GLOBALLASHUVNING YOSHLAR SOTSIAL-SIYOSIY
QIYOFASIDAGI O‘ZGARISHLARGA TA’SIRI
Dilrabo Fazilova Xudaykulovna
Jizzax VXTXQTMOHM, katta o‘qituvchi
Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir
aql va yaxshi ahloq bu maydon qurolidir.
Abdurauf Fitrat
Darhaqiqat, bugungi globallashuv jarayonlari hech kimni chetlab o‘tmayapti.
Hox u ijobiy bo‘lsin, hox salbiy o‘ziga ohangrabodek jalb qilmoqda. Ayniqsa bu
75
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
jarayonlarning asosiy e’tibori yoshlarga qaratilmoqda. Chunki yoshlar har qaysi
mamlakatning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholing 40 foizini, 30 yoshgacha
bo‘lganlar esa 64 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.Bu kuch-g‘ayratga to‘lgan,
davlatimizning ertangi kuni, istiqbolini yaratadigan asosiy qatlam aholining
ko‘pchilik qismini tashkil etishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga yoshlar hozirgi
globallashuv jarayonlarida hayotiy pozitsiyasi ega bo‘lish masalasi o’z dolzarbligi
va ahamiyatini hech qachon yoʻqotmaydigan muammo darajasiga ham ko’tarilib
bormoqda. Chunki bugungi tez oʻzgarayotgan dunyo yoshlar oldida yangi-yangi,
buyuk imkoniyatlarni ochish bilan birga har xil tahdidlarni ham yog’dirmoqda.
Globallashuv jarayonlari yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasidagi oʻzgarishlarga ham ta’sir
etib, oʻziga xos xarakterga ega boʻlib bormoqda.
Birinchidan, globallashuv jarayonlarining yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasidagi
o‘zgarishlarga ta’siri asosan axborotlar almashinuvida sezilmoqda. Bu almashinuvlar
yoshlarni keng imkoniyatlarga chorlash bilan birga har xil ma’naviy tahdidlarga ham
undamoqda. Yoshlar axborotlarni qabul qilishda media madaniyatga ega bo‘lsalar,
ularda axborot xavsizligi ta’minlanishi mumkin. Aks holda yoshlar bugungi axborot
xurujlarining qurboniga aylanishadi. Bu jarayonlarning yoshlar sotsial-siyosiy
qiyofasidagi o‘zgarishlardanamoyon bo’lishini yosh nuqtai-nazardan qatlamga bo‘lib
tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi qatlam sifatida umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan
o‘quvchi yoshlar masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu qatlamga 14-17
yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni kiritadigan bo‘lsak, ular sotsial-siyosiy qiyofasi
to‘la shakllanmagan yoshlar hisoblanadi. Chunki bu yoshlar siyosiy jarayonlarning
ishtirokchisi bo‘la olmaydi. Lekin, ularda ta’lim jarayonida olgan huquqiy bilimlari
asosida siyosiy qarashlari qisman bo‘lsada shakllangan bo‘ladi. Shu bilan birga ular
mehnat qilish huquqiga ega bo‘lganligi sababli jamoat ishlarida ham ishtiroki bo‘lishi
mumkin. Umuman olganda, bu qatlam yoshlarining sotsial-siyosiy qiyofasiga
axborotlar olamining ta’siri kuchli bo‘lishi aniq. Ikkinchi qatlamga oliy-ta’limda
o‘qiyotgan talaba yoshlarni kiritdik. Ularni o‘rtacha 17-25 yoshgacha bo‘lganlarini
oladigan bo‘lsak, bu yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki
ularning sotsial-siyosiy qiyofasida namoyon bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Bu
yoshlarda axborotlar olamidan foydalanish bo‘yicha bir muncha ko‘nikma va
malakalar shakllangan bo‘lib, ko‘pchiligida axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
ham shakllanib ulgurgan. Bu yoshlar siyosiy jarayonlarga nisbatan mustaqil
munosabat bildira oladilar hamda o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga harakat
qiladilar. Uchinchi qatlamga esamehnat qilayotgan ishchi-xodim yoshlarni kiritdik.
Bu yoshlar 25-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanib, jamiyatdagi pozitsiyasi bilan
ajralib turadigan qatlam hisoblanadi.
Yoshlarning siyosiy faolligi jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi asos hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 64 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiluvchi
76
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
yoshlar mehnatga jalb etilgan mehnat resurslarining yarmidan ko‘pini tashkil
etadi. Ular jamiyatning har bir jabhasida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
Jumladan, 2019 yil 22 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 55,2 foizi, ya’ni
11 million 371 ming nafardan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, shu jumladan,
2 million nafarga yaqinini saylovda birinchi marta ishtirok etuvchilar tashkil etgan.
Saylov natijalariga ko‘ra Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan
deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etib, ularning
7 nafari erkak va 2 nafari ayollardir. Eng yosh deputat 26 yosh bo‘lib, u Xalq
demokratik partiyasidan saylangan. SHu bilan birga 2 nafar 33 yoshli va 1 nafar 32
yoshli nomzodlar ham deputatlikka saylangan. Oliy Majlis Senatiga bo‘lib o‘tgan
saylov natijalariga ko‘ra esa 1 nafar yosh senatorlikka tayinlangan.
Bu ko‘rsatkichlar yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasini qaysidir darajada
shakllanganligini bildiradi. Bu qiyofaning shakllanishida esa axborot olamining o‘rni
alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yoshlarda axborotlar xavsizligini
ta’minlash borasida mamlakatimizda bir qancha huquqiy-me’yoriy asoslar qabul
qilindi. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
Farmonida belgilangan beshinchi ustuvor yo‘nalishda “axborot xavfsizligini
ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi
tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish” [6] borasidagi vazifalar
belgilab berildi. Shu bilan birga 2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni
ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunidavoyaga etmagan bolalarni ularning sog‘lig‘iga
zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish maqsadida axborot mahsulotining
yoshga oid tasnifiishlab chiqildi va televideniyadagi barcha axborotlar shu asosda
namoyish etilmoqda.
Yoshlar o‘zining sotsial-siyosiy qiyofasini ijtimoiy muhit ta’sirida namoyon etadi. Ana
shu ijtimoiy muhitga globallashuvning ta’siri keng imkoniyatlar berish bilan birga bir
qancha muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Keng imkoniyatlardan foydalanayotgan
yoshlarning hayot tajribasi, bilimi boyib boradi. Aqlan va ahloqan boyib borgan sari
yoshlarning madaniyati ham kamol topadi, ularning qiyofasida oliyjanob fazilatlar o‘z
aksini topadi. Bularning hammasi har bir yoshni o‘z oldiga biror maqsad qo‘yib, unga
erishish uchun harakat qilishga undaydi. Aksincha, berilayotgan imkoniyatlardan
foydalanmasdan, boqimandalik, befarqlik ko‘rinishiga ega bo‘lgan yoshlar ana shunday
muammolar girdobiga tushib qolmoqda. Ular foydalanayotgan axborotlarini filtdan
o‘tkazmaydilar. Media savodxonlik va media madaniyatga ega emasligi ularni axborotlar
xavfidan qutqara olmaydi. Shuning uchun ha bu toifadagi ayrim yoshlar sotsial-siyosiy
qiyofasida globallashuvning salbiy jihatlari namoyon bo‘ladi.
Globallashuvning yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasidagi o‘zgarishlarga ta’sirining
77
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
salbiy jihatlarini bartarab etish uchun birinchidan, ularda bosqichma-bosqich
axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish darkor. Ikkinchidan,
yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oila va jamoatchilik hamkorligini
keng jalb qilish kerak. Uchinchidan, yoshlarni nafaqat davlat boshqaruviga, balki
keng mehnat jarayonlariga jalb qilishda yoshlar tashkilotlari, siyosiy partiyalar hamda
harakatlar hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur. To‘rtinchidan, boqimandalik,
befarqlik ko‘rinishiga ega bo‘lgan ayrim yoshlarda ona vatanga daxldorlik tuyg‘ularini
uyg‘otish masalalari ishlab chiqilishi lozim.
Zotan, millat, davlat taraqqiyotida yoshlar miqdori bilan emas, balki fuqarolik
pozitsiyasi bilan xizmat qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |