Bog'liq 1 dedlayn Java dasturlash tilida eng oddiy dastur
Java dasturlash tilida eng oddiy dastur.
J ava dasturlash tilini o’rganishdan oldin biz sizga bu til haqida qisqacha ma’lumot berib o’tishni o’zimizga joiz deb bildik. Java dasturlash tili 1995 yil 23 mayda Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan ob'ektga asoslangan dasturlash tilidir. Java ilovalari odatda maxsus byte kodiga kompliyatsiya qilinadi, shuning uchun ular virtual Java mashinasi yordamida har qanday kompyuter arxitekturasida ishlashlaydi. Java dasturlash tili Jeyms Gosling tomonidan ishlab chiqilgan va bu til dastlab Oak deb nomlandi. Keyinchalik u Java nomi bilan almashtirildi. Mijoz va server dasturlarini yozish uchun ishlatildi.
Java kodi kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kod interpretator tomonidan bajariladi. Bu tilninig afzal tomoni, bytekodning operatsion tizim va apparatdan to'liq mustaqilligi bo'lib, virtual mashinaga ega bo'lgan har qanday qurilmada java dasturlarini ishlatishga imkon beradi. Java texnologiyasining yana bir muhim xususiyati dasturni bajarish virtual mashinadan to'liq nazorat qilinadigan moslashuvchan xavfsizlik tizimi. Tizimdagi har qanday ruxsat qilinmagan hodisalar (masalan, ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishga yoki boshqa kompyuterga ulanishga harakat qilish) zudlik bilan uzilishga olib keladi.
Biror dasturlash tilini endi o'rganishga kirishgan har bir dasturlovchi uchun “Hello World!” so’zini ni ekranga chiqarish an'ana bo'lib qolgan. Biz ham shu an'anaga sodiq qolamiz. Java dasturlash tilida “Hello World” nomli dasturi quyidagicha amalga oshiriladi:
class HelloWorld{
public static void main(String[] args){
System.out.println("Hello World!");
}
}
Java tilida yozilgan har bir dastur bir yoki bir necha sinflarda tashkil topgan bo'ladi. Bizning misolimizda faqat bitta sinfdan tashkil topgan.
Sinf class xizmatchi so'zi bilan boshlanadi undan so’ng sinf nomi elon qilinadi. Bizning misolimizda bu HelloWorld. Sinf tanasi figurali qavslar ichiga yoziladi (class body).
Dasturdagi barcha harakatlar metodlar (method) yordamida amalga oshiriladi.
Obektga yonaltirilgan dasturlash tillarida funksiya va proceduralar o’rniga metodlardan foydalaniladi.
Metodlar nomi va parametrlari bilan farqlanadi. Metodlardan biri albatta main deb nomlanishi kerak, dastur shu asosiy metod orqali ishga tushadi. Bizning oddiy dasturimizda faqat bitta metod bor va u ham main deb nomlanadi.
Metodlar ikki xil bo’ladi. Qiymat qaytaruvchi va qiymat qaytarmaydigan. Qiymat qaytaruvchi metodlarda metod nomidan oldin qaytaradigan qiymatining tipi yoziladi va return xizmatchi so’zi orqali qiymat qaytaradi. Qiymat qaytarmaydigan metodlar metod nomidan oldin void xizmatchi so’zidan foidalaniladi, bizning misolimizdagi yozilgan main() metodi bu qiymat qaytarmaydigan metoddir.
Metod parametrlari metod nomidan keyin qavs ichida yoziladi. Har bir parametr uchun uning tipi va parameter nomi probel orqali ko’rsatiladi. Agarda metod parametrlari bir nechta bo’lsa ular vergul bilan ajratiladi. Bizning main metodimizning bitta parametri bor uning tipi massiv. Bu massivning tarkibi simvollar ketma-ketligidan tashkil topgan. Parametr nomi args dab nomlangan.
Metod tiplaridan oldin modifikatorlar (modifiers) yoziladi. Masalan public so’zi shunday ma’no bildiradiki shu metoddan har doim foydalana olish imkonini beradi. Umuman olib qaraganda modifikatorlarni yozish shart emas, biroq ular main metodi uchun zarur.
Metod tanasi figurali qavslar uchida yoziladi (method body).
System sinfidagi System.out.println()buyrug’i malumotlarni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. Println so’zi print line so’zlari qisqartmasidir. Agar biz System.out.println buyrug’ini bersak ekranga chiqarilayotgan ma’lumotni yangi satrdan chiqaradi.
Java kompilyatori nuqtaiy nazaridan katta kichik harflar farqlanadi. Agar biz main matodini Main yoki MAIN qilib elon qilsak bu xatolikdir.