. Bir kuni Matmusa uzoq yillar ko`rmagan do`stini uchratibdi. Avval do`stining yara bosgan chap qo`liga qarabdi. Keyin esa o`rnidan turib do`stining chap tarafiga o`tibdi va suhbatni davom ettiribdi. Biroz oldin yaxshi eshitib turgan do`sti ba`zi gaplarni tushunmay boshlabdi. Ko`z osti terisi biroz osilgan do`stiga tikilgancha Matmusa uning kasbini aytibdi va haq bo`lib chiqibdi. Diqqat savol: Uning kasbini toping. 
Javob : Uzoq yo`lga yuradigan haydovchi (dalnoboyshik)! Ular yo`lda chap qo`lini oynadan chiqarib oladi. Qo`l quyoshda kuyadi, chang qo`nib yaraga aylanadi. Shovqin ham asosan chap tarafdan bo`lgani uchun quloq og`irlashadi. Ko`z ostining osilishi uyqusizlik oqibati albatta! 

Savol : AQShda u odatda qiyin va noqulay holatlarda qilinadigan ishni qilishga ruju qo`ydi va tanildi. Hindistonda u bilan bog`liq reja amalga oshmadi. O`zbekistonda u qaysi joydan ekanligi ma`lum. Diqqat savol: U ni toping. 


Javob : Kelin! Gollivudda ,,Qochoq kelin”, Bollivudda ,,O`g`irlanmagan kelin”, O`zbek kinosida ,,Vodillik kelin”! 
Savol : Bir kuni Matmusa aka bilan kino ko`rib o`tirsak, qiziq gap aytib qoldi: Men aniq bilaman, bu kinoqahramon Coca-Cola ichishni yoqtiradi, ismidan ham ko`rinib turibdi. Maza qilib kulib oldim. Lekin akaning gapi ham ancha mantiqli edi. Diqqat savol: Biz qaysi filmni ko`rayotgan edik? 
Javob : Fantomas! Matmusa aka Fantamas deb eshitib, Fanta emas deyapti, bu kinoqahramon Fantani rad etyapti, demak u Coca-Cola ni yoqtiradi degan xulosaga kelibdi. 
Savol : Aforizm: Agar ichi bo`sh bo`lganida u bunchalik mashhur bo`lolmasdi! Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Troya oti 
Savol : Ular haqida aniq bir to`xtamga kelish qiyin bo`ldi: Kimdir 78 ta dedi, kimdir 85 ta. Yana kimdir ishonch bilan 98 ta dedi. Ammo yakuniy qaror boshqacha bo`lib chiqdi. Diqqat savol: Ularni toping. 
Javob : Dalmatinlar! Ular jami 101 ta edi. Film (multfilm) boshida dalmatinlarni sanash sahnasi bor! 
Savol : Bir o`zbekning gapida X haqida gapirilaturib, shahar esga olinadi. Bir amerikalikning fikriga ko`ra, X mavhum bir tushunchaga tenglashtiriladi. Maqolga ko`ra, X ning mavjudligi taomlardan biri bilan bog`lanadi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Pul. Obid Asomov: ,,Puling bo`lsa xaltada, Dam olasan Yaltada”. Benjamin Franklin: ,,Vaqt - bu puldir”. Maqol: ,,Pul bo`lsa, changalda sho`rva”! 
Savol : Yaqinda sovg`a va suvenirlar sotiluvchi do`konlarni aylanayotganimda, KO`PGINA ULAR e`tiborimni tortdi. KO`PGINA ULAR hazilmi yoki haqiqat bilmadim, insonlarga bir ishni qilishda yordam beradi. Diqqat savol: ULAR ni ayting! 

Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish