Javob : o'ng tomonlama harakatlanishga o'tish
Izoh : 1967 yil 3 sentyabrda Shvetsiya o'ng tomonlama harakatga o'tdi. Bo'lajak o'zgarish to'g'risida eslatib turish uchun hukumat kampaniyasi o'tkazilgan. O'xshash perchatkalardan foydalanilishi, g'oya mualliflarining fikricha, yo'lning qaysi tarafida yurish mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risida eslatib turishi lozim edi.
Savol : Rossinining “Muso Misrda” operasida bosh qahramon fir'avnni, agar u Xudo tarafidan tanlangan xalqni qo'yib yubormasa, Misrdagi hamma narsa kulga aylanadi, deb ogohlantiradi. 1819 yil prem'erada rejissyor g'oyasi bilan sahnadagi yolg'ondakam piramidalar ularga aylanishgan. Biz sizdan ularni so'ramaymiz, balki premera qaysi shaharda bo'lganini topib bering.
Javob : Neapol
Izoh : Ular vulqonlardir. Neapol Vezuviyga yaqin joylashgan.
Savol : Nemis sayohatchi ayoli Preyfer Iroqdagi Al-Qasr xarobalarida saqlanib qolgan, bu o'lkada mutlaqo no'malum bo'lgan ignabargli daraxtni mo'jiza deb ta'riflagan. Ushbu daraxtni Undan qolgan yagona narsa deb hisoblagan. Uni ayting.
Javob : Semiramida bog'lari
Izoh : “Yetti mo'jiza”ning biri hisoblanadigan Semiramida, Bobil osma bog'lari eramizdan oldingi davrdayoq yo'q bo'lib ketgan. Sayohatchi ayol o'sha kamyob ignabargli o'simlikni qadimgi Bobil o'rnidan topilganiga ishora qilib, shunday hisoblagan.
Savol : Bir qancha vaqt muqaddam Rossiya Fanlar Akademiyasi Falsafa instituti xodimlari o'zlarining doimiy ish joylari — Volxonkadagi uydan ajralish xavfi ostida qolishdi. Gazetalardan biridagi bu haqidagi maqola “Faylasuflar bu ishni qilishni istashmaydi”. Sizlar bu ishni qilgan faylasufni topib bering.
Javob : Diogen
Izoh : Antik davrda yashagan mashhur yunon faylasufi Diogen insonda hech qanday ehtiyoj bo'lmasligi kerak, deb hisoblagan va bir umr oddiy bir bochkada yashagan. Gazeta xodimlari faylasuflarning o'z ish binolaridan ajralib qolishdan o'ta xvotirga tushib qolganlari ustidan shu orqali piching qilishgan.
Savol : 1791 yilda Frantsiya parlamenti Jarrohlik Akademiyasi kotibi va doktori Antuan Luis hamda anatomiya bo'yicha professor Jozef Ignatsga maxsus topshiriq beradi. Bu topshiriq asosida ular Frantsiyaning o'zida 1981 yilgacha foydalanilgan bir ixtironi amalga oshirishadi va uni Antuan Luisning familiyasi bilan atashadi. Qiziq tarafi shundaki, ixtirodan maqsad insonga iloji boricha kam zarar etkazish bo'lgan. Siz bizga ixtiro nomini yoxud Antuan Luisning familiyasini yozib bering.
Javob : Gilotina
Savol : Faylasuf Zenonning barchaga ma'lum fikrini to'ldiring: “Xudo bizga kam gapirishimiz va ko'p eshitishimiz uchun...”. Javob: bitta til va ikkita quloq bergan 35. 1975 yili Sobiq Sovet ittifoqining “Salyut” va AQShning “Shatl” kosmik kemalari fazoda birlashadi. Birlashgan kema bir nom oladi. Biz sizdan o'sha nomni emas, balki bu nom qaysi rus ismining qisqartmasi ekanligini topib berishingizni so'raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |