Janubiy Osiyo davlatlari haqida umumiy ma’lumot
№
|
Davlatlar
|
Maydoni, ming km²
|
Aholi soni, mln. kishi
|
Poytaxti
|
Davlat tuzumi
|
1
|
Bangladesh
|
144
|
158,6
|
Dakka
|
Unitar respublika
|
2
|
Butan
|
38,3
|
0,7
|
Tximpxu
|
Konstitutsion monarxiya
|
3
|
Mal’div
|
0,298
|
0,4
|
Male
|
Prezidentlik respublikasi
|
4
|
Nepal
|
140,8
|
27,1
|
Katmandu
|
Parlamentar respublika
|
5
|
Pokiston
|
803,9
|
194,0
|
Islomobod
|
Federativ islom respublikasi
|
6
|
Hindiston
|
3287,2
|
1296,2
|
Dehli
|
Federativ respublika
|
7
|
SHri-Lanka
|
65,6
|
20,7
|
SHri-Jayavardenepura-Kotte
|
Respublika
|
Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o’rni quyidagicha: bu subregion yer shari quruqlik maydoninig 3,1 % ini egallaydi; dunyo aholisining 25,4 % ini ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo’yicha YaIM ning 9 % dan ortig’i shu region xissasiga to’g’ri keladi.
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasida Osiyo mintaqasi qirg’oqbo’yi hududlarining markazida joylashganligi, unning hududida qadimiy tarixiy markazlarning mavjudligi mintaqa geografik o’rnining o’ziga xos jihatlari bo’lib hisoblanadi.
Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog’ tizmasi va Qoraqurum o’rab turadi. SHimoli-sharqda u junglilar bilan qoplangan Assam-Birman tog’lari, shimoli-g’arbda esa Hindiqush va Eron tog’liklari orqali chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland tog’ hisoblangan Himolaydan ekvatorda joylashgan Mal’div orollariga tomon pasaya boradi.
Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo’lib, yil davomida ob-havoning keskin o’zgarishi xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum ajratiladi. Nam yozgi (okeandan esuvchi janubi-g’arbiy musson sababli yillik yog’in miqdorining 80%dan ortig’i yog’adi) va quruq qishki mavsumlar. Ularning har biriga xos holda ma’lum qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. Nam yozgi mavsum bo’lgan xarifda asosan sholi, paxta, jut ekilsa, quruq qishki mavsum bo’lgan rabida asosan bug’doy hamda arpa ekiladi.
Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar kaatta ahamiyatga ega. Ular orasida mineral resurslarning ahamiyati katta. Bu yerda yoqilg’i-energetika resurslaridan boshlab (ko’mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo’lgan monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlargacha mavjud (oltin, zumrad, olmos). Mintaqa jahonda qora metalli rudalar (temir, marganets, xrom) zahirasiga ko’ra ajralib turadi. So’nggi yilllarda mintaqaning dengiz shel’fi zonasida neft’ va gaz qazib olish rivojlanmoqda.
Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang, Braxmaputra daryolari eng yiriklari hisoblanadi. Mintaqada yuqori unumdorlikka ega bo’lgan allyuvial tuproqlar keng tarqalgan. Mazkur tuproq ko’rinishi asosan Gang va Hind tekisliklarini hamda qirg’oqbo’yi hududlarida tarqalgan. SHu bilan birga asosan Dekan yassi tog’ligi hududida tarqalgan qora tuproq xususiyatli gilli tuproqlar – regurlar ham katta iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Janubiy o’rmon mintaqasiga kiruvchi, asosan qimmatbaho turdagi daraxtlardan tashkil topgan o’rmonlar mintaqa hududi bo’yicha notekis taqsimlangan. O’rmon bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra Janubiy Osiyoda SHri-Lanka yetakchilik qiladi (umumiy maydonning 22% o’rmonlar bilan qoplangan). Bu ko’rsatkich Hindistonda 27%, Bangladeshda 15%ni tashkil qiladi. Eng kam ko’rsatkich Pokistonga to’g’ri kelib, 5%ga teng.
2. Janubiy Osiyo jahonning aholi zichligi yuqori bo’lgan areallaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mintaqaning barcha davlatlarda milliy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillari bilan bog’liq holda aholining tabiiy o’sish sur’atlari yuqori. Ma’lumotlar ko’rsatishicha, mintaqa aholisi soni 2030 yil 2139 mln. kishi, 2050 yil esa 2422 mln kishiga teng bo’ladi. Aholisi soni bo’yicha peshqadam bo’lgan Hindiston 2050 yillarga kelib aholi soni bo’yicha jahon davlatlari orasida birinchi o’ringa chiqib oladi.
. Janubiy Osiyoda 1 mln.dan ortiq 33 ta etnos bo’lib, ularning xissasiga mintaqa aholisining 98% to’g’ri keladi. Buddizm asosan Butan, Nepal, SHri-Lankada tarqalgan. Islom dini Pokiston, Mal’div, Bangladesh uchun davlat dini hisoblanadi. Induizm vakillarining asosiy qismi Hindistonda istiqomat qiladi.
Ma’lumki, Janubiy Osiyo qadimiy sug’orma dehqonchilik markazlaridan biri sifatida jahonning aholisi eng zich joylashgan areallardan biridir. Bu yerda o’rtacha zichlik 1 km2ga 355,6 kishidan ortiq bo’lib, o’rtacha jahon ko’rsatkichidan taxminan 6,7 marta ortiqdir. Tekislik hududlari, yirik daryolar vodiylari (ayniqsa, Gang daryosi vodiysi) hamda dengizbo’yi hududlarida aholining yuqori zichlik ko’rsatkichlari qayd qilinadi. Janubiy Osiyo dunyoning eng kam urbanizatsiyalashgan mintaqalaridan biri bo’lib hisoblanadi (46%). Bu holat mintaqa davlatlarining past ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sabablidir. SHunga qaramay bu yerda 50 ta millioner shahar mavjud. Ularning 1 tasi Nepalda, 5 tasi Bangladeshda, 8 tasi Pokistonda, 36 tasi Hindistonda joylashgan. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra Janubiy Osiyoning 17 ta shahri jahonning millioner shaharlari birinchi yuztaligidan o’rin olgan. Ular orasida Karachi eng yirigi hisoblanib, unda 13,2 mln.dan ortiq kishi istiqomat qiladi. Ushbu shahar mazkur ro’yhatning 7 pog’onasini egallab turadi. SHu bilan bir qatorda mintaqaning ko’plab davlatlarida soxta urbanizatsiya (rivojlanayotgan davlatlarda ko’chib kelgan qishloq aholisi hisobiga shahar aholisi salmog’ining oshib borishi) jarayoni ham tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
3. Ko’p asrlik tarixga, turli ko’rinishdagi tabiiy resurslarga, demografik salohiyatga ega bo’lgan Janubiy Osiyo iqtisodiyoti rivojlanish darajasiga ko’ra Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko’rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Mal’div agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston hamda SHri-Lanka industrial-agrar davlatlar bo’lib hisoblanadilar. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan tog’-kon (Nepal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, SHri-Lanka), kimyo(Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |