Izohlar.
Hamma dasturlash tillarida izohlar bo’lganidek java dasturlash tilida ham kompilyatorlar o’qimaydigan izohlar yozish mumkin. Dastur matnini tushunarliligini oshirish uchun izohlar juda foydali. Izohlar orqali bir yoki bir nechta operatorni daxlsiz qilib qo’yish mumkin. Bundan tashqari dasturlar haqida foydali malumotni izohlardan bilib olish mumkin.
Izohlar quyudagicha berilishi mumkin:
Ikkita qiya chiziq probelsiz ketma-ket yoziladi (//) va satr oxirigacha izohlar davom qiladi.
Qiya chiziq va yulduzcha belgisi bilan boshlanadi (/*) va bir necha satrdan iborat izohlar keltirilib izoh oxirida yulduzcha va qiya chiziq bilan yakunlanadi (*/), ushbu belgilar probelsiz yoziladi.
Qiya chiziq va ikkita yulduzcha belgisi bilan boshlanadi (/**) va bir necha satrdan iborat izohlar keltirilib izoh oxirida yulduzcha va qiya chiziq bilan yakunlanadi (*/) va ushbu belgilar xam probelsiz yoziladi. Bunday izohlar hujjatlar bilan bog’liq ishlar uchun qo’llaniladi.
Izohlar dastur matnini o’qish va tushunish uchun juda qulaydir. Ular dastur matnini tushunarli hujjatga aylantirib yuboradi. Yaxshi izohlarga ega dastur o’z-o’zini hujjatlashtirilgan deyiladi.
Birinchi yaratilgan dasturimizga izohlar kiritamiz.
/*
* Izoh: ushbu sinf Sizning dasturlash tilini
* o’rgnishingizdagi birinchi qadam
*/
class HelloWorld{ //bu HelloWorld sinfidir
public static void main(String[] args){//asosiy metod
/*
Asosiy metod tanasi
*/
System.out.println("Hello World!");//Ekranga chiqarish
}
}
O’zgarmaslar.
Java dasturlash tilida o’zgarmaslar turli shakllar va tiplarda yozilishi mumkin. O’zgarmaslar shakllarining deyarli barchasi C tilidagidek qabul qilingan. O’zgarmaslarning turli xil tiplarini ko’rib chiqamiz.
Butun.
Butun tiplar uch xil ko’rinishda yozilishi mumkin.
bizga malum bo’lgan o’nlik shaklda: 1, +89, -3;
nol bilan boshlanadigan sakkizlik shaklda: 027, -326, 0777; bunday o’zgarmaslarni yozishda 8 va 9 raqamlarini qo’llash mumkin emas.
Eslatma
Nol bilan boshlanadigan butun sonlar o’nlik shaklda emas sakkizlik shaklda yoziladi.
nol va lotin harfi x yoki X bilan boshlanadigan 16 shakl: 0xff0a, 0xFC2D, 0X45a8, 0X77FF; bu yerda katta va kichik harflar farqlanmaydi.
Butun o’zgarmaslar operativ xotirada int formatida saqlanadi. Butun o’zgarmaslar oxirida “L” (yoki l) harfi yozilishi mumkin, shunda o’zgarmas uzun - long formatida saqlanadi; +25L, -037l, 0xffL, 0XDFDFl.
Haqiqiy.
Haqiqiy o’zgarmaslar faqat ikki xil ko’rinishda o’nlik sanoq sistemasida yoziladi:
qo’zg’almas nuqtali: 37.25, -128.678967, +27.035;
qo’zg’aluvchan nuqtali: 2.5e34, -0.345e-25, 37.0E+4; lotin harfi e katta yoki kichik harflarda yozilishi mumkin, probel va qavslar yozish mumkin emas.
Haqiqiy o’zgarmas oxirida F yoki f qo’yish mumkin, shunda o’zgarmas operativ xotirada float tipli formatda saqlanadi: 3.5f, -45.67F, 4.7e-5f. Haqiqiy o’zgarmas oxirida D yoki d ham yozish mumkin: 0.045D, -456.77889d, bu double tipini anglatadi, lekin bu ortiqcha, ya’ni aslida ham operativ xotirada double tipli formatda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |