BIOLOGIYA – 21
1. Hayvonlar qon aylanish sistemasining qaysi qismlarida venoz
(a) va arterial (b) qon bo’ladi?
1) kasatkaning o’pka arteriyasida; 2) lansetnikning qorin
aortasida; 3) kashalotning o’pka venasida; 4) langustning
yuragida; 5) beluganing qorin aortasida; 6) suqsun yuragining
o’ng qorinchasida
A) a- 1, 2; b- 3, 5 B) a- 4, 6; b- 2, 3
C) a- 4, 5; b- 3, 6 D) a- 5, 6; b- 3, 4
2. Quyida keltirilgan jadvaldagi bo’sh o’rinlarga mos
tushunchalar keltirilgan javobni aniqlang.
Bez
|
Gormon
|
Gormon konsentratsiyasi
|
Kasallik
|
Qalqonsimon bez
|
a
|
Kamayganida
|
b
|
Urug’donlar
|
Testosteron
|
c
|
Tez
qarish
|
A) a- timozin; b- Bazedov; c- kamayganida
B) a- tiroksin; b- kretinizm; c- kamayganida
C) a- tiroksin; b- miksidema; c- ko’payganida
D) a- timozin; b- tireotoksikoz; c- ko’payganida
3. Quyida berilgan organizmlarning bo’yin umurtqalar soni
qanday o’zgaradi?
gavial gibbon salamandra gekkon triton
a) ortadi; b) kamayadi; c) o’zgarmaydi
A) 1-a; 2-b; 3-a; 4-c B) 1-a; 2-a; 3-c; 4-c
C) 1-b; 2-b; 3-a; 4-c D) 1-b; 2-b; 3-a; 4-b
4. Quyidagi qaysi kasalliklarning oldini olish uchun emlash
o’tkazilsa bo’ladi?
1) qizamiq; 2) OITS; 3) tepki; 4) nefrit; 5) pankreatit;
6) poliomiyelit
A) 2, 4, 5 В) 1, 4, 6 С) 2, 3, 5 D) 1, 3, 6
5. Qaysi javobda gemolitik kasallik bilan tug’ilgan III-qon
guruhli bola eritrotsitlari tarkibida uchraydigan moddalar
to’g’ri ko’rsatilgan?
A) gemoglobin, agglutinogen B, agglutinin α
B) geparin, rezus omil, gemoglobin
C) rezus omil, gemoglobin, agglutinogen B
D) agglutinogen A, agglutinin β, rezus omil
6. Urg’ochilik va erkaklik jinsiy hujayralari bitta organizmda
rivojlanadigan o’simlik va hayvonlar keltirilgan javobni
aniqlang.
A) funariya, itqovun, jigar qurti, bolalar gijjasi
B) qarag’ay, terak, oq planariya, qoraqurt
C) makkajo’xori, olma, exinokokk, bitiniya
D) bug’doy, tol, rishta, cho’chqa tasmasimon chuvalchangi
7. Gullari chetdan changlanuvchi, barglari novdada navbat bilan
joylashgan o’simliklar keltirilgan javobni aniqlang.
A) oqquray, terak, sebarga B) nastarin, nok, beda,
C) atirgul, shaftoli, ligustrum
D) olma, g’o’za, sambitgul,
8. Yomg‘ir chuvalchangi va nereida uchun umumiy hisoblangan
jihatlarni ajrating.
1) tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan; 2) nam tuproqda uchraydi;
3) har bir bo‘g‘imida muskulli o‘simtari mavjud; 4) nerv
sistemasi halqumusti, halqumosti nerv tuguni va qorin nerv
zanjiridan iborat; 5) kiprikli lichinkalari mavjud; 6) yopiq
qon aylanish doirasiga ega
A) 3, 6 B) 1, 2 C) 4, 6 D) 3, 5
9. Quyidagicha tuzilishga ega to’pgullar qaysi o’simliklarga xos?
1) gulpoyaning uchi etdor likopchasimon kengaygan;
2) asosiy gulpoyaning uchiga oddiy soyabonchalar birikadi;
3) asosiy gulpoyadagi oddiy boshoqchalar yig’indisidan
iborat
A) 1 -kungaboqar; 2 -shivit; 3 -bug’doy
B) 1 -andiz; 2 -piyoz; 3 -arpa
C) 1 -kakra; 2 -shashir; 3 -nastarin
D) 1 -topinambur; 2 -bodiyon; 3 -zubturum
10. Ayrim jinsli gulga ega bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.
A) Turkiston ismalog’i, funariya, tol
B) makkajo’xori, bug’doy, terak
C) itqovun, gazanda, yong’oq
D) oqqayin, archa, tut
11. Tashqi urug’lanishsiz ko’payadigan baliqlarni belgilang.
1) tilyapiya 2) dengiz tulkisi 3) dengiz otchasi 4) tikanli
akula 5) manta 6) tikandum
A) 1,3,4 B) 2,5,6 C) 1,5,6 D) 2,3,4
12. Qaysi javobda g’ovak (a) va tig’iz (b) tolali biriktiruvchi
to’qima to’g’ri keltirilgan?
A) a- chin teri; b- teri osti yog’ kletchatkasi
B) a- tog’ay; b- qon tomir devori
C) a- teri osti yog’ kletchatkasi; b- suyak
D) a- yurak xaltasi; b- pay
13. Nastarin qaysi o’simlikka bargining joylashuvi va gulining
simmetriyasi bilan o’xshaydi?
A) oqquray B) sebarga C) rayhon D) na’matak
14. Umurtqali (a) va umurtqasiz (b) hayvonlarda parazitlik
qiladigan bir hujayrali hayvonlarni aniqlang.
1) nozema; 2) ichburug’ amyobasi; 3) bezgak paraziti;
4) tripanosoma; 5) jigar qurti lichinkasi; 6) baqachanoq
lichinkasi; 7) leyshmaniya
A) a- 3, 4; b- 5 B) a- 6, 7; b- 1
C) a- 4, 7; b- 1 D) a- 2, 7; b- 6
15. Qon tarkibida agglutinogen B, rezus omil va agglutinin α
mavjud bo’lmagan insonga xos xususiyatlarni belgilang.
1) II qon guruhi; 2) III qon guruhi; 3) rezus musbat; 4) rezus
manfiy; 5) III va IV qon guruhli kishilarga donorlik qiladi;
6) I va II qon guruhli kishilar uchun retsipiyent hisoblanadi
A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 6
16. Quyidagi olimlarni amalga oshirgan ishlari bilan juftlab
ko’rsating.
1) surunkali buyrak kasalliklarida bemorga sog’lom buyrakni
ko’chirib o’tkazish; 2) organizmning kasallikka chidamliligi
hususiyatlarini ochib bergan; 3) shartli reflekslarning
tormozlanishi to’g’risidagi ta’limotni yaratgan;
4) O’zbekistonda birinchi bo’lib elekrton mikroskopiya
laboratoriyasini tashkil etgan
a) Y.To’raqulov; b) O’.Aripov; c) I.Pavlov; d) K.Zuparov;
e) I.Mechnikov
A) 2- e; 3- c; 4- a B) 1- b; 2- e; 4- d
C) 1- a; 3- c; 4- d D) 1- b; 2- d; 3- c
17. Sinf sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang.
A) sporalilar, xordalilar, o‘rgimchaksimonlar
B) korall poliplar, bo‘shliqichlilar, ko‘p tuklilar
C) bir urug’pallalilar, yassi chuvalchanglar, qorinoyoqlilar
D) xivchinlilar, lolasimonlar, zuluklar
18. Go’sht yo’nalishida boqiladigan hayvon zotlari to’g’ri
ko’rsatilgan javobni ko’rsating.
A) Shortgorn, sayg’oq, jayron
B) Ukraina, Qozog’izton oqboshi, Plimutrok
C) Kornuel, Hisor, Bushuyev
D) Gereford, Moskva, Merinos
19. O’simliklarni ularga mos gul tuzilishi bilan to’g’ri juftlangan
javobni aniqlang.
а) gulkosachabarglari va gultojbarglari qo’shilgan;
b) gulkosachabarglari qo’shilgan, gultojbarglari erkin;
с) gulkosachabarglari va gultojbarglari erkin;
d) gultojbarglari qo’shilgan, gulkosachabarglari erkin
А) а- qora ituzum; b- go’za; c- jag’-jag’; d- dorivor gulhayri
B) а- bodring; b- kartoshkagul; c- sholg’om; d- liftok
C) а- baqlajon; b- yerbag’ir tugmachagul; c- tobulg’i; d- tok
D) а- bangidevona; b- kanop; c- sachratqi; d- doroyi
20. Jirafa bilan bir sinfga (a) va bir turkumga (b) kiruvchi
organizmlarni aniqlang.
A) a- taqaburun, kaputsin, morj; b- sayg’oq, laqay, jayron
B) a- koala, suqsun, sichqon; b- arxar, zebra, bushuyev
C) a- jayra, tulki, latcha; b- begemot, qulon, bug’u
D) a- kasatka, begemot, o’rdakburun; b- to’ng’iz, los, muflon
21. Odam skeletidagi qaysi suyaklar soni o’zaro 1:3 nisbatda
bo’ladi?
A) soxta qovurg’alar va kifoz umurtqalar
B) chin qovurg’alar va uzun g’ovak suyaklar
C) qo’l kamari suyaklari va uzun naysimon suyaklar
D) bo’yin umurtqalari va bosh suyaklari
22. Dumli (a) va dumsiz (b) umurtqali organizmlarni juftlab
ko’rsating.
1) baqa; 2) tulki; 3) gorilla; 4) askarida; 5) martishka;
6) chayon; 7) tovushqon
A) a- 5, 7; b- 2, 3 B) a- 2, 7; b- 3, 5
C) a- 4, 5; b- 1, 6 D) a- 2, 5; b- 1, 3
23. Qon ivishini ta’minlovchi omillarni aniqlang.
A) fibrin, tromboplastin, kaliy tuzlari
B) trombin, geparin, fibrin
C) fibrinogen, protrombin, kalsiy tuzlari
D) girudin, protrombin, fibrinogen
24. Apreldan sentyabrgacha gullaydigan o’simlikka xos xususiyat?
A) poyasi o’ralib yoki yonboshlab o’sadi
B) gulkasachabarglari ikki qavat ,ayrim jinsli, to’g’ri gulli
C) ko’p yillik daryo va ariqlar bo’yida, ekinlar orasida o’sadi
D) gullari barg qo’ltigida joylashgan
25. Gullari qiyshiq, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva
hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang.
A) g’o’za, qoqio’t, gledichiya
B) oddiy jag‘-jag‘, o’sma, rediska
C) soya, tangao’t, yeryong’oq
D) rayhon, yalpiz, turp
26. “Maymun odam” deb nomlangan odamning bo’yi necha sm
keladi?
A) 135-150 B) 150-160 C) 156-165 D) 170
27. Gulpoyaga ega (a) va ega bo’lmagan (b) o’simliklar berilgan
javobni aniqlang.
A) a- tok, bug’doy; b- olma, karam
B) a- zubturum, tol; b- g’o’za, binafsha
C) a- qurttana, shashir; b- yerbag’ir tugmachagul, olcha
D) a- sabzi, javdar; b- lola, nastarin
28. Odamdagi kasalliklarni ularga xos xususiyatlar bilan to’g’ri
juftlanmagan javoblarni aniqlang.
a) singa - kamqonlik va bo’g’im og’rig’i kuzatiladi; b) sistid -
buyrak yallig’lanishi; c) spondiloz - umurtqa pog’onasining
qiyshayishi; d) tetaniya - paratgormonning ko’p ishlab
chiqarilishi natijasida kelib chiqadi; e) pankreatit - alkogolizm
natijasida kelib chiqadi; f) difteriya - oshqozon-ichakning
yuqumli kasalligi
A) a, c, e B) c, d, e C) b, d, f D) a, b, f
29. Urug’lanishda urug’ va spermiylar nisbati 1:1 bo’lmagan
o’simliklar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) eman, archa, turkiston ismalog’i
B) sekvoyadendron, qarag’ay, saur archa
C) oqqayin, partenotsissus, gledichiya
D) eman, olma, sharq sauri
30. Yadrosiz qizil qon hujayralarini gipertonik (a), izotonik (b) va
gipotonik (c) eritmaga solinganida, hujayrada sodir bo’ladigan
o’zgarish to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.
A) a- yoriladi; b- bujmayib qoladi; c- o’zgarmaydi
B) a- bujmayib qoladi; b- o’zgarmaydi; c- yoriladi
C) a- o’zgarmaydi; b- o’zgarmaydi; c- yoriladi
D) a- yoriladi; b- o’zgarmaydi; c- bujmayib qoladi
Do'stlaringiz bilan baham: |