MULOQOTDA PSIXOLOGIK TA’SIR VOSITALARI
Har bir kishining o‘z «Men«i atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi.Shu sababli psixologik ta’sir ko‘rsatish suhbatdoshining hissiyotlari,fikrlari va xatti-harakatlariga qanday ta’sir etayotganligi bilan muhimdir. Muloqot davomida psixologik ta’sirning uch vositasini kuzatish mumkin. Birinchidan, so‘z orqali muomala jarayonidir. Monologik nutq va dialogik nutqda odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanishi, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, suhbatdoshiga ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Ikkinchidan, nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ovoz ohangidir. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar orqali suhbatdoshning qay darajada samimiyligini bilish mumkin. Ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Sizga albatta yordam beraman!», deb aytilgan fikrga tez ishonish mumkin. Uchinchidan, nutqsiz- mimika (imo-ishora), pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilish tushuniladi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, yaqin kishingiz sizga 12 qaramasdan, chehrasini ochmasdan atrofga alanglab, «Ko‘rishganimdan xursandman», deb aytsa ishonchli bo‘lmaydi, albatta.Suhbat davomida insonlar ko‘proq tashqi qiyofadagi imo-ishoralarni ta’siri kuchli ekanligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Keyinchalik suhbat oxirida suhbatdoshiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishi mumkin. Albatta, insonning fikr-mulohazasiga qarab ma’lum bir munosabat paydo bo‘ladi. Xalq ichida yurgan bir maqolni keltirib o‘tish joiz bo‘ladi. “Tashqi ko‘rinishga qarab kutib olishadi, fikrga qarab kuzatishadi”. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Muloqotda ta’sirning adresati ham muhim o‘rin tutadi. Ta’sirning adresati - muloqotda ta’sir yo‘naltirilgan suhbatdoshdir. Ta’sirning tashabbuskori suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga oladi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |