emas.
Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag‘batlantiruvchi kapital mo‘l-
ko‘lligining ikki jihati ta’kidlab o‘tiladi:
1. Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi.
2. Xo‘jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukmronligining qaror
topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi.
Kapitalning ko‘pligi uning chetga chiqarilishi uchun birdan-bir sabab bo‘lishi
mumkinmi?
Agar dastlab kapital mamlakat ichida foyda me’yorlarini pasaytirib yuboruvchi
jamg‘armaning ko‘p miqdorda yig‘ilib qolishi xavfi tug‘ilgan taqdirdagina chetga chiqarilgan
bo‘lsa, hozirda ichki investitsiyalar uchun mablag‘ nisbatan yetishmay qolgan taqdirda eksport
qilinmoqda.
Xo‘sh, nega endi kompaniyalar ichki investitsiyalar imkoniyatlaridan to‘la foydalanmay
turib hozir chetga chiqishadi? Buning ustiga ular o‘z mamlakatidagi investitsiya talablarini
qondirish uchun ko‘pincha kapitalni import qilishga o‘tishadi. Gap shundaki, jahon
iqtisodiyotining hozirgi sharoitlarida:
1. Kompaniyalarning jamg‘arma miqyoslarini (ishlab chiqarishni) kengaytirishga bo‘lgan
talablari keskin ortib ketdi. Bunga sabab - qayta ishlab chiqarish jarayoni mantiqiy bo‘lib, u
kompaniyaning eng muvofiq (optimal) hajmlari muttasil o‘sib borishini talab qiladi: ular raqobat
qurboni bo‘lmasligi uchun kengayishlari kerak. Agar XX asr boshlarida kapitalistik firmalar
ishlab chiqarish ko‘lamini oshirishga, o‘z milliy hududlari doirasida yangi bozorlarni egallab
olishga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan bo‘lsalar, hozir korxonalar
ko‘lamining muvofiq hajmlarining ortishi munosabati bilan ularning ko‘plari uchun milliy
doiralar har qachongidan ham tor bo‘lib qoldi. Yirik kompaniyalar uchun ko‘pincha kapitalni
chetda investitsiya qilishdan boshqa chora qolmaydi. Jamg‘armaning hozirgi miqyosi ta’sirida
chetga kapital chiqarish qayta ishlab chiqarish jarayonining uzviy elementiga aylanib qolyapti.
Zero, milliy iqtisodda monopollashuv darajasining o‘sishi kapitallarning tarmoqlararo yurishini
qiyinlashtirib yubordi.
2. Milliy iqtisod tarmoqlarini monopollashtirish kuchaydi. Monopoliyalar foyda
miqdorini oshirish ketidan quvib, endilikda yangi bozorlarga egalik qilish, raqiblarni siqib
chiqarish, kutilayotgan imkoniyatli raqobatdan o‘zini ehtiyot qilish maqsadida ortiqcha ishlab
chiqarish xavfi tug‘ilishidan ancha oldin kapitalni eksport qila boshlaydi.
Bu shu bilan izohlanadiki, mamlakat ichkarisidagi tarmoqlar shu qadar
monopollashganki, raqiblarning bu tarmoqlarga kapital sarflashi uchun yetarli to‘siq qo‘yilgan.
Xalqaro kompaniyalar istiqbolda tarmoqni keyingi investitsiyalar uchun zahira sifatida qoldirib,
yangi bozorlarni bosib olish va chet eldagi raqiblarini siqib chiqarish uchun kapitallardan
foydalanish sohalarini kengaytirishga intiladi.
3. Ishlab chiqarishning internatsionallashuvi jadal sur’atlar bilan davom etadi.
Agar XIX asr oxirlarida kapitalni chetga chiqarish faqat uning haddan tashqari yig‘ilib
qolishi tufayli yuz bergan bo‘lsa, hozirda chet el investitsiyasining eng muhim iqtisodiy
sabablaridan biri, yuqoridagi bilan bir qatorda ishlab chiqarish internatsionallashuvi jarayonining
chuqurlashishi bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida ayrim trans va ko‘p millatli kondernlar
doirasida ichki firmalar mehnat taqsimoti xalqaro mehnat taqsimoti bilan qo‘shilib ketadi, bu esa
milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirdi. Buni faqat savdo aloqalari bilan
emas, balki turli mamlakat firmalari o‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish va texnalogik aloqalar,
xalqaro ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish jarayonlarining rivoji bilan tushuntirish mumkin.
4. Ayrim transmilliy korporatsiya yoki moliyaviy guruh doirasidagi kapital harakati soliq
to‘lashdan bosh tortish, valuta kurslari farqi orqali foyda olish kabi savdo-chay-qovchilik
maqsadlarni ko‘zlash tufayli ham yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: