Mavzu: Dunyo yengil sanoati.
Yengil sanoat tarkibiga to’qimachilik,tikuvchilik,mo’yna,ko’n-poyafzal,trikotaj tarmoqlari kiradi.Bu tarmoqlar mahsulotining katta qismi aholi iste’moliga mo’ljallanadi,bir qismi esa og’ir sanoatga kiradi (texnika gazlamasi,teri,charm).
Yengil sanoat qishloq xo’jaligi bilan uzviy bog’liq.Qishloq xo’jaligi yengil sanoatga o’simlik (paxta,zig’ir,lub,jut,kanop) va hayvon (teri,mo’yna,jun,ipak,shox) xom-ashyosi beradi.
Yengil sanoatning yetakchi tarmog’i-to’qimachilikdir. To’qimachilik sanoatining barcha xil mahsulotlari,ipdan gazlama,jundan gazlama,shoyi va zig’ir tola gazlama,sun’iy tola gazlama korxonalarida to’qiladi.Gazlama to’qib chiqarish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat.
Xom-ashyoga paxta tozalash,zig’ir tolaga ishlov berish,jun yuvish korxonalarida dastlabki ishlov beriladi.So’ngra toladan ip yigiriladi,ipdan xom gazlama to’qiladi.Xom gazlama bo’yaladi,unga gul bosiladi (pardozlanadi).
Bu hamma bosqichlarni alohida-alohida joylashgan dastlabki ishlov berish,yigirish,to’qish,pardozlash fabrikalarida amalga oshirish mumkin.Lekin transport harajati,yuk ortib tushurish sarflari tayyor mahsulot tannarxiga qo’shiladi. Shunday ekan,to’qimachilik ishlab chiqarishning bir korxonada-kombinatda to’planishi foydaliroq bo’ladi.
Xom-ashyoga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar xom-ashyo manbasiga yaqin joylashtirilgani ma’qul.Shu sababli paxta tozalash va pillachilik fabrikalari xom-ashyo yetishtiriladigan rayonlarda quriladi.
To’qimachilik sanoatida ko’proq xotin-qizlar mehnat qiladi.Shuning uchun ayollar mehnat resurslaridan to’laroq foydalanish kerak bo’lganligi uchun to’qimachilik sanoatini aholi ko’p to’plangan joylarda qurish maqsadga muvofiqdir va og’ir sanoat rivojlangan joylarda ham.
Shunday qilib,to’qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste’molchilar, mehnat resurslari va xom-ashyo manbalari hisobga olinadi.
Jahonda tabiiy va sun’iy toladan 120 mlrd. m3dan ortiq (2006y) gazlama ishlab chiqaradi.Agar mayda hunarmandchilik (mahalliy ip yigirish va mato to’qish)ni hisobga olsak to’qimachilik hamma joyda bor.
Jahonda yiliga 100 mlrd.m2 dan ortiq gazlama to’qiladi (2006 y). YA’ni dunyo bo’yicha aholi jon boshiga yiliga 15-16 m2 gazlama to’qiladi.
Jahon to’qimachilik sanoatida 5ta asosiy region tarkib topgan.Bular:
1.Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gonkong);
2.Janubiy Osiyo (Hindiston,Bangladesh, Pokiston);
3.MDH (Rossiya,O’zbekiston,Belorussiya);
4.Horijiy Yevropa (Italiya,Fransiya,Germaniya,Polsha);
5.AQSH.
Bularning har birida ip-gazlama va ximiyaviy tolalardan gazlama to’qish ustun turadi.Boshqa tarmoqlar (jun gazlama, jut,shoyi gazlama) kamroq ahamiyatga ega.Yuqoridagi regionlar orasidagi nisbat keyingi vaqtlarda sezilarli darajada o’zgarib bormoqda.Asrimizning 50-yillaridan boshlab jahonda ip-gazlama va kiyim-kechak ishlab chiqarishda G’arbning iqtisodiy rivojlangan davlatlarining roli har doim kamayib bormoqda,ko’plab eski to’qimachilik rayonlari inqirozga yuz tutmoqda.
Masalan: Ilgari to’qimchilikda jahonda 1-o’rinda turgan Buyuk Britaniya 1-o’nlik mamlakatlarining oxiriga tushib qoldi.U gazlama eksport qiluvchi eng katta mamlakatdan import qiluvchi mamlakatga aylandi.
To’qimachilik sohasida rivojlanayotgan mamlakatlarning hissasi yanada tezroq o’smoqda.Bu mamlakatlarda avvalo arzon ishchi kuchiga va xom-ashyoga asoslangan to’qimachilik sanoati rivojlanmoqda.Bu mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan gazlamalarning asosiy qismi G’arbiy mamlakatlariga eksport qilinmoqda.AQSH,Yaponiya va G’arb mamlakatlarida ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlardan keltirilgan arzon kiyim-kechak va trikotaj mollari sotiladi.Jahonda ip-gazlama ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar:
1.Xitoy (yiliga 14 mlrd m2).
2.MDH
3.AQSH
4.Hindiston
5.Yaponiya
Do'stlaringiz bilan baham: |