Yosh qoramollarni oziqlantirish.
103
Qoramollar
podasini
sermahsul,
baquvvat,
sog‘lom,
mustahkam
konstitusiyali hayvonlar bilan to‘ldirishining asosini yosh nasldor qoramollarni
o‘stirish hisoblanadi. Uning asosini oziqlantirish tashkil qiladi.
Yosh qoramollarni oziqlantirish xo‘jalikning yo‘nalishi, oziqalar bilan
ta’minlanganligi, iqtisodiy talablar asosida quriladi.
Qoramollarning yosh paytida jadal o‘stirish, oshqozon-ichak tizimini
hajmi bo‘lishini ta’minlash samarali hisoblanib, kelgusida sermahsul hayvonlar
yetishtirishga garov bo‘ladi.
Yosh qoramollar vazn o‘sishi tarkibi yoshi ulgayishi bilan o‘zgarib boradi.
Sut davrida buzoq vazni tarkibida ko‘proq suv, protein va kam miqdorda yog‘
to‘planadi; keyingi davrlarda suv nisbati kamayib yog‘ nisbati ortib boradi.
Yosh qoramollarga beradigan oziqalar hayvonning hayotini saqlash va
kunlik o‘sishni ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Yosh qoramollarning energiyaga bo‘lgan talabi yoshi, jinsi, o‘rtacha
kunlik vazn ortishiga qarab 24 ko‘rsatgich bo‘yicha detallashtirilgan me’yor
asosida oziqlantiriladi.
Erkak nasldor tanalarining kuniga 850-950 g vazn qo‘shishi, 16 oyligida
450-500 kg, urg‘ochi tanalarining esa 500-600 g vazn qo‘shishi 18 oyligida
300-350 kg bo‘lishini ta’minlashi shart.
Yosh qoramollarni yoshi ulg‘ayishi bilan energiyaga bo‘lgan talabi ortib
boradi , 1-3 oyligida 1 kg vazn ortishiga 3,0- 4,2 oz. birligi; 7-9 oyligida - 6,3-
7,4 oz.birligi; 13-18 oyligida esa 9,5-12,3 oz.birligi talab etiladi .
100 kg tirik vazniga esa yoshi ulg‘ayishi bilan quruq modda sarfi kamayib
boradi, urg‘ochi tanalarda 7-12 oyligida 2,4-3kg ,13-18 oyligida -2,1-2,5kg;
erkak tanalarda esa 7-12 oyligida -2,2-2,8kg, ,13-16 oyligida esa 2,0-2,2 kg ni
tashkil etadi.
Yosh qoramollarning oziqlanishi xususiyati yoshi ulg‘ayishi bilan o‘zgarib
boradi. Yosh qoramollarni o‘stirish 3 davrga bo‘linadi: yangi tug‘ilganlik davri-
hayotning birinchi 10-15 kuni; sut davri - 4-5 oylikkacha; sut davridan keyingi
davr - 16-18 oyligigacha, shu davrga kelib urg‘ochi tanalar jismoniy balog‘atga
erishadi. Yaxshi rivojlangan erkak nasldor buqachalarni 12-14 oyligidan podani
qayta tiklashda foydalanish mumkin.
Yosh qoramollarni me’yorda protein bilan ta’minlash ularning o‘sish va
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi .
Hayvon hayotini saqlab turish uchun 100 kg tirik vazniga 60 g
hazmlanuvchi protein ,1 kg vazn ortishi uchun esa 500 g hazmlanuvchi protein
iste’mol qilish kerak.
Ikki oyligigacha buzoqlar asosan sut mahsulotlari va iste’mol qilib, keyin
uni nisbati kamaytirilib o‘simlik oziqalar ko‘paytiriladi, chunki old oshqozonlar
rivojlanib mikroorganizm va info‘zoriyalar o‘simlik proteinlardan to‘laqiymatli
oqsillar sintez qila boshlaydilar.
104
3 oylikgacha ratsion tarkibidagi quruq modda tarkibida 6-12%, 4-6
oyligida 16-18%, 7-12 oyligida 20-22% va 13-24 oyligida 22-24% kletchatka
bo‘lishi talab etiladi.
Quruq modda tarkibida qand 3 oyligida 15-16,5%, 6 oyligida 8,0-9,5%, 7-
12 oyligida 6,5-9,0, 13-24 oyligida esa 6,5-8,5 %ni tashkil qiladi yoki quruq
modda tarkibida kletchatka nisbati ortib qand miqdori kamayib boradi.
Buzoqlarga ichiriladigan sutning tarkibidagi yog‘ning miqdori 3,5-4,0%
bo‘lishi kerak.
Turli xo‘jaliklarda 1 bosh buzoqqa sarflanadigan sut yog‘ining miqdori 8-
18 kg ni tashkil qiladi.
Buzoqlarning yoshi ulg‘ayishi bilan yog‘ga bo‘lgan talab oshadi. Bir
oyligida ratsion quruq moddasida 22-24% yog‘ bo‘lsa, 6 oyligida 5,0-5,5%.
Undan keyingi yoshlarda esa 3% dan oshmaydi.
Yosh qoramollar vazn oshishi tarkibida 4% mineral moddalar tashkil
qiladi. 6 oyda buzoqlar tanasida 6, bir yilda 9-10 kg mineral moddalar
to‘planadi.
Sut tarkibidagi mineral moddalar yaxshi o‘zlashtiriladi (86-97%).
Yosh qoramollarni oziqlantirishda mikroelYementlar alohida o‘rin tutadi,
ular modda almashinuvi, mahsuldorlik, oziqalar hazm bo‘lishi va
o‘zlashtirilishiga ta’sir etadi.
MikroelYementlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun ratsionning 1 kg
quruq moddasi hisobiga 50-80 mg tYemir, 5-10 mg mis, 30-60 mg rux, 30-60
mg marganes, 0,4-0,7 mg kobalt va 0,2-0,6 mg yod to‘g‘ri kelishi kerak.
Yosh qoramollarning me’yorda o‘sishi ular ratsionida yetarli miqdorda Ava
D vitaminlari, hamda old oshqozonlarida mikroorganizmlar faoliyati yetarli
bo‘lmaganda B guruh vitaminlari bo‘lishi talab etiladi.
Vitaminlar manbai bo‘lib sut davrida, keyin o‘simlik oziqalari hisoblanadi.
6 oylikkacha 1 kg ratsion quruq moddasi tarkibida 26-37 mg, undan keyingi
davrda esa 22-25 mg dan kam bo‘lmagan vitamin A bo‘lishi kerak.
Quyosh nurida yayratilmagan buzoqlar 2-3 oydan keyingi raxit kasalligiga
uchraydi. Shu bois yoz oylarida 8 soatdan kam bo‘lmagan yayratish, qish
paytida esa ratsionga qo‘shimcha 0,6-0,9 ming XB vitamin D
6
oylikkacha,
keyinchalik esa 0,4-0,5 ming XB berib turiladi.
Sut davrida 6-8 kun onasining ug‘iz suti, keyin umumiy qaymog‘i
olinmagan sut beriladi.
Sut davrida o‘sish jadalligiga qarab urg‘ochi buzoqlarga 180-350 kg
qaymog‘i olinmagan va 200-600 kg qaymog‘i olingan sut ishlatiladi. Iloji bor
xo‘jaliklarda qaymog‘i olinmagan va olingan sutni tejash maqsadida sun’iy sut
ichirish yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari buzoqlarga sut chiqindilari
(ayron, zardob) berish ularning o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
15-20 kunlikdan buzoqlar o‘simlik (sifatli pichan), yYem va 1 oy oxiridan
boshlab shirali oziqalar yeyishga o‘rgatiladi. Ular keyichalik o‘simlik
oziqalariga erta o‘rgatilsa oshqozon-ichak tizimining jadal rivojlanishiga sabab
105
bo‘ladi. Ko‘proq sut va yYem oziqalar berish esa ularning rivojlanishini
susaytiradi. Barvaqt pichan berish ularda kovsh qaytarilishini 20-25 kunda
paydo bo‘lishini ta’minlaydi, vaholanki, 1,2-2 oyligida ular kunning 4-5 soati
kovsh qaytarishga sarflaydi.
Buzoqlarni yoshligidan shirali oziqalarni yeyishga o‘rgatish kerak. 2-3
oylikdan buzoqlarga sifatli 6 oy mobaynida silos, senaj, lavlagi, yozda esa ko‘k
o‘tlar yediriladi.
Buzoqlarni qat’iy xo‘jaliklarda qabul qilingan tartib asosida oziqlantiriladi.
Sut va sut oziqalari buzoqlarga 37-39 ◦S haroratda ichiriladi, sovuq holda
ichirish oziqa hazm qilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sut oziqalari buzoq oshqozoniga kichik qismlarda tushishi kerak, birdan
ko‘p ichsa sut shirdonda ivib keyin hazmlanadi.
Buzoqlarda oziqalar hazmlanishi yaxshi bo‘lishi uchun ularni me’yordan
ko‘p oziqlantirmaslik va yangi oziqalarni sekin – asta kiritish kerak.
6 oy mobaynida urg‘ochi buzoqlarga 180 dan 350 kg gacha qaymog‘i
olinmagan va 200-600 kg qaymog‘i olingan sut ichirish rejalashtiriladi.
Ko‘pchilik xo‘jaliklarda sut o‘rniga sun’iy sut ichirish mumkin (21-24 kg quruq
kukun).
Buzoq yoshi ulg‘ayishi bilan sut oziqalarining nisbati ratsionda kamaytirib,
yYem va hajmli oziqalar ko‘paytirib boriladi.
Sutning 1 kg quruq moddasida 2,7-2,9 oziqa birligi bo‘lgani holda, yYem
quruq moddasida esa 1,1-1,3 oziqa birligi bor xolos, shuning uchun ratsion
to‘yimliligini ta’minlashda ushbu holni inobatga olish kerak. Dastlab buzoqlarga
donlar aralashmasidan yYem qilib berish, yoki zavodlar chiqargan omixta yYem
berish mumkin. Bunday omixta yYemning 1 kg da 1,26 oziqa birligi, 180 g
hazmlanuvchi protein bo‘ladi.
Oziqlantirish sxYemasiga binoan buzoqlarga 6 oylikkacha 260 kg pichan,
400 kg silos yoki shunga teng to‘yimlilikda senaj, 160-180 kg yYem sarflanadi.
Yoz paytida esa pichan, senaj, silos urniga ko‘k oziqalar yediriladi.
Nasldor erkak buzoqlarni o‘stirishda kuniga 750-1000 g sYemirishini
ta’minlash ko‘zda tutiladi, 6 oyda bir boshiga 320-450 kg qaymog‘i olinmagan,
600-1000 kg qaymog‘i olingan, 220-230 kg pichan, 200 kg silos, 100-200 kg
lavlagi va 195-200 kg yYem; yozda esa pichan, senaj, silos, lavlagi o‘rniga 800-
900 kg ko‘k oziqa beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |