5.2.2rasm. Axaltaka zotli ayg‘ir.
Bu otning shakllanishi ming yillar davomida issiq iqlim sharoitida
maqsadli tanlash va juftlash asosida amalga oshirilgan.
Ushbu zot otlari o‘z vaqtida Hindiston, Afg‘oniston, Olmoniya va Angliya
davlatlariga olib ketilgan va u Eron, Qorabog‘, Angliya va Traken zotlarini
yaratishda qatnashgan. Axaltaka oti yengil, abjir boshga ega bo‘lib ustki qismi
to‘g‘ri, bo‘yni uzun, yupqa va tik qo‘yilgan, qarchig‘ayi uzun va baland bo‘ladi.
Lekin beli uzun va nozik, sag‘ri biroz yassi, ko‘kragi uzun, lekin tor, oyoqlari
ingichka mustahkam bo‘lib, paylari bo‘rtib turadi.
Asosan to‘riq, saman va ko‘k tusda bo‘ladi. Biyalarining yag‘rin balandligi
154 sm bo‘lib, tana uzunligi 172 sm va kaft aylanasi 18,7 sm bo‘ladi.
Ushbu zotga mansub otlar rejali bo‘lib asosan ot sportida foydalaniladi.
228
Do'stlaringiz bilan baham: |