Eng yuqori ko‘tarilish davri (chuqqi davr)da va
iqtisodiy pasayishdan keyin Yaponiya bevosita chet el
investitsiyalarining taqsimlanish geografiyasi
Mintaqa (mamlakat)
Davr
cho‘qqisi
(1989-1991)
Iqtisodii pasayishdan keyin
(1994-1996)
Barcha mamlakatlar (mlrd AQSH dollari)
41,0
21,0
Rivojlangan mamlakatlar (%)
83.0
58,0
AQSH (%)
51,0
37,0
Yevropa Ittifoqi (%)
23,0
13,0
Rivojlanayotgan mamlakatlar (%)
17,0
42,0
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo
(%)
11,0 34,0
Xitoy (%)
1,1
12,0
Markaziy va Sharqiy Yevropa (%)
0,1
-
Manba:
World Investment Report 1997: Trends and Determinants, GN, New York and Geneva,
1997.
1990-yillar oxirigacha Osiyodagi yapon investitsiyasi 2,5 marta oshdi, chet ellarga
Yaponiya ko‘rsatadigan yordamning 70%i Osiyo va Hind submintaqasi uchun mo‘ljallangan.
Yapon tadbirkorlari ishlab chiqarishni rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarib, tashqi bozorda
o‘z tovarlarining raqobatbardoshligi pasayishiga qarshi turishga harakat qilishadi.
AQSH bevosita chet el investitsiyalari borasida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. 1995-
1997 yilda rivojlangan mamlakatlar ulushi 75,8% dan 65% gacha qisqardi, ayni paytda
rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi 26,9% dan 34,3% gacha o‘sdi. Bunda ham yangi an’analar
paydo bo‘lganligi diqqatni jalb qiladi. Xususan, bevosita chet el investitsiyalarining Osiyo
mamlakatlaridagi ulushi nisbatan qisqargani holda Lotin Amerikasi mintaqasidagi ulushi
ko‘paygan (17,4% dan 20,8% gacha). Bu hududda AQSH hali ham asosiy xorijiy investor
hisoblanadi. AQSH bevosita chet el investitsiyalarining Lotin Amerikasi mintaqasidagi umumiy
hajmi 1995-2001 yillarda deyarli 97 mlrd AQSH dollariga yetdi, Lotin Amerikasi
mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 64%ini tashkil etdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy investitsiyalar bilan bir qatorda rasmiy taraqqiyot
yordamini ham oladi. Aytib o‘tish kerakki, keyingi yillarda bunday yordamning qiymati ancha
kamaydi: 90-yillar boshida davlatning mablag‘ bilan ta’minlashi rivojlanayotgan mamlakatlarga
kirib kelayotgan investidiyalar oqimining yarmidan ko‘pini tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilda bu
ulush atigi 14%ni tashkil etdi. Ayni paytda 1990-97 yillarda investitsiyalarning umumiy hajmi
har yili 16%ga o‘sdi, davlatning mablag‘ bilan ta’minlashi esa har yili 3%ga kamaydi.
Eng sust rivojlangan mamlakatlarga rasmiy taraqqiyot yordami ko‘rsatish ancha
yuqoriroq, unga investitsiyalar oqimining asosiy ulushi to‘g‘ri kelgan. 1990-95 yillarda u
barqarorligicha qoldi va faqat 1996 yilda 14%ga qisqardi va 2001 yilda ko‘tarildi.
Eng sust rivojlangan mamlakatlarda xususiy kapital oqimm ahvoli ham boshqacha. Bu
yerda xususiy investitsiyalarning ahamiyati ortayotganligi investitsiya va moliya sohasidagi
erkinlashtirish, jahon miqyosiga chiqishga intilish o‘sayotganligida ham o‘z aksini topmoqda. Bu
guruhga kiruvchi mamlakatlarda kapitalning harakatidagi to‘siqlar bekor qilinmoqda.
Chet el xususiy investitsiyalaridan portfel investitsiyalari bevosita chet el
investitsiyalariga nisbatan "harakatchanroq", chunki ular bevosita chet el investitsiyalaridan
farqli o‘laroq istiqboldagi taraqqiyot maqsadlarida emas, balki tezroq foyda olish maqsadlarida
jalb qilinadi.
1990-2000 yillar mobaynida tijorat banklarining ssudalari rivojlanayotgan mamlakatlarga
kirib kelayotgan xususiy kapitallar oqimining taxminan o‘rtacha 1/10, portfel investitsiyalar
taxminan 1/3 va bevosita chet el investitsiyalari taxminan 1/2 ulushini tashkil etdi.
Umuman, bevosita chet el investitsiyalarini rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarishning
o‘sishi haqida gapirilganda shuni ta’kidlash lozimki, 2000 yilda bevosita chet el investitsiyalari
umumjahon oqimining deyarli 2/5 ulushi bu mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. Bu ular 1993 yilda
erishgan darajadan 2 marta, 1985 yildagidan 10 marta ko‘pdir. 1996 va 1997 yillarda bevosita
chet el investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarga G‘arbiy Yevropaga nisbatan deyarli 30
mlrd AQSH dollari miqdorida ko‘p kiritildi.
Shu bilan birga, bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha peshqadamlar Janubiy,
Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo - 82,4 mlrd AQSH dollari (53,3%), Lotin Amerikasi - 56,1
mlrd AQSH dollari (37,7%) va Afrika -5 mlrd AQSH dollari atrofida (3,2%) bo‘ldi.
Xususiy sektorga ko‘maklashadigan Xalqaro moliya korporatsiyasi chet el investorlari
nuqtai nazaridan Afrika hozircha past istiqbolli ekanligini ta’kidlaydi. Haqiqatan, 2001 yilda
bevosita chet el investitsiyalarini rivojlanayotgan mamlakatlarga chiqarish umumiy hajmida bu
mintaqaning ulushi atigi 3,6%ni tashkil etdi.
Bu yerda xo‘jalik faolligini rag‘batlantirish maqsadida Xalqaro moliya korporatsiyasi
birinchi navbatda quyidagi choralarni ko‘rmokda:
- Xususiy tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish;
- mikrokorxonalarni (qabul qilingan tasnif bo‘yicha) rag‘batlantirish dasturini amalga
oshirish.
Sharqiy Osiyo mamlakatlarining chet el investorlarini qiziqtiradigan tomonlari
quyidagilar:
- Ularning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sishi va siyosiy jihatdan barqarorligi;
- ularning ichki bozorlari sig‘imi ancha oshganligi. 2000 yilda 75 mln osiyolik oila
o‘rtacha amerikalikning daromadiga yetadigan yillik daromadga yetishishi lozim edi.
1992 yilda bevosita chet el investitsiyalarini oladigan eng yirik rivojlanayotgan mamlakat
Xitoy bo‘ldi. 1993-96 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib kelayoggan bevosita chet al
investitsiyalarining umumiy oqimiga nisbatan Xitoyning ulushi 36% yoki yiliga o‘rtacha 35 mlrd
AQSH ddshgariga, 1997 yilda 30,4% yoki 45,3 mlrd AQSH dollariga to‘g‘ri keldi. Chet el
investorlari uchun Xitoyning o‘ziga jalb qiladigan tomoni faqat investitsiyalarning miqdori emas,
balki iqtisodning yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotganligvdir. Xitoy iqtisodi 1990-96 yillar
mobaynida yiliga 10% dan ko‘proq o‘sib bordi.
Bundan tashqari, mamlakatda ishchi kuchi arzonligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu esa
Xitoyda ko‘p mehnat talab qiladigan eksport tovarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yayotgan
transmilliy korporatsiyalar uchun juda muhim omildir.
Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodida ishtirok etish shakllari:
I.
Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga kirib borishining asosiy
shakli halqaro korporatsiyalarning sho‘ba korxonalari hisoblanadi. Bunga dalil rivojlanayotgan
iqtisodga kirib kelayotgan kapitalning umumiy oqimida transmilliy korporatsiyalar bevosita
investitsiyalarining ulushi 1975-79 yillardagi 14,5% dan 1980-85 yillarda 17,2% gacha
o‘sganligi.
Urushdan keyingi butun davr mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlarda chet el
investitsiyalariga to‘g‘ri keladigan foyda normasi sanoati rivojlangan mamlakatlardagidan yuqori
bo‘lgan. Masalan, 1950 yilda AQSH korporatsiyalari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga
qo‘ygan kapitallarga to‘g‘ri keladigan foyda normasi 13,5% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda
esa 23,6% ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 1970 yilda 8,9% va 15,1%, 1980 yilda 15,5% va
22,8%, 1985 yilda 16,2% va 14,1%, 1988 yilda 16,6% va 19,4%, 2000 yilda 19,4 va 21,2
bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlardan oxirgi vaqtlarda foyda normasining pasaygani ko‘rinib turibdi.
Bevosita xususiy investitsiyalardan foydalanishning nisbiy samaradorligi pasayishiga
sabab:
- Rivojlanayotgan mamlakatlardagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar;
- milliy hukumatlarning mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni o‘z qo‘lida tutib turishga
intilishi;
- bozor iqtisodining yetakchi markazlarvda ishlab chiqarishda mehnat va energiya
tejaladigan texnologiyaning rivojlanishi.
O‘z navbatida, rivojlanayotgan mamlakatlar chet el kompaniyalarining faoliyatini
faollashtirishga yordam berish uchun har jihatdan intiladilar, chunki chet el kapitali:
- Ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlashga yordam beradi;
- xususiy tadbirkorlikni mustahkamlaydi;
- mamlakat xo‘jaligini rivojlantirishni tezlashtiradi, deb umid qiladilar.
Biroq, tashqaridan keladigan moliya oqimi harakati juda ehtiyotkorlik bilan yuz beradi.
Eng avvalo, ular aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarga
mo‘ljallanadi, bu ko‘rsatkich past bo‘lgan mamlakatlarni chetlab o‘tadi, kamdan-kam
hollardagina bunga rioya qilinmaydi.
Daromadi past bo‘lgan mamlakatlar rasmiy kanallar bo‘yicha beriladigan yordamga umid
qilishi mumkin, bu hol bunday mamlakatlarning ko‘pchiligi xususiy kapital bozor-lari uchun
sharoit yarata olmasliklarini bildiradi.
Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga beriladigan yordam hajmini qisqartirish
an’anasi paydo bo‘ldi. Masalan, 2001 yilda u 48 milliard AQSH dollarigacha kamaydi.
Shu bilan birga, AQSHning bu mamlakatlarga noharbiy moddiy yordami ulushi ancha
qisqarib borayotganligi e’tibor-ni jalb qiladi. 1997 yilda Yaponiya bu mamlakatlarga shu
maqsadda 14,5 milliard AQSH dollarini, Fransiya 8,4 mlrd, Germaniya 7,5 mlrd, AQSH 7,3
mlrd AQSH dollarini ajratdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 1995 yilda AQSH hukumati yordam
dasturiga yalpi ichki mahsulotning atigi 0,1%ini ajratdi. Bu yordam urushdan keyingi yillar
mobaynida eng kam hisoblanadi.
Bundan tashqari, ba’zi mamlakatlar (Hindiston, Xitoy, Indoneziya)dan tashqari
rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zlarining sof milliy kapitalining tashqariga chiqib ketishidan
aziyat chekmoqda.
Bu guruhdagi mamlakatlarda kapital qo‘yishdan manfaatdor emaslik sabablari:
- Makroiqtisodiy nobarqarorlik;
- infratuzilmaning nobarqarorligi;
- ishchi kuchining past malakaliligi;
- bozor xo‘jaligining institutsional sharoitlari rivojlanmaganligi.
Keyingi yillarda ba’zi rivojlanayotgan davlatlarning hukumatlari tomonidan transmilliy
korporatsiyalarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish kuchayganligi tufayli bu mam-lakatlar
iqtisodiyotida chet el kapitalining ishtirok etishi borasida tashkil etishning yangi shakllari paydo
bo‘ldi. Ular korxonalarga birgalikda egalik qilish va ularni qurishni, litsenziya berish, boshqarish
uchun bitimlar tuzishni, korxonani boshdan-oxirigacha qurib berish, xalqaro subpudrat va h.k.ni
ko‘zda tutadi.
II.
Qo‘shma korxonalar aksiyadorlik kapitalining o‘ziga xos shakli hisoblanadi.
Uyushma kapitalistik mulkning o‘ziga xosligi shundaki, firmaning haqiqiy kapitali
harakatini nazorat qilish ishlari sheriklar orasida taqsimlanadi. Bunday shakl milliy va chet el
kapitali orasidagi ma’lum murosani bildiradi.
Jahon iqtisodining hozirgi rivojlanish bosqichida aralash kompaniyalarning tuzilishi
rivojlanayotgan mamlakatlarning ham, transmilliy qorporatsiyalarning ham manfaatlarini
qoniqtiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoat kompaniyalariga xalqaro monopoliyalar
ishtirokini tashkil etib, birinchidan:
1) Kapital natural-moddiy shakldagi kapital taqchilligi muammosi ma’lum darajada hal
qilinadi;
2) ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiya kiritiladi, uni tashkil qilish tajribasi
o‘zlashtiriladi, mahsulotni kafolatli sotish imkoniga ega bo‘linadi va h.k.
Ikkinchidan, milliy davlat tomonidan transmilliy korporatsiyalar faoliyatini nazorat qilish
doirasi kengayadi.
Qo‘shma tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari
ko‘pincha imtiyozli soliq tartibini joriy qiladi; odatda soliqqa tortish maqomi bo‘yicha tashkil
qilinadigan qo‘shma korxonalar mahalliy kompaniyalarga tenglashtiriladi, lekin ularga soliq
imtiyozlari ham tadbiq qilinishi mumkin.
Odatda davlat murakkab texnologiya qo‘llaniladigan muhim, o‘zi uchun zarur sanoat
tarmoqlarida, yuqori eksport daromadlarini ta’minlaydigan tarmoqlarda qo‘shma korxonalar
tuzilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ko‘pchilik hollarda rivojlanayotgan mamlakatlar qo‘shma korxonalarda milliy mulk
ulushini ko‘paytirishga harakat qiladi va shu yo‘l bilan chet el kapitali ishtirok etadigan korxona
ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish uchun kurashadi.
Biroq, kapitalning katta ulushiga egalik qilish har doim ham iqtisodiy faoliyatni amalda
nazorat qilishni ta’minlayvermaydi. Chet el investorlarining kapitalda anchagina kichik ulushda
ishtiroki ham ularga yaxshigina daromad ko‘rishlari uchun imkon berishi mumkin.
Mahalliy sheriklariga nisbatan moliya va texnologiya borasida ustun bo‘lgan chet el
investorlari korxonaga ma’muriy va texnikaviy rahbarlik tizginini o‘z qo‘llarida tutib turishga,
uni o‘zlarining transmilliy ishlab chiqarish majmualariga singdirib yuborishga qodirlar.
Ba’zi Amerika ekspertlarining fikricha, agar chet el kompaniyasi istalgan mahalliy
kompaniya kapitalining 5% ulushiga egalik qilsa, bu mahalliy kompaniyani chet el
kompaniyasining filiali deb hisoblash mumkin.
III.
Keyingi 20-25 yil mobaynida transmilliy korporatsiyalar shu’ba yoki qo‘shma
korxonalar tuzishdan voz kechmagan holda (bu usul hali ham chet el kapitalining mahalliy
iqtisodda ishtirok etishining muhim shakli hisoblanadi) rivojlanayotgan davlatlarning
kompaniyalari bilan bitimli munosabatlarni (texnologiya yetkazib berish to‘g‘risida, korxonani
jihozlash yoki qurish, boshidan to oxirigacha qurish haqida, mutaxassislar tayyorlab berish
to‘g‘risida va h.k.) yo‘lga qo‘yishga borgan sari ko‘proq harakat qilmoqda.
Chet el korporatsiyasining sanoat obyektlarini boshidan oxirigacha ("kalit
topshirilguncha") qurishi deganda uni ma’lum muddat ishlatib, keyin qabul qiluvchi mamlakat
hukumatiga topshirish tushuniladi (bu usul asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladi).
Bunday kompaniya yoki korxonada ishtirok etadigan chet el monopoliyasi ishlab
chiqariladigan mahsulotning muayyan qismini sotib olish, ba’zan jahon narxlaridan arzonroqqa
sotib olish (berilgan kreditlar, jihozlar va turli xizmatlar evaziga) huquqiga ega bo‘ladi.
Kompaniya yoki korxona chet ellik sherikning qarzidan qutilganidan so‘ng u
shartnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida o‘z ulushidagi mahsulotni jahon narxlarida sotib olish
huquqini saqlab qolishi mumkin.
Trans va ko‘p millatli konsernlar mulkka egalik qilishdan bitimli munosabatlarga
o‘tganda chet ellardagi ko‘pchilik yuridik jihatdan mustaqil firmalarni akiiyadorlik kapitali,
shaxsiy munosabatlar orqali emas, balki bu firmalarni texnologik va tashkiliy jihatdan o‘zlariga
bog‘lab qo‘ygan holda tasarruf qiladilar.
Bitimli munosabatlar rolining oshishi rivojlanayotgan davlatlarning qarzi ko‘payib
borayotganligi, jahon kapital bozorida foiz stavkalarining o‘sishi, transmilliy banklarning bitimli
munosabatlarni mablag‘ bilan ta’minlashi kengayayotganligi bilan ham izohlanadi.
Bitimli munosabatlar transmilliy korporatsiyalarni o‘ziga jalb etishining sababi, ular
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga kapital kiritishdagi siyosiy va tijorat tavakkalchiligi bilan
bog‘liq bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bitimli munosabatlar ko‘pincha aksiyadorlik nazorat
shaklini qo‘shimcha to‘ldiradi. Masalan, British Leyiavd kompaniyasi Keniyadagi yuk
mashinalari, avtobuslar ishlab chiqaradigan korxonaning 45% aksiyalariga egalik qilgani holda,
shu mamlakat hukumati bilan mazkur korxonani un yil dayumida boshqarish uchun bitim tuzdi.
Shunga qaramay, istiqbolda xalqaro korporatsiyalarning rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiga kirib borishining asosiy shakli bevosita investitsiyalar bo‘lib qolishi ehtimoli bor.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga kelsak, ularda bevosita chet el investitsiyalari mutloq o‘sgani
holda monopoliyalarning ushbu mamlakatlar iqtisodiga kirish tadbirlarida bevosita
investitsiyalarning ahamiyati pasayib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |