G‘oz zotlari.
Barcha g‘oz zotlari mahsuldorlik yo‘nalishi bo‘yicha go‘sht yo‘nalishidagi
parrandalarga mansub hisoblanadi. Eng ko‘p shakllangan zotlar bo‘lib
holmogor, yirik kulrang, tuluz zotlari hisoblanadi.
Yirik kulrang zot. Ukraina parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining
tajriba xo‘jaligida va Tambov parrandachilik naslchilik stansiyasida Romen va
Tuluz g‘oz zotlarini chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan, g‘ozlarning
go‘sht va tuxum mahsuldorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu zotga mansub
g‘ozlar tanasi yirik, tusi kulrang, tushi va tanasining ostki qismi oq rangda
bo‘ladi. Qornida yog‘li burmalari bo‘lib, tanasi keng va chuqurligi bilan ajralib
turadi.
274
Do'stlaringiz bilan baham: |