Jamurad yangiboyevich, amirov


VII.5. Qishloq xo‘jalik parrandalari  jo‘jalarini o‘stirish



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

VII.5. Qishloq xo‘jalik parrandalari  jo‘jalarini o‘stirish. 
 


 
280 
Inkubatorda  ochirilib  tanlab  o‘stirishga  qoldirilgan  jo‘jalar  10-12  soat 
ichida o‘stirish sexiga o‘tkazaladi. 
Jo‘jalarni  o‘stirishda  to‘liq  zooveterinariya  talablariga  to‘liq  rioya  qilish 
kerak.  Inkubatorlardan  chiqqan  jo‘jalar  maxsus  qutilarda  jo‘jaxonaga 
o‘tkaziladi. Har bir quti 4 bo‘lak bo‘ladi, bir qutiga 25 ta tovuq  jo‘jasi va o‘rdak 
jo‘jalaridan  20  ta,  g‘oz  jo‘jasidan  10  boshdan  joylashtiriladi.  Quti  ichida  havo 
harorati 18-20 ºS, havoning nisbiy namligi 60-65% bo‘lishi ta’minlanadi. 
Jo‘ja o‘stirish sexlari binolari obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib, 5-6 kun 
shamollatib  qo‘yiladi.  Binolarda  albatta  bir  yoshdagi  parrandalar  saqlanish 
kerak,  har  xil  yoshdagi  parrandalar  saqlansa  ular  uchun  me’yor  darajasidagi 
issikliq  va  namlik  ko‘rsatkichlarini  ta’minlab  bo‘lmaydi,  bu  esa  jo‘jalarning 
o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘stirishning dastlabki 
kunlari  haroratning baland  bo‘lishi talab  etiladi, aks holda  jo‘jalar shamollashi, 
kasallanishi, bir joyga to‘p bo‘lib bir-birlarini bosib o‘ldirib qo‘yishlari mumkin. 
 Jo‘jalarni o‘stirish xonalarida birinchi  un kunlikda tovuq, kurka  jo‘jalari 
uchun  32-25ºS,  o‘rdak  va  g‘oz  jo‘jalari  uchun  28-21ºS,  ikkinchi  un  kunlikda  
tovuq va  kurka  jo‘jalari  uchun 24-22ºS, o‘rdak va g‘oz jo‘jalari uchun 20-16ºS 
va  21  nchi  kundan  40  kunlikgacha  tovuq  va  kurka  jo‘jalari  21-16ºS,  o‘rdak  va 
g‘oz jo‘jalari uchun 16ºS harorat talab etidadi. 
Jo‘jaxonalarda harorat bilan mo‘’tadil namlik ham talab qilinadi, kurka va 
tovuq jo‘jalari ustirilgan xonalarda 60-70%,  o‘rdak va g‘oz jo‘jalari o‘stirilgan 
xonalarda  65-75%    bo‘lishi  kerak,  jo‘jalar  saqlash  balandligida  xonalarga 
psixrometr va havo tezligini o‘lchaydigan asboblar o‘rnatiladi. 
Ayniqsa,  jo‘jaxonalarda  zararli  gazlar  nisbatiga  alohida  e’tibor  beriladi, 
ularning  havo  tarkibida    ko‘payib  ketishi  jo‘jalarning  o‘sish  ko‘rsatkichlari  va 
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Jo‘jaxona  havosini  har  bir  litrida  ammiak  0,01mg,  vodorod  sulfid  0,003 
mg, hamda karbonat angidrid gazi 0,15% dan oshmasligi kerak. 
Jo‘jalarni  o‘stirishda  yorug‘lik  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Sanoat 
parrandachiligida  faqat  su’niy  yorug‘likdan  foydalaniladi,  fermer  xo‘jaliklarida 
esa tabiiy yorug‘likdan foydalanish iqtisodiy samara beradi. 
Jo‘jalarni o‘stirishning 1 haftasida 24 soat yorug‘lik berilib, keyin har hafta 
30-40  minutga  kamaytirib  boriladi,  mokiyonchalar  tuxumga  kirish  davrida 
ushbu raqam sutkasiga 8 soatni tashkil qiladi. Tuxumlash davri boshlanishi bilan 
yorug‘lik muddati o‘zaytirilib 14 soatgacha yetkaziladi, ushbu ko‘rsatkich suvda 
suzuvchi parrandalarda 15 soatgacha yetkaziladi. 
Jo‘jalarni  o‘stirishda  ultrabinafsha  nurlaridan  foydalanish  yaxshi  natijalar 
beradi.  Buning    uchun  maxsus  simob-kvarsli  yoki  eritma  lyuminisent 
chirqlaridan  foydalanish    yaxshi natijalar beradi. Buning  uchun  maxsus  simob-
kvarsli yoki eritYem lyuminisent chiroqlaridan foydalanish mumkin. 
Xo‘jalik yo‘nalishi,  qabul qilingan texnologiyaga asosan jo‘jalar yerda va 
kataklarda o‘stiriladi. 


 
281 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish