Jamurad yangiboyevich, amirov


Ildiz va tuganak  mevali oziqalar



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Ildiz va tuganak  mevali oziqalar   maxsus omborlarda saqlanib, u yerda 
mu’tadil harorat va namlik yaratib beriladi. 
Bunday  omborxonalar  bo‘lmagan  xo‘jaliklarda  lavlagi  o‘ralar  yoki 
burtlarda saqlanadi. 
2.3.5.Jadval   
Tayyorlangan turli sifatidagi oziqalar to‘yimligi 
 
Si
fa
t k
la
ss

O‘t talqoni 
Pichan 
Senaj  
Silos  
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, 

Ozuq

birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuq

birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla
nuvchi 
protein, 


0,71 
115,2 
0,49 
42,5 
0,33 
34,0 
0,19 
15,0 
II 
0,60 
99,1 
0,40 
34,7 
0,27 
27,8 
0,15 
11,8 
III 
0,50 
81,8 
0,30 
26,0 
0,20 
20,6 
0,10 
7,9 
Klas 
siz 
0,35 
57,6 
0,20 
17,3 
0,14 
14,4 
0,07 
5,5 
 
Burtlarga  lavlagi  eni 3-5 m, balandligi 2-3 m  qilib terib taxlanadi, har 3-4 
metrda  havo  kirish  moslamalari  qo‘yiladi,  usti  somon,  poxol  yoki  chang‘aloq 
bilan yopib qo‘yiladi.  
Sifat bo‘yicha klassi pasayib borishi bilan oziqalarda to‘yimlik nisbati ham 
kamayib boradi. 
 Oziqalarni  yedirishga  tayyorlash.   Har  bir  hayvon  yoki  parranda  turiga 
beriladigan  oziqa  uning  biologik  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda 
yedirishdan  oldin  tayyorlanishi  shart,  bu  tadbir  oziqalarni  xushxo‘r  bo‘lishi 
bilan, ularning hazmlanishini yaxshilaydi. 
Dag‘al  oziqalar  albatta  maydalanib,  ba’zilari  esa  qo‘shimcha  ishlovdan 
keyin  yediriladi.  Chunki  bu  oziqalarning  ko‘pchilik  qismini  kletchatka 
(yog‘ochsimon) moddasi tashkil  qilib hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi. 
Shuning    uchun  somon  va  poxol  albatta  ishlovdan    keyin    hayvonlarga 
yedirilishi  kerak.  Ular  asosan  kovshovchi  hayvonlarga  yediriladi.  Somon  va 
poxol  dastlab  2-3  sm    qilib  maydalanadi,  so‘ng  yuviladi  undan  keyin  1% 
sungdirilgan  oxak,  yoki  osh  tuzi  eritmasi  qo‘shiladi  va  xandaklarda  10-12  soat 
mobaynida (KV-200, KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 
3-4 soat qoldiriladi. 
Mexanik  va  kimyoviy  jarayon  natijasida  kletchatka  ancha  yumshaydi, 
oziqa  yeyish  uchun  qulay  va  xushxo‘r  bo‘ladi.  Buning  uchun    har  bir  fermer 
xo‘jaligida  dag‘al  xashaklarni  ishlab    beradigan  kichik  sexlar  qurilishi  taqozo 
etiladi.  
Somon  va  poxolni  ishlab    berilsa,  ular  hayvonlar  tomonidan  to‘liq 
yeyilmaydi  (nushxur chiqadi) hamda hayvon oshqozoni uni hazm qilish uchun 


 
92 
ko‘p  energiya  sarflaydi,  shuning  uchun  bunday  davrlarda  sigirlar  oziq  , 
mahsuldorligi pasayib ketadi. 
Silos, senaj 2-3 sm uzunlikda maydalanib hayvonlarga yediriladi. 
Ko‘k  oziqalar  esa  dalada  2-3  sm  uzunlikda    o‘t  o‘rish  mashinalari 
yordamida maydalanib tashib, keltirilib hayvonlarga yediriladi. 
Ildiz va tuganak mevali oziqalar qoramollar uchun (PRK-5.) qurilmalarida 
yuvib,  maydalanib  yediriladi.  Sigirlarga  tozalangan  lavlagini  butunlay  bermasa 
ham yaxshi  iste’mol qiladi.  
Cho‘chqalarga tuganak mevalar (kartoshka ) albatta pishirib beriladi. 
Oziqa polizi hayvonlarga maxsus qurilmalarda maydalanib yediriladi. 
Don  oziqalar  asosan  maydalanib  yediriladi    faqat  cho‘chqalarga  donlar 
maydalanib, pishirib beriladi. 
Kichik  parrandachilik  korxonalari  va  fermer  xo‘jaliklarida  parrandalar 
namlangan oziqalar bilan oziqlantiriladi. 
Fermer  xo‘jaliklarida  qoramollarga  yaxshi  sharoit  va  mehnatni  oqilona 
tashkil  qilish  maqsadida  monokorm  (bir  xil)  oziqa    berish  yaxshi  natijalar 
bermoqda.  Buning  uchun  oziqalar  yYem,  silos,  senaj,  pichan,  somon  ,  lavlagi 
maydalanib  (Volgar-5)  yYem  bilan  aralashtirilib  5-6  soat  o‘rab  qo‘yiladi. 
Natijada    dag‘al  oziqalar  yumshab,  mayinlashib  xushxo‘r  bo‘ladi.  Bunday 
oziqalar  hayvonlar tomonidan suyib iste’mol qilinadi va yaxshi hazmlanadi. 
Mehnatni  tashkil  qilish  osonlashadi,  har  bir  oziqani  alohida  tarqatish 
o‘rniga  monokormni  bir  kunda  2  marta  yedirish    mehnat  va  transport 
harajatlarini kamaytiradi. 
Qishloq  xo‘jalik hayvonlari  parrandalarini  me’yorda oziqlantirish ularning 
(salomatligini)  ko‘payish qobiliyatini va mahsuldorligini  ta’minlashning garovi 
hisoblanadi. 
Hayvon  va  parrandalarni  yetarlicha  oziqlantirmaslik  ularning  ozib, 
ko‘payish va  mahsuldorligiga, salomatligiga  salbiy ta’sir etadi. 
Me’yordan  oshiqcha    oziqlantirish  ularni  ortiqcha  sYemirishga  sabab 
bo‘lib, ko‘payish qobiliyati va mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. 
Zootexnikaviy  va  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  me’yorda  oziqlantirish 
hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligi garovi hisoblanadi. 
Oziqlantirish    me’yori hayvonning sog‘lom bo‘lishi, ko‘payish qobiliyati 
va mahsuldorligini ta’minlash uchun zarur to‘yimli moddalarga talabiga aytiladi. 
Me’yor  hayvon  yoki  parranda  turi,  yoshi,  mahsuldorligi  va  fiziologik 
holatiga ko‘ra o‘rnatiladi. 
Hayvon  va  parrandalar  talabi    detallashtirilgan  me’yorlar  22-30  gacha  
ko‘rsatkichga ko‘paytirilgan. 
Oziqlantirish  me’yorlari  hayvonlar  ratsionini  majmua    baholashni  talab 
etadi. 
Ratsion  –  hayvonlar  salomatligi,  yuqori  mahsuldorligini  va  sifatini 
ta’minlovchi, ularning to‘yimli va biologik faol moddalarga talabini qondiruvchi 
oziqa miqdori va sifatidir. 


 
93 
Me’yorda  oziqlantirish    hayvonlar  turi,  jinsi,  yoshi,  fiziologik  holati, 
mahsuldorligiga  ko‘ra  energiya,  asosiy  to‘yimli  protein,  ayrim  aminokislotalar, 
uglevod, yog‘lar, mineral va vitaminlarni quruq moddalar tarkibida belgilangan 
miqdorda bo‘lishini ta’minlash.  
Turli tur, jins,yosh, mahsuldorligi ishlatish  va saqlash  sharoitlariga qarab 
energiyaga bo‘lgan talabi har xil bo‘ladi.  
Oziqalar  energetik  qiymati  1  kg  oziqa  quruq  moddasining    tarkibidagi 
almashinuvchi energiya yoki oziqa birligi bilan ifodalanadi . 
Oziqalardan  olgan  energiyani  hayvonlar  va  parrandalar  modda 
almashinuvi,  tana  harorati  saqlash  a’zolari  faoliyati  va  mahsulot  ishlab  
chiqarishga sarflaydi. 
Oziqlantirish  me’yorlarida  energiyaga  talab  umumiy  qilib  berilgan,  aslida 
hayvonlarni    hayotini  saqlab  turishi  va  mahsuldorligiga  bo‘linadi.  Bir  xil 
hayvonlarning  turli mahsuldorligiga qarab energiyaga talabi o‘zgaradi . Yuqori 
mahsuldorlik  ko‘p energiyani talab etadi. Sigirni hayotini saqlashi uchun kuniga 
4,7  oz.  birligi  kifoya,  1  kg  sut    uchun  0,5  oz.  birligi  sarflanganda  10  kg    sut 
beradigan sigirga 9,7 oz. birligi, 20 kg sut beruvchi  sigirga esa 14,7 oz. birligi 
talab etiladi.  
Sigirlar mahsuldorligi  ortishi bilan hayotini saqlab turishi va mahsuldorligi 
uchun sarflangan energiya 1:1 dan 1:3 gacha ortishi mumkin.  
Hayotini saqlab turish bo‘lgan energiya asosan tirik vaznga  bog‘liq, vazni 
kichik  hayvonlar  kamroq  energiya  sarflaydi,  shuning  uchun  sutdor 
qoramolchilikda bu  ko‘rsatkichga  e’tibor beriladi (sutdorlik koeffitsienti). 
Hayvonlar  energiya  bo‘lgan  talabi,  ob-havo,  oziqlantirish,  saqlash 
foydalanishga qarab o‘zgarishi  mumkin. 
Hayvon  va  parrandalar  me’yoriy  mikroiqlim  sharoitlarini  yaratib  berish 
energiya sarfini kamaytiradi va ijobiy  samara beradi. 
 Sigirlar 1 kg 4% yog‘ligidagi sut ishlab, chiqarishlari uchun 0,5 oz. birligi, 
5,7 mDj almashinuvi energiya, yosh qoramollar esa 1 kg vazn  qushishiga 5 oz.  
birligi yoki 57 mDj sarflaydi. 
 Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda quruq modda va uning sifati 
muhim  o‘rin  tutadi.  Quruq  modda  iste’mol  qilinishiga  oziqa  sifati  va  uning 
yedirishga  tayyorlash,  hayvonning  mahsuldorligi  va  fiziologik  holati,  quruq 
moddada    almashinuvchi  energiyaning  yig‘indisi      va  ratsion  turiga  bog‘liq 
bo‘ladi. 
Ratsion  tarkibi  –  alohida  va  bir  guruh  oziqalarning    to‘yimligi  bo‘yicha    
foizdagi   ifodasiga aytiladi . 
Hayvonlarning    quruq  moddalarga  talabi  bir  oziqa  birligiga  yoki  100  kg 
tirik vazniga keladigan miqdori bilan belgilanadi. 
Oziqalar  tarkibida  kletchatkani  mo‘l  bo‘lishi  uning  hazmlanishini 
qiyinlashtiradi, energiya miqdorini kamaytiradi. 
Kletchatka  miqdorini  kam  bo‘lishi  kovshovchilarga  oziqa  hazm  qilish 
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 


 
94 
Kletchatka miqdori talablar darajasida hayvonning oshqozon-ichak tuzilish 
biologik xususiyatlariga yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga mos tushishi 
kerak. 
Oziqalardagi  almashinuvchi    energiya  va  kletchatka  o‘rtasida  uzviy 
bog‘lanish  bor.    Eng  muhim    ko‘rsatkich  oziqa  quruq  moddasi  tarkibidagi  
protein miqdoriga bog‘liq. 
Ratsionda  uning  yetishmasligi  to‘yimli  moddalar  samaradorligini 
ta’minlamaydi,  oziqalar  sarfi  20-50%  ortib  ketadi,  proteinga  talab  turli 
hayvonlarda yoshda va  fiziologik holatda o‘zgaradi. Sog‘in va  bug‘oz sigirlar,  
nasldor erkak hayvonlarining qochirish mavsumida proteinga talabi ortadi. 
Qishloq  xo‘jalik  hayvonlari  ratsioni  xom  va  almashinuvchi  protein, 
parrandalarda esa xom protein bo‘yicha tenglashtiriladi. Protein 1 kg oziqa yoki 
1 oz. birligi tarkibidagi miqdori bilan belgilanadi. 
Kovshovchi     hayvonlarda protein va uning katta qorinda erishi  oqsilsiz 
azotsiz birikmalari  nisbati  inobatga   olinadi. Katta  qorinda bakterial oqsil hosil 
bo‘lishi,  kovshovchilarda  ratsionlarni  aminokislotalar  bilan  tenglashtirish  shart 
Yemas. 
Kovshovchilarda ratsion barcha  to‘yimli moddalar bilan tenglashtirilganda 
proteinga  bo‘lgan    talabni  25-30%  oqsilsiz  azotli  birikmalar  hisobida 
qondirilishi mumkin. 
Cho‘chqalarda  xom va hazmlanuvchi proteindan tashqari lizin,metionin va 
sistin nazorat qilinadi. 
Parrandalar  ratsioni  protein  bilan  birga  asosiy  o‘rinni  almashmaydigan 
aminokislotalar  lizin,  metionin,  triptofan,  arginin,  gistidin,  leysin,  izoleysin, 
fenilalanin, treonin, valin va  glisin bo‘yicha tenglashtirilishi shart.  
 Kovshovchilar  qand  va  kraxmal  protein  bilan  ma’lum  nisbatda  bo‘lishi 
kerak, yoki qand  - protein nisbati 0,8-1,0 ni tashkil qiladi. 
Xom yog‘ qoramollarda 20 kg gacha, yosh cho‘chqalarda  va parrandalarda 
tenglashtiriladi.  Parrandalarda  albatta  o‘rni  almashmaydigan  yog‘  kislotalari 
ham  nazorat qilinadi.  
Mineral  moddalar  hayvonlar  ratsionida  ularning  turi,  yoshi,  jinsi, 
mahsuldorligi  va  fiziologik  holatiga  qarab  tenglashtiriladi,  makro  va  mikro 
elYementlar me’yorlashtiriladi. 
Barcha  qishloq  xo‘jalik  hayvonlari  ratsionlari  osh  tuzi  ,  kaliy  va  fosfor, 
qoramollar  ratsioni  qo‘shimcha  magniy,kaliy,  oltingugurt,  qo‘ylar  ratsioni  
magniy va oltingugurt, otlarda magniy bilan tenglashtiriladi.  
MikroelYementlardan tYemir, mis, rux, kobalt, marganes va yod inobatga 
olinadi. 
Barcha  mineral  moddalar  me’yor  talablari  darajasida  bo‘lishi shart, uning 
kam  yoki  ko‘p  bo‘lishi  modda  almashinuviga  salbiy  ta’sir  qilib  hayvonlar 
mahsuldorligi va  salomatligini pasaytirib yuboradi.  
Turli  qishloq  xo‘jalik  hayvonlarining    vitaminlarga    talabi  farqlanadi. 
Qoramollarda  –  karotin,  vitamin  D,  Ye;  qo‘ylarda  –  karotin,  vitamin  D, 


 
95 
qo‘chqorlarga  qo‘shimcha  Ye  vitamini;    cho‘chqalarda  karotin  A,  D,  Ye  va  B 
guruh vitaminlari;    otlarda  – karotin, A, D
3
, Ye, B
1
, B
2
,B
3
, B
4
, B5, B
6
, Bs, B
12
 
vitaminlari;  parrandalarda    A,  D,  Ye,  K,  B
1
,  B
2
,B
3
,  B
4
,  B
5
,  B
6
,  B
s
,  B
12
  va  S  
vitaminlari me’yorlashtiriladi. 
Har bir  jins va yoshdagi hayvonlar  guruhlariga me’yor chegarasida hafta 
yoki 10 kunga ratsion tuziladi, chunki shartlar ish muddatda o‘zgarishi  mumkin, 
ya’ni hayvon holati  yoki oziqa  turi. 
 Qishloq  xo‘jalik  hayvonlari  uchun  muayyan  sharoitda  tenglashtirilgan  va 
tenglashtirilmagan  ratsionlar tuziladi. 
Tenglashtirilgan    ratsion  barcha  me’yor  ko‘rsatkichlarini  ta’minlab, 
belgilangan mahsuldorlikka erishadi.  
Ratsion    tuzganda  oziqalar  sifati  va  yeyilishini  inobatga    olish  kerak,  aks 
holda hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketadi. 
Ratsionda  ayrim  tur  oziqalar  nisbati  uning  tipi  deyiladi.  Ratsion  tipi, 
hayvon turi, yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligi hamda mahalliy oziqalarni 
inobatga olgan holda belgilanadi. Qaysi oziqa nisbati ko‘p bo‘lsa shu oziqa nomi 
bilan nomlanadi. Sigirlarda silos-senaj, silos-ildizmeva va hokazo. 
Turli  hududlarda  iqlim,  tuproq,  oziqalar  turi,  hayvonlar  turi  va 
mahsuldorligiga  qarab  aniq  oziqlantirish  tizimi  yaratilishi  kerak,  unda  asosan 
xo‘jalikda yetishtirilgan arzon oziqalardan foydalanishni  ko‘zda  tutish kerak. 
Me’yorlashtirilgan oziqlantirishning asosiy maqsadi har bir guruh hayvonni 
me’yorlar    asosida  oqilona oziqlantirish bilan  yuqori  mahsuldorlikka    erishish, 
hamda  ularni  turli  yuqumsiz  kasalliklarga  chalinishini  oldini  olishni  taqozo 
etadi. 
Oziqalar  sifati  andozalar  hamda  laboratoriya  tahlillari  asosida  belgilanadi. 
Shu  bois  har  bir  katta  guruh    (g‘aram,  xandak)  oziqalarni  yedirish 
boshlanishidan oldin laborator tahlilidan o‘tkazish  tavsiya etiladi. 
Oziqalar  to‘laqiymatliligi  hayvonlarning  yuqori  mahsuldorligi,  sog‘ligi  va 
yuqori darajadagi ko‘payish qobiliyatida o‘z aksini topadi. 
Oziqlantirishning    to‘laqiymatligi  yana  hayvonlarning    ushbu  oziqalarni 
ishtaha  bilan  yeyishiga  bog‘liq,  hayvonlarga  suv,  tuz  yetishmaganda  ishtahasi 
yomonlashadi va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo‘ladi. 
Ratsion  to‘laqiymatliligini  hayvonlar  qoni  chiqindilari  va  mahsulotlarini 
bioximik  tahlili  asosida  xulosalar  qilishi  mumkin.    Hayvonlarda  protein 
almashinuvi  buzilishining  belgisi  qonda  oqsil  va  uning  fraksiyalari, 
gYemoglobin  va  metagYemoglobin,  mochevina  paydo  bo‘lishidan  anglash 
mumkin. 
Qonda  glyukoza  va  glikogenning  kamayishi  uglevod  almashinuvi 
buzilishidan  dalolat  bo‘ladi.  Yog‘  almashinuvi  buzilishi  qonda  keton 
tanalarining sonini me’yoridan ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. 
Mineral  moddalar  me’yori  buzilishini  qonning  kislota-ishqor  nisbatidan  
bilib olsa bo‘ladi. 


 
96 
A-  vitamin bilan ta’minlanganlikni  qonda, sutda va  tuxumda karotin  va  A 
vitamini borligiga qarab aniqlanadi.  
Urg‘ochi hayvonlarda A vitaminni yetishmovchiligi jinsiy faoliyatga salbiy 
ta’sir ko‘rsatib, otalanish qiyinlashadi. 
Erkak hayvonlarda A va Ye vitaminning yetishmasligi jinsiy faoliyatining 
susayishi,  urug‘  hajmining  kamayishi  va  urug‘da  patologik  jarayonlarda 
kuzatiladi. 
Yosh hayvonlarda karotin va V vitamini yetishmasligi oziqa hazm qilishni 
buzadi.  
Tuxumlaydigan    tovuqlar  ratsionida  vitaminlar  yetishmasligi  tuxumning 
inkubatsiyalanish  sifatlariga,  jo‘ja    chiqishi  va  saqlanuvchiligiga  salbiy  ta’sir 
qiladi. 
Ratsionlarni    doimiy  tahlil  qilib  borish  uchun  hayvonlar  qoni  va 
mahsulotlarining  muntazam  biokimyoviy  tahlil  qilib  borish,  zarur  hollarda 
tezkor choralar, ya’ni ratsionlarga o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish