Yangi ijtimoiy rollarning o`zlashtirilishi. Ba`zi mualliflarning fikricha, er-xotinlik va ota-onalik funktsiyalarini o`zlashtirish yoshlik davridagi eng muhim vazifalardan biridir. Odatda, ko`pchilik nikohlar yoshlik davrida quriladi.
Mutaxassislarning fikricha, agar yoshlar 19 yoshdan 28 yoshgacha oila qurmagan bo`lsalar, keying yillarda bu mushkullashadi.
Oilaviy munosabatlarni qurish psixologik, ijtimoiy, fiziologik jabhada vazifalarni hal qilishni taqozo etadi.
Psixologik tomondan umumiy psixologik maydonni qurish vazifasi turadiki, u hech kimning individual maydonini buzmasligi kerak. Bu esa o`zini va boshqalarni bilish, yaqin insoniga o`z ta`sirini kuchi va meyorini anglashni talab etadi.
Ijtimoiy jihatdan oila qurish yangi jamiyatning tug`ilishi bo`lib, uning har bir a`zosining individual xususiyatlarini inobatga olishni ko`zda tutadi. Ideal oiladan mexanik ravishda nusha olish (masalan, ota-ona oilasi) o`zining shaxsiy rivojlanish yo`lidan chalg`itadi.
Fiziologik jabhadagi asosiy vazifa er-xotinning bir-biriga moslashishi.
Yoshlik davridagi qiyinchiliklar yoshlarning ota yoki ona bo‘lishi bilan bo`g`liq bo`lishi ham mumkin. Yoshlarning tanlash imkoniyatlari juda katta. Tanlash imkoniyati – o‘qish, o‘rganish, yangi bilimlar olish, hayot saboqlarini o‘rganish imkoniyatidir.
Kattalikning o‘ziga xos xususiyati ota bo‘lish, ona bo‘lishdir. Oilaga yangi mehmon keladi. Unga bo‘lgan munosabat, oiladagilarning ham bir-birlariga munosabatlari yaxshi yoki yomonga o‘zgaradi. Oilada birinchi farzandning tug‘ilishi oiladagi psixologik muhitni o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim ayollarda tug‘riqdan keyingi depressiya bo‘ladi. Buni tushunmaslik ayolning oilada ajralib qolishiga, munosabatlarning yomonlashuviga olib keladi.
Oiladagi tartibsizliklar, bola tagliklarining sochilib yotishi, ayolning o‘ziga qaray olmasligi, ko‘proq bola bilan o‘ralashib qolishi erkakka yomon ta’sir qiladi, kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi.Buning oqibatida oilaviy ajrimlar sodir bo`ladi. Ajralishlar natijasida qanchadan-qancha bolalar tirik etim bo‘lib qoladilar.
Ota-onalik rolini yaxshi bilish bu davrda hayotning maqsadi bo‘lishi kerak.
Onalar roli:
Birinchi farzand tug‘ilishi “ayol” ni “ona” ga aylantirib qo‘yadi. U ko‘proq vaqtini bolaga baxshida etadi. Onalik instinkti jonlanadi, ma’suliyat paydo bo‘ladi. Bolasi uchun jon kuydirib harakat qiladi. Bularning hammasi erkakning rashkiga sabab bo‘ladi.
Ona bo‘lishlikning qiyinchiligidan yana biri u ayol lavozimini yuqoriga ko‘tarilishining cheklanishidir. Ham o‘qib yoki ishlab, ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunday qiyinchiliklardan qo‘rqqan ayrim ayollar ona bo‘lishni orqaga suradilar.
Oiladagi qiyinchiliklar bola tarbiyasi, uy-ro‘zg‘or ishlari, turmush o`rtog`I bilan kelisha olmaslik ayollarda hayotga qiziqishning so‘nishiga olib keladi. Bu og‘ir oqibatlarga sabab bo`lishi mumkin.
Ayrim ayollar ma’suliyatdan, qiyinchiliklardan qochib o‘zlarini har tomonlama rivojlantirishga harakat qilmaydilar. Yoshlari bir joyga borganda ular hamma aybni boshqalarga ag‘darishadi. Yoshlik davridagi o‘zining kamchiliklarni,o‘qimaganligini, ishlamaganligini oilasiga, turmush o`rtog`iga, sharoitga to‘nkaydilar. Aurim ayollar lavozimdan yuqoriga ko‘tarilmaganiga sabab oilasiga o‘ralashib qolganligidan deb, o‘ylaydilar. Ammo qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan, xoxlasa oilani ham, ishni ham, o‘qishni ham o‘rniga qo‘yishi mumkin.
Ayol – ona, yangi insonni dunyoga keltirgan buyuk zotdir. Yoshlik davrida hayotning unga bergan barcha hadyalarini to‘g‘ri qabul qilib olishi ayolning o‘ziga bog‘liq.
Ayolning barcha qiyinchiliklarida unga elkadosh bo‘lgan inson, turmush o‘rtog‘i bo‘lishi uning baxtidir. Ayol va erkak doimo bir-birlarini tushunishlari, bir-birlariga otalik va onalik vazifalarini bajarishlariga yordam berishlari kerak.
Ayol uchun bu davr qiyin davrlardan biridir. Hali uning turmish tajribalari kam. Jamiyatdagi barcha qiyinchiliklar uning boshiga tushgandek bo‘ladi. Bu qiyinchiliklar asta-sekin o‘tib ketadi. Lekin asoratlari bo‘lmasligi uchun baxtli yashashga birgalikda harakat qilishlari kerak.
Otalik roli:
Oilada otaning asosiy rollaridan biri – boquvchi rolidir. U oilasi uchun moddiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qilishlari kerak. Ota bo‘lgach u o‘zi bilmagan holda ayolini farzandidan rashk qila boshlaydi. Ota oilaning boshlig‘i, tayanch bo‘lishi kerak.
Otalikning sotsial rolini o`zlashtirishda ayrim qiyinchiliklar sodir bo‘ladi. Buni psixologik tuzoqlarga uchrashlarida ko‘rish mumkin. Otalik rolini o`zlashtirishda uchrasi mumkin bo`lgan psixoogik tuzoqlar:
Maqsadning oddiyligi. Kiyintiraman, ediraman, ichiryapman otalik shu – deb o‘ylaydi.
“Men otaman mening deganim bo‘lish kerak”.
Barcha oilalar kabimiz – deb oilaning, oila a’zolarining o‘ziga xosligini unitish, ularni tushunmaslik.
Kuchning haqliligini ustun qo`yish, ya’ni kuch ishlatib tarbiyalamoqchi bo‘ladi.
Bola hali kichkina, u bilan onasi shug‘ullanish kerak, deb o‘ylash.
Oilada o‘zini judayam erkin tutishi, bunda oila a’zolarining xislatlarini xisobga olmaydi.
Hamma narsalar, sovg‘alar olib beraman – otalik shu, deb hisoblaydi.
O‘z jinsini yuqori qo`yishi, oilaviy muammolarni “erkachasi”ga hal qilishi.
Erkak har doim o‘z yo‘lini topib ketadi,deb o‘ylashi.
Ayolini bolasidan rashk qilishi. “Ayolimning e’tibori bolalarga ko‘proq menga e’tibor bermayapti” – deb hisoblaydi.
Yoshlik darvida, ota bo‘lishning shunday tuzoqlari mavjud, ammo ularni engib o`tishga harakat qilish kerak. Birinchi farzand tug‘ilishi, unga qarash, bolani erkalashdan cho`chimaslik kerak.
Demak, yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davrdir.
Jamiyatning kelajak taqdiri, xalqning mo‘l-ko‘lchiligi, farovonligi, qudrati, madaniyati – yoshlarga bog‘liq, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruhiy olami hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |