Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Bu usullar mohiyati to‘grisida



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Bu usullar mohiyati to‘grisida 
 
Chet eldagi firmalarining akiiyalarini yakka o‘zi egallashdan ushbu mamlakatlarning 
xususiy kapital egalariga (qo‘shma firmalar orqali), ba’zida davlatga (aralash firmalar orqali) 
ularning aksiyalarini sotib olishga ruxsat berishga o‘tish quyidagilar bilan belgilanadi: 
1. Fan-texnika inqilobi rivoji bilan (ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda). 
2. Milliy hukumatlarning chet el kapitaliga munosabati bilan (asosan rivojlanayotgan 
mamlakatlarda).
Fanning va ishlab chiqarishning bugungi talabi ko‘pincha ayrim, hatto eng yirik 
monopoliyalar imkoniyatlaridan ham ortib ketyapti. Shuning uchun ham rivojlangan 
mamlakatlardagi chet ellik investor, mahalliy kapitalning ishtiroki quyidagilarni yengillashtiradi, 
deb umid qiladi:
- zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etishni osonlashtiradi; 
- mahalliy sherigining ishlab chiqarishiga kirishiga, uning yuksak malakali xodimlariga, 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan sotish shahobchalari va mijozlariga kreditlar olishga yo‘l ochadi; 
- kerakli maxsus axborot-ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; 
- "o‘z" tadbirkorlari uchun mahalliy hukumat belgilagan imtiyozlardan foydalanish 
imkoni tug‘iladi.


Rivojlanayottan mamlakatlarga kelsak, bu yerda ko‘pchilik chet el kompaniyalari 
ularning faoliyatini tartibga solib turuvchi ichki normalar bilan bog‘liq muammolarni chetlab 
o‘tish maqsadida milliy firmalarni sherikchilikka oladilar. Chunki bu sheriklar chet ellik 
kompaniyalar uchun zarur bo‘lgan texnik bilimga, boshqarish tajribasiga ega emas. Ularning 
kapitali ham qiziqish uyg‘otmaydi. Bundan tashqari, yosh davlatlarning hukumati o‘z 
hududlarida xalqaro korporatsiyalarning yagona o‘zi nazorat qiladigan sho‘ba jamiyatlarini ta’sis 
etishga umuman ruxsat berishmaydi. Yana transmilliy korporatsiyalar va millatlararo 
korporatsiyalar o‘z mulkini milliylashtirish yoki ekspropriatsiya qilishdan qutqarish maqsadida 
ham rivojlanayotgan mamlakatlar hududida kapitalga birgalikda egalik qilishga rozi bo‘ladilar. 
Keyingi yillarda, rivojlangan mamlakatlardagi milliy hukumatning bevosita 
investitsiyalarga bo‘lgan munosabati o‘zgardi va bu bilan ularni ma’lum davrga cheklashlarni 
joriy etish real bo‘lib qoldi. Qo‘shma aksiyadorlik kapitali yo‘li bilan chet el filiallarini ta’sis 
etish ana shu cheklashlarni chetlab o‘tish, xalqaro kompaniyalar mulkiga nisbatan 
kamsitishlarning oldini olish yo‘llaridan biri bo‘ldi.
Mutaxassislarning bergan bahosiga ko‘ra, mulkka "jamoa bo‘lib" egalik qilish qayd 
etilgan ikkala tizimda tobora o‘sib boradi, lekin hozircha bu rivojlanayotgan mamlakatlarda 
ustunlik qilmoqda.
Chet el davlatlari iqtisodida trans va ko‘p millatli konsernlarni joriy etishning an’anaviy 
usullarining o‘zgarishi bitimlar ahamiyatining tobora o‘sib borayotganida ko‘rinadiki, ular o‘z 
mazmuniga ko‘ra chet el sherigining aksiyalarini shunchalik sotib olishni emas, balki chet elda 
yangi firmalarni ta’sis etishni bildiradi. 
Chet elda investitsiya qilingan kapital uzoq davr mobaynida ko‘proq yangi ishlab chiqarish 
quvvatlarini barpo etishga emas, balki mahalliy kompaniyalarni sotib olishga sarflandi. Buning 
ustiga, agar rivojlangan mamlakatlarda mahalliy nazorat ostida bo‘lgan milliy kompaniyalar 
aksiyalarini sotib olish hozircha xalqaro kompaniyalar tomonidan chet el filiallarini sotib 
olishning asosiy shakli bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda bunday filiallar endi ko‘proq yangi 
firmalarni ta’sis etish vositasida paydo bo‘lmoqda. Bu quyidagilar bilan izoxlanadi: 
- yosh davlatlar hukumatining chet elliklar tomonidan milliy kompaniyalarni sotib 
olinishiga nisbatan ancha qat’iy yo‘l tutayotganligi; 
- bu davlatlarning ko‘pchiligi hozircha qayta ishlash sanoatini qaror toptirish, 
shakllantirish davrini boshidan kechiryapti, shuning uchun ko‘pincha bu sohada u yerda sotib 
oladigan narsaning o‘zi bo‘lmaydi. 
Buning ustiga barpo etilayotgan sanoat korxonalari ko‘pincha chet el kapitali tomonidan 
nazorat qilinayetgan yagona texnologik komplekslarning bir bo‘g‘inidan boshqa narsa emas. 
Xalqaro monopoliyalarningchetdavlatlarga, birinchi navbatda, rivojlanayotgan 
davlatlarga kirib borish usullari orasida texnologiyalar, asbob-uskunalar yetkazib berish, 
mutaxassislarni tayyorlash to‘g‘risida mahalliy firmalar bilan uzoq muddatga tuzilayoggan 
shartnomalar ahamiyati ortab boryapti. 
Qo‘shma jamiyatlar ham keng quloch yoymoqda. Ular endi mulkka egalik qilishga emas, 
balki shartnoma aloqalariga tayanib ish ko‘rmokda. Bunday sharoitda chet ellik sheriklar o‘z 
korxonalarini barpo etishmaydi. 
Bunday jamiyatda ishtirok etayotgan chet el kompaniyasi uning mahsulotlarining bir 
qismiga egalik qilishga haqqi bo‘ladi, ba’zida ularning narxi kreditlar, asbob-uskunalar va xilma-
xil xizmatlarni yetkazib berish evaziga jahon narxidan ham past bo‘ladi.
Chet ellik sherigining qarzidan qutilganidan keyin u shartnomada ko‘rsatilgan muddat 
davomida mahsulotning o‘z ulushini endi jahon narxlari bilan olish huquqini saqlab qolishi 
mumkin.
G‘arb iqtisodchilarining bashoratlariga ko‘ra, xalqaro biznes sohasidagi o‘zaro 
munosabatlar kelgusida egalik qilishga emas, ko‘proq shartnomalar, bitimlarga asoslanadi. 
Bunga sabab chet ellardagi bevosita investitsiyalarning nisbatan qisqarishi bo‘lishi mumkin, 
chunki kapital import qilayotgan mamlakatlarda u tobora ko‘proq qarshilikka uchrayapti 
(birinchi navbatda rivojlanayottan mamlakatlarda), istiqbolda esa investitsiya umuman ta’qiqlab 


qo‘yilishi mumkin. 
Bundan tashqari, trans va ko‘p millatli konsernlar mulkka egalik qilishdan shartnoma 
munosabatlariga o‘tar ekan, chet eldagi yuridik jihatdan mustaqil firmalarning ularning 
aksiyadorlik kapitalida qatnashishi va shaxsiy aloqalari orqali emas, balki bu firmalarni 
texnologik va tashkiliy jihatdan o‘ziga tobe qilish orqali boshqarish imkoniga ega bo‘lishadi.
Ushbu bobga shunday xulosa yasash mumkin: 
Kapitallarning xalqaro harakati — bu kapitalni chet elda dastavval foyda olish maqsadida 
joylashtirish va ishlatish.
Avvalda kapitalning ortiqchaligi, mo‘l-ko‘lligi uning chetga chiqarilishining bosh 
sababidir. Hozirgi sharoitda u ichki investitsiya uchun nisbatan yetishmagan taqdirda ham 
eksport qilinadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: 
1. Kompaniyalarning ishlab chiqarish umumiy miqyoslarini kengaytirishga bo‘lgan 
talablarining keskin oshishi;
2. Milliy iqtisod tarmoqlarini monopollashtirishning kuchayishi; 
3. Ishlab chiqarish internatsionallashuvining jadallashishi; 
4. Soliqlarni to‘lashdan bosh tortish, valuta kursi farqlari orqali foyda olish kabi savdo-
chayqovchilik maqsadlarida kapitalni chetga olib chiqilishi.
Jahon iqtisodi tadrijiy rivojlangani sari kapital olib chiqishning sabablari o‘zgaradi. 
Jamg‘arma va kapitalni chetga chiqarish jarayonlarida yangi sifat tavsiflari paydo bo‘ladi. 
Jumladan, bevosita xususiy investitsiyalarni rivojlantirishda kapitalni import qiladigan 
mamlakatlarda qo‘shma jamiyatlarni barpo etish, chet el firmalari bilan uzoq muddatli 
shartnomalar tuzish, chet elda yangi sho‘ba korxonalar barpo etishga bo‘lgan moyillik tobora 
ko‘proq ahamiyat kasb etib bormokda. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish