Bo‘g‘oz cho‘chqalarni saqlashga alohida e’tibor beriladi. Ular 40-50
boshdan guruhlab, yayratib saqlanadi. Ular ratsionining 65-70 % yYem va 30-35
% ko‘k va dag‘al oziqlardan tashkil topadi. Ularga yetarli miqdorda vitamin va
mineral moddalar yetkazib berilishi kerak. Ushbu maqsadda bo‘g‘oz
cho‘chqalarga 20 % bo‘r, 40 % osh tuzi va 40 % suyak unidan iborat mineral
aralashlar yedirish ijobiy natijalar beradi. Iloji bor xo‘jaliklarda ularni ochiq
maydonchalar va yaylovlarda asrash yaxshi natijalar beradi.
Bo‘g‘oz cho‘chqalar tug‘ishiga 10 kun qolganda ona cho‘chqalar
cho‘chqaxonasiga o‘tkazilib tuqqanga qadar 5-6 tadan guruhlab saqlanadi,
tug‘ishga 3-4 kun qolganda ratsion 30-40 % ga qisqartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |