Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya


MULOQOTDA NUTQNING TURLARI VA FUNKSIYALARI



Download 3,48 Mb.
bet73/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

MULOQOTDA NUTQNING TURLARI VA FUNKSIYALARI
Yuqorida aytganimizdek, muloqotda biz tildan foydalanamiz. Til muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Negaki, til shu maqsad uchun tanlangan so‘zlar mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda axborotni berayotgan kishi ham, uning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini tushungan va shu axborot asosida o‘z xulq–atvorini o‘zgartirgan, bu axborotni 21 qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. Agar kodni tushunmaganda edi, tomonlar bir–birini tushunmas va noto‘g‘ri xatti–harakatlar qilgan bo‘lur edi. Masalan, qadimgi Vavilondagi minora qurilishi. Nutq – bu og‘zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida muloqot o‘rnatish jarayoni demakdir.
Ijtimoiy tajribada biron–bir mazmunni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirilib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar–soqov kishilarda ma’lum bir mazmunga ega bo‘lgan imo–ishoralar vositasida almashtirilishi mumkin. Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va og‘zaki nutq. O‘z navbatida og‘zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga bo‘linadi. Og‘zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya’ni biror narsani muhokama qilayotgan suhbatdoshlar nutqidir. Og‘zaki nutqning ikkinchi turi monolog nutq bo‘lib, uni bir kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi. Bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining kenggaytirilgan javobi, ma’ruza va shu kabilar kiradi. Dialogik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo‘lishi, grammatik qonunqoidalarga rioya qilishdir.
Odamlar muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgi, ohanglardan ham foydalanadilar. Dialogik nutqda til qoidalariga unchalik rioya qilinmasa ham, suhbatdoshlar bir–birlarini tushunaveradilar. Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajribalarni avloddan-avlodga to‘lasincha yetkazish imkoni tug‘ildi. Yozma nutq ham dialog va monolog shakllarida uchraydi. Nutqning nerv – fiziologik mexanizmini eshitish harakat analizatorlarini tashkil etadi. Chunki axborotni qabul qilish va uni boshqalarga berish uchun, avvalo, eshitish analizatorlari yaxshi ishlashi kerak. Gapirayotganda esa o‘pka, og‘iz muskullari faol harakatga keladi. Ayniqsa, artikulyatsion apparat yaxshi ishlashi kerak. Buning faoliyatisiz birorta harf yoki so‘z hosil bo‘lmaydi. Nutqning nerv–fiziologik mexanizmlarini bosh miyadagi nutq markazlari ham tashkil etadi.
Olimlarning, ayniqsa, A.R.Luriyaning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, bosh miyadagi nutq markazlari ishdan chiqsa, nutqni tushunish yoki nutq so‘zlash birdaniga izdan chiqar ekan. Biz o‘zaro muloqotda til, nutqning o‘zidangina foydalanib qolmasdan, balki qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo–ishora, ohang, pauza, kulgi, ko‘z yoshi qilish va shu kabilardan ham foydalanamiz. Bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar tizimini tashkil etadi. Eng muhimi, kishi nutqni tarbiyalash bo‘yicha oldiga aniq maqsad qo‘yishi va ana shu maqsad asosida qat’iy mashqlar olib borishi lozim. Masalan, kishi adabiy tilda so‘zlashga o‘rganishni o‘z oldiga maqsad 22 qilib qo‘ygan bo‘lsa, faqat dars paytidagi javoblaridagina emas, har qanday sharoitda, har bir kishi bilan bo‘lgan muloqotda ham o‘zining gaplarini nazorat qilib borishi, shevachilikka yo‘l qo‘ymasligi lozim. O‘z–o‘zini nazorat qilish bo‘lmasa, kishi hech qachon nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallay olmaydi, u notiq bo‘la olmaydi. Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til meyorlariga mosligidir. Adabiy til meyori ko‘p tarmoqli bo‘lgani uchun, nutqning to‘g‘riligi bir qancha shartlarni o‘zida qamraydi. To‘g‘ri nutq o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yaratilishi, grammatik (morfologik, sintaktik, uslubiy) meyorlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. Bularning birontasidan biroz chetlashgan nutq ham to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish