Navbat Muhriddin Holiqovning “Erka qiz“ qo‘shig‘iga, raqsida Boshlang‘ich ta’lim kursi tinglovchisi Asadova Rohatoy .
1-Boshlovchi: Chinakam shoirning qalbida allaqanday sohir qush doimo sayrab turadi, degan gapni ko‘p bora eshitgandik. O‘sha qush aynan Muhammad Yusufning yuragida oshyon qurgan edi. Uning ko‘zlari ham, chehrasi ham hamisha latif bir kuyni honish qilganday edi.
2-Boshlovchi: Shoirlar ijodida Vatan haqida juda ko‘p yozilgani yaxshi albatta. Biroq yozmoq bilan yozmoqning farqi bor. Muhammad Yusufning bir she’rida “Yurtim seni iddaolar qilmay sevaman” deb aytganda qanchalar haq edi.
She’r : Ijro Bizdan ozod Vatan qoladi. ( Boshlang‘ich 1-guruh Hayitova Shahnoza)
O‘tаr nеchа bаhоrlаr gulgun.
Nеchа umr kuzlаri kеchib,
Zаmin uzrа sаf tоrtib bir kun.
Biz kеtаrmiz qushlаrdаy uchib.
Bir bebaho ma’dan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
Bizning manzil oq-oydin sahar,
Oftob sari yo‘limiz ravon.
Millat uchun kerak bo‘lsa gar,
Ming bir fido bo‘lmasa bu jon-
Jon chekmasang, qaydan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |