Жараёни ва ўзбекистон ёшлари”


GLOBALLASHUVNING YOSHLAR SOTSIAL-SIYOSIY



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana11.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#777668
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

GLOBALLASHUVNING YOSHLAR SOTSIAL-SIYOSIY 
QIYOFASIDAGI O‘ZGARISHLARGA TA’SIRI
Dilrabo Fazilova Xudaykulovna
Jizzax VXTXQTMOHM, katta o‘qituvchi
Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir
aql va yaxshi ahloq bu maydon qurolidir.
Abdurauf Fitrat
Darhaqiqat, bugungi globallashuv jarayonlari hech kimni chetlab o‘tmayapti. 
Hox u ijobiy bo‘lsin, hox salbiy o‘ziga ohangrabodek jalb qilmoqda. Ayniqsa bu 


75
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
jarayonlarning asosiy e’tibori yoshlarga qaratilmoqda. Chunki yoshlar har qaysi 
mamlakatning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 
Mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholing 40 foizini, 30 yoshgacha 
bo‘lganlar esa 64 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.Bu kuch-g‘ayratga to‘lgan, 
davlatimizning ertangi kuni, istiqbolini yaratadigan asosiy qatlam aholining 
ko‘pchilik qismini tashkil etishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga yoshlar hozirgi 
globallashuv jarayonlarida hayotiy pozitsiyasi ega bo‘lish masalasi o’z dolzarbligi 
va ahamiyatini hech qachon yoʻqotmaydigan muammo darajasiga ham ko’tarilib 
bormoqda. Chunki bugungi tez oʻzgarayotgan dunyo yoshlar oldida yangi-yangi, 
buyuk imkoniyatlarni ochish bilan birga har xil tahdidlarni ham yog’dirmoqda. 
Globallashuv jarayonlari yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasidagi oʻzgarishlarga ham ta’sir 
etib, oʻziga xos xarakterga ega boʻlib bormoqda. 
Birinchidan, globallashuv jarayonlarining yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasidagi 
o‘zgarishlarga ta’siri asosan axborotlar almashinuvida sezilmoqda. Bu almashinuvlar 
yoshlarni keng imkoniyatlarga chorlash bilan birga har xil ma’naviy tahdidlarga ham 
undamoqda. Yoshlar axborotlarni qabul qilishda media madaniyatga ega bo‘lsalar, 
ularda axborot xavsizligi ta’minlanishi mumkin. Aks holda yoshlar bugungi axborot 
xurujlarining qurboniga aylanishadi. Bu jarayonlarning yoshlar sotsial-siyosiy 
qiyofasidagi o‘zgarishlardanamoyon bo’lishini yosh nuqtai-nazardan qatlamga bo‘lib 
tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi qatlam sifatida umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan 
o‘quvchi yoshlar masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu qatlamga 14-17 
yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni kiritadigan bo‘lsak, ular sotsial-siyosiy qiyofasi 
to‘la shakllanmagan yoshlar hisoblanadi. Chunki bu yoshlar siyosiy jarayonlarning 
ishtirokchisi bo‘la olmaydi. Lekin, ularda ta’lim jarayonida olgan huquqiy bilimlari 
asosida siyosiy qarashlari qisman bo‘lsada shakllangan bo‘ladi. Shu bilan birga ular 
mehnat qilish huquqiga ega bo‘lganligi sababli jamoat ishlarida ham ishtiroki bo‘lishi 
mumkin. Umuman olganda, bu qatlam yoshlarining sotsial-siyosiy qiyofasiga 
axborotlar olamining ta’siri kuchli bo‘lishi aniq. Ikkinchi qatlamga oliy-ta’limda 
o‘qiyotgan talaba yoshlarni kiritdik. Ularni o‘rtacha 17-25 yoshgacha bo‘lganlarini 
oladigan bo‘lsak, bu yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki 
ularning sotsial-siyosiy qiyofasida namoyon bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Bu 
yoshlarda axborotlar olamidan foydalanish bo‘yicha bir muncha ko‘nikma va 
malakalar shakllangan bo‘lib, ko‘pchiligida axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi 
ham shakllanib ulgurgan. Bu yoshlar siyosiy jarayonlarga nisbatan mustaqil 
munosabat bildira oladilar hamda o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga harakat 
qiladilar. Uchinchi qatlamga esamehnat qilayotgan ishchi-xodim yoshlarni kiritdik. 
Bu yoshlar 25-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanib, jamiyatdagi pozitsiyasi bilan 
ajralib turadigan qatlam hisoblanadi. 
Yoshlarning siyosiy faolligi jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi asos hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 64 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiluvchi 


76
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
yoshlar mehnatga jalb etilgan mehnat resurslarining yarmidan ko‘pini tashkil 
etadi. Ular jamiyatning har bir jabhasida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. 
Jumladan, 2019 yil 22 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 55,2 foizi, ya’ni 
11 million 371 ming nafardan ziyodini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, shu jumladan, 
2 million nafarga yaqinini saylovda birinchi marta ishtirok etuvchilar tashkil etgan.
Saylov natijalariga ko‘ra Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 
deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etib, ularning 
7 nafari erkak va 2 nafari ayollardir. Eng yosh deputat 26 yosh bo‘lib, u Xalq 
demokratik partiyasidan saylangan. SHu bilan birga 2 nafar 33 yoshli va 1 nafar 32 
yoshli nomzodlar ham deputatlikka saylangan. Oliy Majlis Senatiga bo‘lib o‘tgan 
saylov natijalariga ko‘ra esa 1 nafar yosh senatorlikka tayinlangan.
Bu ko‘rsatkichlar yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasini qaysidir darajada 
shakllanganligini bildiradi. Bu qiyofaning shakllanishida esa axborot olamining o‘rni 
alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yoshlarda axborotlar xavsizligini 
ta’minlash borasida mamlakatimizda bir qancha huquqiy-me’yoriy asoslar qabul 
qilindi. Jumladan, Prezidentimizning 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
Farmonida belgilangan beshinchi ustuvor yo‘nalishda “axborot xavfsizligini 
ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi 
tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish” [6] borasidagi vazifalar 
belgilab berildi. Shu bilan birga 2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni 
ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunidavoyaga etmagan bolalarni ularning sog‘lig‘iga 
zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish maqsadida axborot mahsulotining 
yoshga oid tasnifiishlab chiqildi va televideniyadagi barcha axborotlar shu asosda 
namoyish etilmoqda.
Yoshlar o‘zining sotsial-siyosiy qiyofasini ijtimoiy muhit ta’sirida namoyon etadi. Ana 
shu ijtimoiy muhitga globallashuvning ta’siri keng imkoniyatlar berish bilan birga bir 
qancha muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Keng imkoniyatlardan foydalanayotgan 
yoshlarning hayot tajribasi, bilimi boyib boradi. Aqlan va ahloqan boyib borgan sari 
yoshlarning madaniyati ham kamol topadi, ularning qiyofasida oliyjanob fazilatlar o‘z 
aksini topadi. Bularning hammasi har bir yoshni o‘z oldiga biror maqsad qo‘yib, unga 
erishish uchun harakat qilishga undaydi. Aksincha, berilayotgan imkoniyatlardan 
foydalanmasdan, boqimandalik, befarqlik ko‘rinishiga ega bo‘lgan yoshlar ana shunday 
muammolar girdobiga tushib qolmoqda. Ular foydalanayotgan axborotlarini filtdan 
o‘tkazmaydilar. Media savodxonlik va media madaniyatga ega emasligi ularni axborotlar 
xavfidan qutqara olmaydi. Shuning uchun ha bu toifadagi ayrim yoshlar sotsial-siyosiy 
qiyofasida globallashuvning salbiy jihatlari namoyon bo‘ladi.
Globallashuvning yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasidagi o‘zgarishlarga ta’sirining 


77
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
salbiy jihatlarini bartarab etish uchun birinchidan, ularda bosqichma-bosqich 
axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish darkor. Ikkinchidan, 
yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oila va jamoatchilik hamkorligini 
keng jalb qilish kerak. Uchinchidan, yoshlarni nafaqat davlat boshqaruviga, balki 
keng mehnat jarayonlariga jalb qilishda yoshlar tashkilotlari, siyosiy partiyalar hamda 
harakatlar hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur. To‘rtinchidan, boqimandalik, 
befarqlik ko‘rinishiga ega bo‘lgan ayrim yoshlarda ona vatanga daxldorlik tuyg‘ularini 
uyg‘otish masalalari ishlab chiqilishi lozim.
Zotan, millat, davlat taraqqiyotida yoshlar miqdori bilan emas, balki fuqarolik 
pozitsiyasi bilan xizmat qilsin. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish