6-mavzu. G. Emerson va M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari



Download 66 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi66 Kb.
#320565
Bog'liq
маруза 6



6-mavzu. G.Emerson va M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari

Reja:


1. F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.

2. G.Emersonni “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarining mazmun mohiyati. M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari.


1. F.Teylor va G.Emersonlarning boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi qarashlari.
Boshqaruv samaradorligi to‘g‘risida so‘z yuritilganda, bu borada F.Teylorning fikr va tamoyillari muhim rol o‘ynaydi, 1911 yili boshqaruv fanining asoschilaridan biri F.Teylorning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari“ kitobining chop etilishi boshqaruvni fan sifatida tan olinish davrining boshlanishi deb hisoblanadi. Ilmiy boshqaruv deb nomlangan konsepsiyaga asos solindi. Ushbu konsepsiya asoslari X1X asrning o‘rtalaridan XX asrning 20 yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. U shu vaqtgacha og‘zaki va onda-sonda bo‘lgan diskussiyalardan boshqarish borasidagi mustaqil izlanishlar natijalari va birinchi xulosalarini chop ettirilishi, bu izlanish va tadqiqotlar borasida baralla gapirilishiga va keng doirada fikr almashishlarga olib keldi.

Boshqaruvga bo‘lgan qiziqishning kuchayishiga birinchi turtki sifatida Yevropa mamlakatlardagi jadal o‘zgarishlar, xususan, Angliyadagi sanoat revolyusiyasining ro‘y berishi sabab bo‘lgan. Ammo, tashkilotning muvaffaqiyatini samarali boshqaruv tashkil qilishi mumkinligi haqidagi sistemalashgan fikrlar Amerikada yuzaga keldi, bunga asosiy sabablar quyidagilar:

-Amerikadagi o‘sha davrdagi irqiy, iqtisodiy erkinlik, hamda kishilarning moddiy kelib chiqishi va sinfiy tabaqalarning ahamiyatsizligi;

-XIX asrning oxirida Amerikada transkontinental temir yo‘llari qurilishining yakunlanganligi;

-davlatning biznesga aralashmaslik siyosati;

-turli xil milliy, iqtisodiy asosdan kelib chiqqan odamlar o‘z omadini sinash maqsadida Amerikaga yo‘l olishi, bu davrda AQShda iqtisodiyotning rivojlanishi va tadbirkorlarning ko‘payishi boshqaruvni fan sifatida shakllanishiga muhit yaratdi. Bunga yirik tadbirkorlarning ehtiyoji va yirik biznesning rasmiylashgan boshqaruv vositalariga extiyojining kuchliligi omil sifatida ta’sir ko‘rsatdi;

-sanoat revolyusiyasi natijasida texnika afzalliklarini ishlab chiqarishga qo‘llanishining zarurligi va boshqalardir.

Boshqaruv borasidagi g‘oyalar rivojlanishining birinchi bosqichi teylorizm davri (1885-1920) deb atalib, bu davrning eng xos g‘oyasi ilmiy asosda boshqarish mumkin ekanligini targ‘ib qilinishidir. Bu davrda muhandislik fanlari g‘oyalarining eng quyi ishlab chiqarish bo‘g‘iniga singdirilishi xos bo‘lib, keyinchalik aynan shunda teylorizmning cheklanganligi namoyon bo‘ladi. Buning asoschilari U. Teylor, I.B. Frederik, F.L. Gilbertlar, G.Gant, Emerson va boshqalar hisoblanadi.

“Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruvining quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug`ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug`ullana boshladilar. Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari yirik biznes sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lishgan.

2. G.Emersonni “Unumdorlikni o‘n ikki tamoyili” asarining mazmun mohiyati. M. Kukning boshqaruv samaradorligi tamoyillari.
Teylorning izdoshlaridan biri Garrington Emerson bo‘lgan. Emerson Teylorga nisbatan faqat tor texnik va ishlab chiqarish sharoitinigina ko‘rib chiqmasdan boshqaruvni ratsionallashtirishni ancha keng ko‘rib chiqdi va unumdorlikning 12 prinsipini ilgari surdi. Uning tamoyillari mashxur “Mexnat unumdorligining tamoyillari” asarida yoritilgan.

Bu tamoyillar quyidagilar:



  1. Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar.

  2. Oqilona, sog’lom fikr.

  3. Malakali e’tiborli mahsulot.

  4. Intizom.

  5. Xodimga nisbatan adolatli bo’lish.

  6. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam xisob-kitob.

  7. Dispetcherlash.

  8. Me’yorlar va jadvallar.

  9. Sharoit bilan ta’minlash.

10)Muomalalarni me’yorlash.

11)Standart yo’riqnomalarini tayyorlash.



12)Unumdorlikni rag’batlantirish.


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish