Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
2-bosqich:
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida erkin raqobatga asoslangan kapitalizm 
monopolistik kapitalizmga o‘tdi, o‘zining ajralmas qismi - jahon bozoriga ega bo‘lgan 
umumjahon xo‘jaligi qaror topdi. Lekin "umumjahon xo‘jalign" tushunchasi - jahon bozori 
tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, savdo sohasidagi munosabatlar bilan bir qatorda bu 
davrda mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish sohasida bevosita aloqalar, kapitalni tashqariga 
chiqarish va har tomonlama moliyaviy aloqalar rivojlandi. 
Bunga ishlab chiqarish kuchlarining ancha o‘sishi sabab bo‘lib, ular milliy 
chegaralarning cheklangan doiralaridan sezilarli darajada oshib ketdi.
Kapitalning markazlarga tobe va mustamlaka hududlarga, uzoq joylarga olib chiqilishi 
xo‘jalik hayoti internatsionallashuvining asosiy ko‘rinishiga aylandi. 
Bunda kapitalni chetga tadbirkorlik shaklida chiqarish monopoliyalarning chet elda 
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi bilan birga olib borildi, yangi zavodlar qurildi, konlar ochildi.
Bozor iqtisodiyoti rivojining bu bosqichida ayirboshlash internatsionallashuviga "pishib 
o‘tgan" industrial markazlardan kapitalni olib chiqishga asoslangan kapital ingernatsionallashuvi 
jarayoni kelib ko‘shildi. 
 
3-bosqich: 


Urushdan keyingi dastlabki o‘n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish 
kuchlari rivojida keskin o‘zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining 
ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bunday sharoitda 
raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko‘lamini ancha oshirish, zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanib uni modernizatsiyalash kerak edi. Hatto dunyoning yetakchi 
davlatlari kompaniyalari uchun ham bu yangi talablar og‘irlik qilardi.
O‘z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko‘pincha milliy chegaralar 
doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab 
chiqarishni xalqaro kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo‘lib 
qolgan edi. Predmetli "xalqaro ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga o‘tish", 
mayda va kooperatsiyali ixtisoslashtarish, kooperatsiyalashtirish bilan bog‘liq ichki, 
tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi aniq ko‘zga 
tashlana boshladi.
Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o‘rtasida ixtisoslashuvning chuqurlashuvi 
tamoyillari yangi, yanada ko‘lamli muhim jarayonning - ishlab chiqarishni xalqaro 
umumlashtirishning ifodasi bo‘ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodisalar doirasidan chiqib, jahon 
siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi.
Shu bilan birga xalqaro saddo sohasida ham sezilarli qayta o‘zgarishlar yuz berdi, ulardan 
eng yirigi va barqarori - bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida 
yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror texnologik 
aloqalarga xizmat ko‘rsatuvchi tovar ayirboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo‘ldi. 
Bularning hammasi birga qo‘shilib xo‘jalik hayotining internatsionallashuvini, ya’ni 
kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashuvini anglatadi.
Xulosa shuki, xo‘jalik hayotining internatsionallashuvi - jahon iqtisodi rivojining 
muayyan bosqichi bo‘lib, o‘zaro bog‘liq ikki jarayonni o‘z ichiga oladi: 
- xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish va rivojlantirish; 
- millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish