D
|
G
|
L
|
Zig’ir
|
Andiz
|
Sarsazan
|
JAVOBLAR
|
D
|
G
|
L
|
A
|
Kanop
|
Qamish
|
Shuvoq
|
B
|
Yeryong’oq
|
Izen
|
Uchqat
|
C
|
Baliqko’z
|
Zirk
|
Sarv
|
D
|
Qalampir
|
Limon
|
Teresken
|
28. Oshqozoni to'rt (a), bir (b), ikki (c) bo'lmali umurtqali hayvonlarni aniqlang.
1) langust; 2) karkidon; 3) maral:4) moyqut: 5) kuropatka: 6) qisqichbaqa;7) arxar; 8) tapir; 9) jirafa;
10) qulon
A) a-5, 7, 9,10; b-2, 3, 8; c-1, 4
B) a-3, 9; b-2, 8, 10; c-4, 5
C) a-3, 7, 9; b-8, 10; c-1, 4, 5, 6
D) a-3, 7, 9; b-2, 8; c-4, 6
29. Kalla skeletida 2 tadan joylashgan suyaklarni belgilang.
A) tepa-yuqori jag’ B) chakka-pastki jag’
C) tepa va chakka D) ensa va tepa
30. Tasqara tanasining qaysi qismlarida O2 gazining konsentratsiyasi past bo’ladi
1) o’ng bo’lmachadigi qon tarkibida 2) o’ng bo’lmachaga keluvchi vena qon tomirida
3) chap bo’lmachaga keluvchi vena qon tomirida 4) miyyadan qon olib ketuvchi qon tomirida
5) kichik qon aylanish doirasining arteriya qon tomirida 6) chap qorinchadagi qon tarkibida 7) tana muskullariga qon olib boruvchi arteriya qon tomirlarida
A) 1,4,5 B) 3,6,7 C) 2,4,7 D) 3,5,6
BIOLOGIYA – 17
1. DNK molekulasi qaysi xususiyatlari bilan RNKdan
farqlanmaydi?
1) reduplikatsiyalanadi; 2) nukleoproteinlar hisoblanadi;
3) matritsali sintez reaksiyalarida ishtirok etadi; 4) irsiy
axborot saqlaydi; 5) mitoxondriya tarkibiga kiradi;
6) plazmidalar tarkibida uchraydi
A) 1, 2 В) 3, 4 C) 5, 6 D) 1, 3
2. No’xat mikrosporasi mitoz bo’linishining anafaza davrida
mutatsiya natijasida ikkita nogomologik xromosomalarning
mustaqil xromatidalari har xil qutbga tarqalmay, bir qutbga
o’tsa va shu qutbdan vegetativ hujayra shakllansa, hosil
bo’lgan spermiylarning har birida (I) va spermiy bilan normal
no’xat tuxum hujayrasi qo’shilishidan hosil bo’lgan
murtakdagi (II) xromosomalar soni nechtadan bo’ladi?
A) I- 10; II- 12 B) I- 7; II- 14
C) I- 6; II- 13 D) I- 5; II- 12
3. Doni sariq va tekis, qizil gulli, genotipi trigeterozigota no’xat
o’simligini tahliliy chatishtirish natijasida hosil bo’lgan
avlodning necha foizida doni sariq va tekis bo’ladi?
A) 25 B) 12,5 C) 37,5 D) 50
4. Elektron mikroskop yordamidagina ko’rinadigan tuzilmalarni
aniqlang.
1) baqa tuxum hujayrasi; 2) o’simlik hujayrasi yadrosi;
3) virus; 4) ribosoma; 5) amyoba hujayrasi; 6) sitoskelet;
7) qon eritrotsitlari.
A) 2, 5, 6 B) 2, 4, 7 C) 1, 3, 6 D) 3, 4, 6
5. Oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari yelpig’ichga
o’xshab taxlanib turadigan hasharotlar ko’rsatilmagan javobni
toping.
1) to’shak qandalasi; 2) temirchak; 3) pashsha; 4) chirildoq;
5) chigirtka; 6) chivin
A) 1, 4, 6 В) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 5
6. O’zbekistonda iqlimlashtirilgan baliq turkumi va uning
vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.
A) losossimonlar turkumi — oq amur, ilonbosh
B) karpsimonlar turkumi — zog’ora, laqqa
C) Bakra baliqlar turkumi — qilquyruq, gulmoy
D) karpsimonlar turkumi — xumbosh, oq amur
7. Qo’y zotlari orasida uzun quloqqa ega bo’lgan organizmlar
bilan birgalikda ayrim hollarda, umuman quloq suprasiga ega
bo’lmagan individlar ham uchraydi. Quloq suprasi uzun
qo’ylar o’zaro chatishtirilganda hamda quloq suprasiga ega
bo’lmagan organizmlar o’zaro chatishtirilganda xuddi ota-ona
organizmlarga o’xshagan qo’zichoqlar paydo bo’ladi. Qulog’i
uzun qo’ylar quloq suprasiga ega bo’lmagan organizmlar bilan
chatishtirilganda quloq suprasi kalta qo’zichoqlar tug’ilgan.
Kalta quloqli qo’ylar o’zaro (a) va quloq suprasiga ega
bo’lmagan organizmlar bilan (b) chatishtirilishidan qanday
qo’zichoqlar tug’ilishi ehtimolligini aniqlang.
A) a - 25% quloq suprasi uzun, 50% quloq suprasi kalta, 25%
quloq suprasiga ega bo’lmagan; b - 50% kalta quloq
suprasiga ega, 50% uzun quloq suprasiga ega
B) a - 25% uzun quloqli, 50% quloq suprasiga ega, 25% quloq
suprasi yo’q; b - 50% quloq suprasi kalta; 50% quloq
suprasiga ega bo’lmagan
C) a - 50% qulog’i kalta, 50% quloq suprasiga ega
bo’lmagan; b - 50% kalta quloqli, 50% uzun quloqli
D) a - 50% Kalta quloq suprasiga ega, 50% uzun quloq
suprasiga ega; b - 50% kalta quloq suprasiga ega, 50%
quloq suprasiga ega bo’lmagan
8. Faqat issiq qonli hayvonlarga mos keluvchi ma‘lumotlar qaysi
javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) yuragida ikkita bo’lma va ikkita qorincha bo‘lishi;
2) eshitish organining ichki, o‘rta, tashqi bo‘limlardan
iboratligi; 3) nafas olishida diafragmaning ishtirok etishi;
4) siydik yo‘linining qovuqqa tutashganligi; 5) oziqning hazm
bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichak, anal teshigi
ketama-ketligida tashqariga chiqib ketishi; 6) o‘pka orqali
nafas olishi; 7) miyachasining kuchli rivojlanganligi;
8) ko‘krak qafasining rivojlanganligi
A) 3, 5 B) 2, 4 C) 6, 8 D) 1, 7
9. Gulkosachabarglari soni, gultojibarglari soniga teng
o‘simliklarni aniqlang.
A) handalak, kamxastak, tirnoqgul, o‘sma
B) ismaloq, pomidor, qozonyuvgich, kamxastak
C) olxo‘ri, kartoshka, bodring, oloy xiyoli
D) malina, dorivor gulxayri, qirmizi, tamaki
10. Tovuq va xo‘rozlar patining chipor rangda bo‘lishi (B) qora
bo‘lishi (b) ustidan, toj shaklining gulsimon bo‘lishi (A) oddiy
(a) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Pat rangini
yuzaga chiqaruvchi genlar jinsiy X, toj shaklini belgilovchi
genlar autosoma xromosomada joylashgan. Digeterozigotali
xo‘roz va gulsimon tojli, qora patli aXb gametalari yashovchan
bo‘lmagan tovuqlar (faqat urg‘ochilarida aXb gametalari
yashovchan emas) chatishtirilishidan jo‘ja olinganligini
hisobga olib quyidagilarni aniqlang.
a) chatishtirishdan olingan jo‘jalarning fenotipik nisbatini;
b) chatishtirishdan olingan oddiy tojli qora rangli jo‘jalarning
genotiplarini
A) a - 5 (gulsimon tojli chipor) : 5 (gulsimon tojli qora) : 1
(oddiy tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora); b - aaXbY
B) a - 5 (gulsimon tojli chipor) : 2 (oddiy tojli qora) : 5
(gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor); b - aaXbY ;
C) a - 7 (gulsimon tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora) : 5
(gulsimon tojli qora) : 1 (oddiy tojli chipor); b - aaXbXb;
aaXbY ;
D) a - 7 (gulsimon tojli chipor) : 1 (oddiy tojli qora) : 5
(gulsimon tojli qora) : 3 (oddiy tojli chipor); b - aaXbXb;
aaXbY ;
11. To‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang.
A) leyshmaniya xivchinlilar sinfi vakili bo‘lib, erkin yashaydi
B) tufelka xivchinlilar sinfi vakili hisoblanadi
C) nozema - geterotrof organizm
D) aktiniya - ayrim jinsli organizm
12. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang.
Qizilcha qo‘zg‘atuvchisida . . . bo‘ladi.
A) fosfat kislota qoldig‘i, mitoxondriya
B) guanin, silliq endoplazmatik to‘r
C) adenin, ribosoma D) sitozin, oqsil
13. Jigar hujayrasi tuzilmalari va ularda sodir bo‘ladigan
jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang.
1) ribosomaning shakllanishi; 2) translyatsiya; 3) r-RNK
sintezi; 4) ATF sintezi; 5) glikogen sintezi.
a) sitoplazma; b) yadrocha; c) silliq endoplazmatik to‘r;
d) ribosoma; e) mitoxondriya.
A) 1 - b, 2 - d, 3 - b, 4 - a, 5 - c
B) 1 - e, 2 - d, 3 - a, 4 - c, 5 - b
C) 1 - d, 2 - a, 3 - c, 4 - a, 5 - e
D) 1 - e, 2 - d, 3 - b, 4 - c, 5 - d
14. Otasi gemofiliya bo‘yicha sog‘, onasi esa gemofiliya bilan
kasal ayol somatik hujayrasining mitoz sikli G2 davrida h (I),
H (II) allellari sonini aniqlang.
A) I- 2; II- 4 B) I- 2; II- 2 C) I- 1; II- 0 D) I- 2; II- 1
15. Postembrional davri to‘g‘ri rivojlanish yo‘li bilan amalga
oshuvchi umurtqasiz organizmlarni aniqlang.
1) belyanka; 2) butli o‘rgimchak; 3) qoramol tasmasimon
chuvalchangi; 4) suvarak; 5) dreysena; 6) sariq chayon;
7) assidiya; 8) qoraqurt
A) 6, 8 B) 4, 5 C) 3, 7 D) 1, 2
16. Parasimpatik nerv sistemasi (a) va simpatik nerv sistemasi (b)
funksiyasini aniqlang.
A) a - bronxlarni toraytiradi, arterial bosimni oshiradi;
b - o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi, siydik pufagi
muskullarini bo‘shashtiradi
B) a - yurak ishini tezlashtiradi, siydik ajralishni ko‘paytiradi;
b - me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, nafas
yo‘llari (bronxlar)ni kengaytiradi
C) a - o‘pkalar ventilatsiyasini kuchaytiradi, siydik qopi
muskullarini qisqartiradi; b - qon bosimini pasaytiradi,
arteriya qon tomirlarni toraytiradi
D) a - siydik ajralishini ko‘paytiradi, nafas yo‘llari
(bronxlar)ni toraytiradi; b - arteriya qon tomirlarni
toraytiradi, me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi
17. Nazariy jihatdan o‘simliklardagi energetik almashinuvda 12
molekula glukoza to‘liq va to‘liqsiz parchalanganda 168
molekula ATF hosil bo‘ldi. To‘liqsiz parchalangan glukozani
xloroplastda sintezlash uchun qancha energiya kerak bo‘ladi?
A) 5760 B) 2880 C) 22400 D) 2800
18. Qo’ylarda junining kulrang bo’lishi (A) qora rang ustidan,
shoxliligi (B) shoxsizligi ustidan dominantlik qiladi. Bu genlar
turli autosomada joylashgan. Junining kulrang bo’lishini
ta’minlovchi gen gomozigota holatda embrionning o’limiga
sabab bo’ladi. Digetrozigota qo’yni kulrang shoxsiz qo’chqor
bilan chatishtirilishi natijasida tug’iladigan avlodlarning
fenotipini aniqlang.
A) 1 ta kulrang shoxli; 1 ta kulrang shoxsiz; 2 ta qora shoxli;
2ta qora shoxsiz
B) 3 ta kulrang shoxli; 3 ta kulrang shoxsiz; 1 ta qora shoxli;
1ta qora shoxsiz
C) 2 ta kulrang shoxli; 2 ta kulrang shoxsiz; 1 ta qora shoxli;
1ta qora shoxsiz
D) 3 ta kulrang shoxli; 3 ta kulrang shoxsiz; 2 ta qora shoxli;
19. Burchoqdoshlar oilasiga mansub nechta turkumga oid
o’simliklar keltirilgan?
1) qashqarbeda; 2) qora jusan; 3) oksitrops; 4) astragal;
5) shirinmiya; 6) yerbag’ir tugmachagul
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta
20. Qaysi digeterozigota formalar chatishtirilganda ikki xil
fenotipik guruhlar hosil bo’ladi.
A) pushti donli bug’doylar; oq patli tovuq va xo’rozlar
B) sariq junli sichqonlar
C) qizil gulli hushbo’y hidli no’xatlar
D) oq junli itlar; oq piyozboshli o’simliklar
21. Qaysi hayvonlar lichinkasi erkin, voyaga yetganida esa
o’troq hayot kechiradi?
A) gidra, qizil korall B) jigar qurti, gidra
C) assidiya, aureliya D) aktiniya, assidiya
22. Bug‘doyning diploid naviga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) changida har biri 7 ta xromosomali 2 xil yadro bo‘ladi;
2) shoxlanmagan gulpoya hosil qiladi; 3) tarkibida albumin
oqsili mavjud; 4) murtak xaltasida 8 ta bir xil yadroli
hujayralar bo’ladi; 5) changida har biri 7 ta xromosomali 1 xil
yadro bo‘ladi; 6) tarkibida globulin oqsili mavjud;
7) arxeosporani hosil qiluvchi hujayrasida 14 ta xromosoma
bo‘ladi; 8) Nilson Ele shu o’simlikda poliploidiya hodisasini
o’rgangan; 9) shoxlangan gulpoya hosil qiladi;
10) arxeosporani hosil qiluvchi hujayrasida 7 ta xromosoma
bo‘ladi
A) 1, 3, 8, 9 B) 2, 4, 6, 10 C) 3, 5, 7, 9 D) 3, 4, 7, 8
23. Odamlarda qon guruhlarining eritrotsitlar tarkibidagi A, В
agglutinogenlar va rezus omilga ko’ra farqlanishini hisobga
olinsa, necha xil qon guruhi farqlanadi?
A) 4 B) 6 C) 8 D) 2
24. Ayrim jinsli gulga ega bo’lgan o’simliklar qatorini belgilang.
A) Turkiston ismalog’i, funariya, tol
B) makkajo’xori, bug’doy, terak
C) itqovun, gazanda, yong’oq
D) oqqayin, archa, tut
25. Baqa embrional rivojlanish bosqichlari to’g’ri ketma-
ketlikda berilgan javobni aniqlang.
1) blastula; 2) nerv nayi; 3) mezoderma; 4) zigota;
5) spermatozoid; 6) blastomer; 7) uch kamerali yurak
A) 4, 1, 3, 2, 7 B) 5, 4, 6, 1, 3
C) 5, 4, 1, 3, 7 D) 4, 6, 1, 3, 2
26. Agar Aabb x AaBb genotipli organizmlar chatishtirilsa va AB genlariga ega gameta o’lik bo’lsa, tug’iladigan avlodlarning
necha foizini genotipi ota-onasinikiga o’xshash bo’ladi?
A) 25 B) 37,5 C) 33,3 D) 50
27. Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi?
1) ikki urug’pallalilar; 2) ayiqsimonlar; 3) akulalar;
4) qarchig’aysimonlar; 5) dumlilar; 6) zuluklar;
7) lolasimonlar
a) sinf; b) oila; c) turkum
A) a- 1, 3, 6; b- 2, 5; c- 4, 5
B) a- 1, 4, 6; b- 2, 7; c- 3, 5
C) a- 4, 7; b- 2, 3, 5; c- 1, 6
D) a- 1, 6, 7; b- 2, 4; c- 3, 5
28. Tish emali gipoplaziyasi jinsiy X-xromosomaga birikkan,
polidaktiliya autosomaga birikkan dominant belgilar sifatida
irsiylanadi. Onasi olti barmoqli, otasi tish emali gipoplaziyasi
bilan kasallangan oilada sog’lom normal barmoqli o’g’il
tug’ildi. Ota-ona genotipini aniqlang.
A) ♀ Aa XAXA x ♂ AA XAY B) ♀ Aa XaXa x ♂ aa XAY
C) ♀ aa XaXa x ♂ Aa XAY D) ♀ Aa XAXa x ♂ aa XaY
29. Qisqichbaqasimonlarga mantiqiy bog’liq bo’lgan
tushunchalarni aniqlang.
1) mantiya; 2) traxeya; 3) tullash; 4) bir juft murakkab ko’zlar;
5) malpigi naychalari; 6) ikkita yashil bez; 7) xitin
A) 3, 4, 6 B) 1, 2, 4 C) 1, 5, 7 D) 2, 6, 7
30. Oziqlanish usuliga ko’ra avtotrof organizmlar keltirilgan
qatorni aniqlang.
A) elodeya, parmeliya, tugunak bakteriya
B) tradeskansiya, batat, shumg’iya
C) lola, rafleziya, qarag’ay
D) zarpechak, qamish, suv qaroqchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |