Sof zotli salt miniluvchi ot zoti - XVII-XVIII asrlar davomida Angliyada
mahalliy biyalarni arab, turk, turkman va varvar otlari bilan chatishtirish
natijasida keltirib chiqarilgan. Uning keltirib chiqarishda asosan chopqir otlarga
bo‘lgan talab sabab bo‘lgan. Bu zotli otlar hozirgi kunda jahonning barcha
mamlakatlarida muvaffaqiyat bilan urchitiladi. Ushbu zot ayg‘irlari Ovrupa va
Amerikada qator ot zotlarini yaratishda qatnashgan. Tusi asosan saman va to‘riq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |