Qo‘ylarning
go‘sht
mahsuldorligi.
Mamlakatimizda
ishlab
chiqarilayotgan go‘shtning 35-40% qo‘y go‘shtiga to‘g‘ri keladi. Qo‘y go‘shtini
ko‘paytirish respublikamizning tabiiy va iqlim imkoniyatlari, hamda milliy
an’analariga mos tushadi. Shuning uchun bepoyon yaylovlarda qo‘y go‘shti
yetishtirishning juda keng imkoniyatlari mavjud. Bu borada sohada
fermerchilikni keng yoyish, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda
Respublika Prezidentining 308-sonli qarori asosida rivojlantirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda urchitilayotgan Hisor va jaydari qo‘ylarining go‘shti va
dumba yog‘i tengsiz hisoblanadi, ulardan xushxo‘r, ajoyib ovqatlar tayyorlash
mumkin va kaloriyalidir.
Eng yuqori go‘sht mahsuldorligiga hisor qo‘ylari ega bo‘lib, maxsus
boqilgan qo‘ylarning tirik vazni 190-200 kg ga yetib, dumbasining sof og‘irligi
50 kg gacha bo‘lib, o‘lchami 45-55 sm ni tashkil qiladi. Jaydari qo‘ylar go‘sht
mahsuldorligi ham ancha yuqori bo‘lib ularning vazni boqilganda100-120 kg
gacha yetadi va so‘yganda 60-70 kg go‘sht olish mumkin.
Qo‘y go‘shti ba’zi xususiyatlari bilan boshqa go‘shtlardan farq qiladi. Oqsil
bo‘yicha mol go‘shti bilan tenglashib, cho‘chqa go‘shtidan ustun turadi, yog‘
nisbati va kaloriyaligi bilan mol go‘shtidan ustun turib, cho‘chqa go‘shtiga
yutqazadi. Go‘sht to‘qimalari tarkibadagi aminokislotalar qo‘y, qoramol,
cho‘chqalarda katta farq qilmay – 46,8; 48,5; 47,9% ga teng.
Hayvon yog‘lari asosan palminit, stearin, olein va ko‘p bo‘lmagan boshqa
yog‘ kislotalaridan tuziladi. Qo‘y yog‘ida mol va cho‘chqa yog‘iga nisbatan 3-
4% palmitin, 3-7% olein kislotalari kam va 5-12% stearin kislotasi yuqori
bo‘ladi. Tuyinmagan yog‘ kislotalari qo‘y go‘shtida cho‘chqa go‘shtiga nisbatan
6,7% kam va mol go‘shtidan 3,4% ko‘p bo‘ladi.
Qo‘y go‘shtining eng ijobiy ko‘rsatkichi bo‘lib, uning tarkibida
xolesterinning kamligidir - 29 mg % , u mol yog‘ida -75 mg %, cho‘chqa
yog‘ida esa -74,5-126 mg % ni tashkil etadi.
Qo‘y go‘shtida nikotin kislotasi, biotin va V
12
vitaminlari ko‘proq
uchraydi.
Qo‘y go‘shti kalsiy va fosfor manbai bo‘lib hisoblanadi. Mis, Rux kabi
mikroelYementlar boshqa go‘shtlarga nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligi so‘yishdan oldingi tirik vazni, so‘yim
vazni, nimta vazni, so‘yim chiqimi, nimta tarkibidagi laxm go‘sht, suyak, paylar
nisbati, navli go‘shtlar chiqimi, so‘yimning qo‘shimcha mahsulotlari, go‘shtning
to‘yimliligi bilan belgilanadi.
So‘yishdan oldingi tirik vazn, qo‘yni 24 soat och qoldirgandan keyingi tirik
vazniga aytiladi. Shu davr mobaynida qo‘y vazni 2,5-3,5% ga kamayishi
mumkin.
Qo‘yning boshsiz, terisiz, ichki a’zolarisiz oldingi oyoq bilakuzuk
bo‘g‘inidan orqa oyoq sakrash bo‘g‘idan qirqib tashlangandan keyingi va ichki
yog‘ bilan birga og‘irligi so‘yim vazni deb ataladi.
196
So‘yim vaznining so‘yim oldi tirik vazniga nisbatining foizdagi ifodasiga
so‘yim chiqimi deyiladi. U turli omillar ta’sirida 35-60% ni tashkil etadi.
Qo‘ylar sYemizligiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: oliy, o‘rta
va shrtadan past.
Do'stlaringiz bilan baham: |