Oziqa hayvon yog‘i. Go‘sht korxonalarida yeyish uchun yaroqsiz
nimtalardan olinib, mol cho‘chqa, qo‘y yog‘idan iborat bo‘ladi. Bunday yog‘lar
yog‘li sut almashtiruvchi (ZSM) ishlab chiqarishda va parrandachilik
fabrikalarida tovuqlarga va broyler jo‘jalariga ratsion to‘yimliligini ko‘tarish
uchun qo‘shib beriladi.
Pat uni. Parrandalarni qayta ishlash fabrikalari chiqindisi qanot va dum
patlari kislotalar ta’sirida, bosim ostida yuqori haroratda qayta ishlanadi. I nav
shunday unda 70% protein, 3% yog‘, 12% kul bo‘ladi, yoki 1 kg da 0,8 oz.
birligi va 500 g hazmlanuvchi protein mavjud. Bunday un omixta yYemlarga
qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |