while va do…while
Java tilida while operatorining umumiy ko’rinishi quyudagicha:
while(shart){
operator1
operator2
.........
}
While operatoridagi mantiriq amal rost qiymat qabul qilsa bu sikl tanasidagi operatorlar bajariladi. Sikl tanasidagi oxirgi amal bajarulgandan keyin yana mantiqiy amal tekshiriladi to shu shart bajarulmaguncha davom qiladi.
Misol:1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqaring.
public class MainClass {
public static void main(String[] args) {
int i=1;
while(i<=100)
{
System.out.println(i);++i;
}
}
}
Natija 1dan 100gacha bo’lgan sonlar ekrancha while operatori yordamida chiqarildi. Dastlab i=1 qiymat qabul qiladi va while operatoridagi mantiqiy amal bajariladi 1<100 shart o’rinli shuning uchun sikl tanasidagi amallar bajariladi. While operatori boshqa takrorlanuvchi operatorga nisbatan kegiroq imkoniyatga egadirday. Chunkiy yuqordagi masalalarni boshqacharoq ko’rinishda yozish ham mumkin.
public class MainClass {
public static void main(String[] args) {
int i=1;
while(true)
{
System.out.println(i);
++i;
if(i>100){
break;
}
}
}
}
Bu dastur ham huddi shu vazifani bajaradi. Ko’rib turganimizdek i ning qiymatini ekranga chiqaradi va qiymati birga oshirilib tekshirib ko’riladi agar shart bajarilsa sikl yakunlanadi. Keyingi takrorlanuvchi operator dowhile operatorodir. Bu operator while operatoriga o’xshaydi farqi while operatorida shart avval tekshirilib keyin sikl tanasidagi amllar bajarilsa dowhile operatori sikl tanasidagi amllar bajarilib keyin shart tekshiriladi. Do while operatori kamida bir marta amalga oshirilishi mumkin while operator esa umuman bajarilmasligi ham mumkin. Dowhile operatorining umumiy ko’rinishi:
do{
//sikl tanasi
}while(shart);
Ko’rib turganimizdek sikl tanasidagi amllar bajarilib keyin mantiqiy amal tekshiriladi agar shart bajarilsa sikl tanasidagi amallar bajariladi.
Misol:1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqaring.
public class MainClass {
public static void main(String[] args) {
int i=1;
do{
System.out.println(i);++i;
}while(i<=100);
}
}
Umuman olib qaraganda dastularlashda takrorolanuvchi jarayonlarni tashkil qilish uchun birinchi dastlabkiy qiymat takrorlanishlarning oxiri va takrorlanish tanash bo’lish keak. Anashu amallarni biz yarata olsak sikl tashkil qila olamiz. Huddi shu tushunchani quyudagi takrorlanuvchi operatorda yaxshiroq tushinasiz.
For operatori.
Java tilida ko’p ishlatiladigan takrorlanuvchi operatorlardan biri for operatoridir. Bu operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
for(amal1;shart;amal2){
//sikl tanasi
}
Birinchi amalda takrorlanishining dastlabki qiymati beriladi. Shartda takrorlanishning oxirgi qiymati, keyingi amalda takrorlanishning qadami belgilanadi. Biz yuqorida aytib o’tganimizdek takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil qilganimizda dastlabki qiymatni, oxirgi qiymat va takrorlanish sohasini belgilashimiz kerak.
Misol:1 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqaring.
public class MainClass {
public static void main(String[] args) {
for(int i=1;i<=100;++i){
System.out.println(i);
}
}
}
Ushbu misolda i=1 amal bajariladi undan keyin shart bajariladi, agar shart rost qiymat qabul qilsa sikl tanasidagi amal bajariladi, keyin ++i amal bajariladi undan keyin yana shart bajariladi, agar shart rost qiymat qabul qilsa yana sikl tanasiga qaytadi va sha tariqa amallar ketma-ketligi bajariladi to mantiqiy amal yolg’on qiymat qabul qilgunch. Quyidagini ko’rib tushinib olishingiz mumkin:
i=1 i<=100 sikl_tansi ++i i<=100 sikl_tanash …
100>
Do'stlaringiz bilan baham: |