Mavzu: Dunyo kimyo sanoati.
Ximiya sanoati elektr energiyasini va mashinasozlik bilan birga FTI taraqqiyotini belgilaydi.Uning mahsulotlarini –mashinasozlik (plastmassa, oyna), to’qimachilik (sun’iy tola, bo’yoqlar), qishloq xo’jaligi (o’g’itlar, zaharli ximikatlar), transport (motor yoqilg’isi, surtish moylari, sintetik yoqilg’i), oziq-ovqat sanoati (soda pishevoy, kremlar, droj), qurilish (lak, bo’yoq, skipidar va h.k.) oladi.
Ximiya sanoatining o’ziga xos xususiyatlari:
1.Bu tarmoq ko’p sifatlariga ko’ra tabiiy mahsulotlardan qolishmaydigan va ustun turuvchi yangi materiallar yaratadi.Bunday materiallarning qo’llanilishi kishilar mehnati va qishloq xo’jaligi xom-ashyosini tejaydi. SHuningdek, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarflanadi. Masalan: sun’iy ip tabiiy ipdan bir muncha pishiq va chidamli.
2.Ximiya sanoati ishlab chiqarishni kombinatlashtirishda katta ahamiyatga ega. Masalan: ko’mir, neft, gaz, slanes va torfdan bir vaqtning o’zida ham energiya, ham qimmatli ximiya mahsulotlari (benzin, kerosin, surtov moylari, parafin, tola va h.k.) olish uchun foydalanish energetika-kimyo kombinatlarini qurilishiga olib keldi.
3.Ximiya sanoati juda keng xom-ashyo bazasiga ega.Bu sanoat turli sanoatlarning chiqindilarini qayta ishlab, yangi materiallar yaratadi.Lekin maxsus tayyorlanadigan xom-ashyo asosiy xom-ashyo bo’lib qolmoqda (neftni qayta ishlash, ko’mirni kokslash chiqindilari).
4.Turli xom-ashyodan foydalanish imkoniyatini juda katta ekanligi, ximiya sanoati korxonalarini hamma joyda qurish imkonini beradi.Biroq bu sanoat energiya va suvni ko’p talab qilishi, ayniqsa, ekologiyaga salbiy ta’sir etishi sababli ularni hamma joyda ham qurish maqsadga muvofiq bo’lavermaydi.
Ximiya sanoatining tarmoqlari:
1.Tog’-ximiya sanoati-appatit, fosforit, osh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqalar qazib olishdan iborat.Appatit va fosforitdan fosforli o’g’itlar olinadi, kaliy tuzidan esa soda olishda foydalaniladi.
2.Asosiy ximiya sanoati-kislotalar ishlab chiqarish, tuzlar, kalsiyli va kaustik sodalar, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishdan iborat.
3.Organik sintez ximiyasi (uglevodorod xom-ashyosi, yarim fabrikantlar ishlab chiqarish). Hozirda tabiiy gaz kondensati organik sintezning asosidir. Masalan: 1t. gaz kondensatidan 50 kg. Sun’iy kauchuk, 150kg. plastmassa, 150 kg sun’iy tola, 100kg erituvchi modda, 400kg motor yoqilg’isi olish mumkin.
4.Polimerlar ximiyasi (plastmassalar, kauchuk va tolalar).
5.Polimerlarga ishlov berish (shinalar, polietilen plyonkalar tayyorlash va h.k.).
Bu tarmoqlarni joylashtirish shartlari bir xil emas.Tog’-ximiya korxonalari xom-ashyo manbalariga yaqinda, kislota zavodlari, odatda, kislota ishlatiladigan joylarda ya’ni, qishloq xo’jaligi rivojlangan joylarda (chunki 1t. xom-ashyodan appatit, fosforitdan 2t. o’g’it olinadi), azotli va kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish xom-ashyo manbalariga yaqin joylashishi kerak.
Polimerlar ximiyasi juda tez rivojlanmoqda.Bu tarmoqda mahsulot birligi uchun ko’p miqdorda issiqlik, elektr energiyasi, suv va maxsus tayyorlanadigan xom-ashyo sarflanadi.Shuning uchun bu tarmoq neft mahsulotlari ishlab chiqariladigan, ko’mir kokslanadigan, arzon energiya, suv mavjud joylarda bunyod etiladi.
Ximiya sanoati mashinasozlik sanoati bilan birgalikda hozirgi zamon industriyasining dinamik tarmog’idir.Dunyo ximiya sanoatida ham 4 region tarkib topdi:
1.AQSH.
2.Yevropa.
3.MDH.
4.Yaponiya.
Bularning har birida tog’-kimyo, mineral o’g’itlar, asosiy ximiya, organik sintez mahsulotlari va polimer mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlangan.Keyingi paytlarda neft va gaz resurslariga boy mamlakatlarda (Fors ko’rfazi,Shimoliy Afrika mamlakatlari,Meksika,Venesuela) neft ximiya sanoati tez rivojlanmoqda.
Organik ximiya sintezi va polimer materiallar ishlab chiqarishda yuqori, pog’onaga xos murakkab fantalab mahsulotlar ishlab chiqarishda esa-AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya ajralib turadi.
Mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar: AQSH, Rossiya, GFR, Yaponiya.
Jahonda yiliga 146 mln. t. dan ortiq mineral o’g’it ishlab chiqariladi (2006 yil hisobida)
Jahonda yiliga 130 mln. t. dan ortiq plastmassa, 36 mln.t.dan ortiq ximiyaviy tola ishlab chiqariladi (2006 y)
H2SO4 ishlab chiqarishda: MDH, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya.
Kimyoviy tola: AQSH, Yaponiya, MDH, Germaniya.
Fosforit, appatit qazib olish bo’yicha:
1.AQSH 5.Jazoir
2.Marokash 6.Senegal
3.Rossiya 7.Benin
4.Tunis 8.Iordaniya.
Oltingugurt ishlab chiqarish bo’yicha: AQSH, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Meksika, Germaniya, Polsha, Rossiya.
Plastmassa ishlab chiqarish (1993y. Mln.t.):
1.AQSH-20 6.Niderlandiya-3,9
2.Yaponiya-10,6 7.Italiya-3,7
3.Germaniya-10,4 8.Xitoy-3,4
4.Janubiy Koreya-6,1 9.Taybey-2,9
5.Fransiya-4,4 10.Rossiya-2,4
Ximiya sanoatining turli xil tarmoqlari to’plangan yirik mintaqalar:
1.AQSHning janubi Meksika qo’ltig’i bo’ylari.
2.Yevropada Quyi Reyn mintaqasi.
Bu mintaqa Germaniyada Kyolndan to Rotterdamgacha (Niderlandiya) bo’lgan masofani o’z ichiga oladi.
3.Ichki Yapon dengizi bo’ylari.
Ximiya sanoati ko’p miqdorda elektr energiyasi va chuchuk suv talab qiladi. Masalan, 1t. rezina yoki plastmassa uchun 1500m2 suv, 1t. po’lat uchun 120m2 suv kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |