D-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to`lovlar»-332727,2 so`m K-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar»- 332727,2 so`m.
6. Ish haqidan ajratma va to`lovlar hisobi
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi:
daromad solig`i;
kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);
xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo`yicha to`lovlar;
alimentlar;
kreditga sotilgan tovarlar uchun to`lovlar va boshqalar.
Korxonada bajarilgan ish uchun pul yoki natura shaklida daromad oluvchi barcha xodimlar daromad solig`i to`laydi. Ushlanadigan soliq miqdori 2019 – yil 1 – yanvarga qadar qonunchilikka binoan quyidagi shkala yordamida aniqlanar edi:
4 – jadval
Soliqqa tortiladigan daromad miqdori
|
Soliq summasi
|
Eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha
|
daromad summasining 7.5 foizi
|
Eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridan (+1 so`m) o`n baravari miqdorigacha
|
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq+besh baravardan oshadigan summaning 16 foizi
|
Eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridan (+1 so`m) va undan yuqori miqdoridan
|
eng kam ish haqining o`n baravari miqdoridan olinadigan soliq+o`n baravardan oshadigan summaning 22 foizi
|
Hozirgi kunda esa, ya’ni 2019 – yil 1 – yanvardan bu shkala bekor qilinib, yagona soliq stavkasi joriy qilingan bo`lib, u har oyda olinadigan daromadning 12 foizini tashkil etadi.4
Misol. Aytaylik, hodimning ish haqi miqdori 3500000 so`mni tashkil etadi. Unga berilgan moddiy rag`batlantirish summasi esa 2500000 so`m.
Daromad soli`gini hisoblash uchun umumiy daromad summasini topib olamiz – 6000000 so`m (3500000+2500000)
Daromad solig`ining sof summasini hisoblashda daromad soli`g`I summasidan daromaddan shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasiga ajratiladigan 0.1 % ni ayirib tashlash lozim.
Daromad solig`i = 714000 (6000000*12%)-(6000000-0.1%)
Yuqoridagi muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar» - 714000 so`m
K-t 6410-«Byudjetga to`lovlar bo`yicha qarzlar»- 714000 so`m.
2019 – yil 1 – yanvariga qadar ishchi va xizmatchilarning qariligi, nogironlik hamda boquvchisini yo`qotganlik uchun nafaqa bilan ta`minlash uchun har bir korxonada Pensiya fondiga belgilangan miqdorda ajratma ajratilar edi. U ish haqidan Pensiya fondiga 8,5 miqdorida ajratma qilingan.
Amaldagi qonunchilikka binoan har bir korxona ixtiyoriy ravishda hisoblangan ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratma qilib borishi mumkin. Hozirgi kunda ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratiladigan to`lov miqdori 1ga teng.
Misol. Yuqoridagi misol bo`yicha ishchiga hisoblangan oylik maosh miqdori 6000000 so`mga teng edi. Ana shu summadan kasaba uyushmasiga qilinadigan ajratma miqdori 60000 so`m (6000000*1)ga teng. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar» - 60000 so`m
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to`lovlar» - 60000 so`m.
Ijro varaqalari asosida ba`zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. Ushlab qolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e`tiboran 3 kun ichida aliment undiruvchiga berishi yoki pochta orqali jo`natishi lozim. Agarda aliment undiruvchining manzili noma`lum bo`lsa, u holda ushlangan aliment summasi sudning depozit hisobvarag`iga o`tkaziladi.
Misol. Oktabr oyida ish haqidan 1000000 so`m miqdorida aliment ushlandi va ushbu summa aliment undiruvchiga yetkazildi. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar» - 1000000 so`m
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 1000000 so`m.
Agar korxona savdo tashkiloti bilan bank krediti hisobidan korxona xodimiga kreditga sotilgan mollar uchun ariza-majburiyatning hamma summasiga savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilgan bo`lsa, bunday mollar uchun pul ushlab qolish mumkin.
Bunday muomalalarni hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimlarning qarzlari» hisobvaraYOi tayinlangan. Bu hisobvaraq aktiv bo`lib, uning qoldig`i korxonaga qaytarilmagan kredit bo`yicha xodimlarning qarzini ko`rsatadi, debet oboroti bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq majburiyat summasini, kredit oboroti esa qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko`rsatadi.
Ishchilarning kreditga tovar olishi munosabati bilan bankdan kredit olinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810, 7810.
Ishchilarning ish haqidan kreditni uzish bo`yicha ushlanmalar qilinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6710-«Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimlarning qarzlari».
Ushbu ushlanmalar kreditni so`ndirishga yo`naltirilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6810, 7810
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi.
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusdagi to’lovlar, shu jumladan:
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;
smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to’lanadigan yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;
mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to’lovlar;
xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to’lanadigan summalar;
ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to’lash;
ishlamagan vaqt uchun haq to’lash:
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to’lash;
donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash;
xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi.
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |