Javob : Chayv guruhi
Izoh : Davlatlar Argentina, Yamayka. Chayv guruhi Argentina-Yamayka 5-0 nomli qo‘shiq kuylagan
Savol : Barchamiz Tomas Edison haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz, lekin tehnika bilimdonlariga ham Gremvil Vuds ismli inson unchalik tanish emas. Vuds Edison bilan bir vaqtda yashab 150dan ortiq ixtirolarga patent olgan, poyezd telegrafi, tramvay uchum simlarni ixtiro qilgan bo’lsada, bir hususiyati uning mashxur bo’lishiga halaqit bergan. Uning Edisondan farqi nimada edi ?
Javob : Vuds qora tanli bo‘lgan
Savol : Odatda kemada 2ta kapitan bo’ladi, maboda 1-kapitan kasallikka chalinsa yoki vafot etsa, kemani 2-kapitan boshqaradi. 1779-yil 22-avgustda Kamchatka qirg’oqlari yaqinida kasallikka chalinib kemaning 2-kapitani vafot etadi. Ikkinchi kapitani vafot etgan ushbu kemaning birinchi kapitani bilan qanday voqea yuz berganligini aniq ayting?
Javob : Aborigenlar yeb qo‘ygan
Izoh : Bu Jeyms Kukning kemasi edi, uni Odamxo‘rlar yeb qo‘yganidan habaringiz bor
Savol : Pushkin ushbu kasb vakillariga “ma’rifatning pochta otlari” deya tariff bergan! Pushkin ijodidan kelib chiqib bu qanday kasbligini topgan bo’lsangiz, mashxur filmda ushbu kasb vakili tajribasizligi sababli qanday jazolanganligini ayting?
Javob : Qozonga tashlangan
Izoh : Kasb tarjimonlik, I.Vasilevich kasbini o‘zgartiradi filmidan lavxa: Bir tilmochimiz bo‘lardi, biz bog‘dan kelsak, u tog’dan kelardi, keyin biz uni qaynab turgan qozonga tashladik
Savol : 1-davlatning fuqarosi Lekok de Buabodran 1875-yil yangi kimyoviy elementni kashf qilib, unga o’z davlati nomini beradi, 2-davlatga esa qadimgi yunonlar tashrif buyurishganda chorva mollari ko’pligini ko’rib shunday nom berishgan. Mashxur o’zbek Estrada honandasining aytishicha ushbu ikki davlat poytahtidan O’zbekistondagi qaysi obyektlarni ko’rish mumkinligini ayting?
Javob : Samarqandning qadim minoralari
Izoh : 1-davlat Fransiya(kimyoviy elementi Fransiya nomiga qo‘yilgan), 2-davlat Italiya(ma’nosi-buzoqlar yurti), ularning poytaxti Pariju-Rimdan ham ko‘rinib turar Samarqandning qadim minoralari -Ozodbek Nazarbekov
Savol : Eski manbaasida xech qanday Shekspir qahramonining adashi ham, Primatlar oilasiga mansub jonivor ham yo’q. Yangisidagi ayol esa bir guldan nom olgan, bosh qahramonning asosiy qurolining rangi moviy rangda. Bosh qahramonning ismi to’rtta unsurdan birini esga solsa, siz eski manbaaning muallifini yozib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |