Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering 
 
Kredit liniya 
Ipoteka kreditlari
Ochiq kredit liniya
Moliyaviy iste‘mol krediti
Yopiq kredit liniya 
Tovar iste‘mol krediti
«Stend bay» kredit 
Sindikatlashgan kredit 
Kontokorent kredit 
Mikrokredit 
Overdraft kredit
Mikroqarz
Ta‘lim krediti 
Iste‘mol krediti 
Lombard krediti
Revolver kredit
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar 
-
Alohida ssuda hisob varag‗idan kreditlash tartibini tushuntiring.
 
-
Ochiq kredit liniyasidan kreditlashning xususiyatlari qanday?
 
-
Yopiq kredit liniyasidan kreditlash xususiyatlarini gapiring.
 
-
Overdraft bo‗yicha kreditlash tartibi qanday?
 
-
Kontokoorent bo‗yicha kreditlashning xususiyatlarini keltiring.
 
-
Tijorat banklari qanday trast operatsiyalarini bajaradi?
 
-
Iste‘mol krediti va uning turlarini ta‘riflang?
 
-
Ipoteka krediti va uni berish va to‗lash qoidalarini tushuntiring.
 
-
Revolver krediti qachon va kimlar uchun qo‗llaniladi?
 
-
Qaysi subyektlarga va qanday maqsadlarda sindikatlashtirilgan 
kreditlar beriladi?
 
-
Ta‘lim krediti va uning ijtimoiy ahamiyati to‗g‗risida 
tushuntiring.
 


462
kompaniyasining kredit bo‗yicha sug‗urta polisini taqdim qilishi 
mumkin. 
Yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya 
etilayotgan ta‘minot turini tahlil qilishi shart va ular bilan kelishgan 
holda ularga eng qulay bo‗lgan ta‘minot shaklini tanlash huquqiga ega. 
Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko‗rib chiqib kredit 
berish to‗g‗risida qaror qabul qilganidan, yetakchi va har bir ishtirokchi 
bankning sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, 
yetakchi va ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‗rtasida kredit 
shartnomasi imzolanadi. Kredit shartnomasi tuzilgandan so‗ng, 
ishtirokchi banklarning ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas‘ul 
xodimi tomonidan buxgalteriyaga kreditning miqdori, muddati va foiz 
stavkasini ko‗rsatgan holda, alohida ssuda hisob raqamini ochish 
to‗g‗risidagi farmoyishiga asosan ssuda hisob raqami ochiladi. 
Kredit yig‗ma jildi yetakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. 
Kredit yig‗ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi.
Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit 
shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi 
bank uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‗lov 
topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va 
xizmatlar uchun ssuda hisob varag‗idan naqd pulsiz shaklda to‗lash yo‗li 
bilan amalga oshiriladi. 
Kreditni qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish 
istiqboliga qarab, bir necha bosqichda amalga oshirilishi mumkin. 
Kreditdan foydalanish tijorat banki tomonidan doimo monitoring qilib 
boriladi. Berilgan kreditlar maqsadsiz itshlatilganda ishtirokchi banklar 
yoki yetakchi bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning 
maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib 
olinguncha depozit hisob varag‗idan muddatidan oldin undirib olish 
huquqiga ega. Kreditni qaytarish muddati etib kelganda va qarz 
oluvchining pul mablag‗lari mavjud bo‗lmagan taqdirda, kredit muddati 
o‗tgan ssudalar hisob varag‗i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u 
bo‗yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi 
va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi. 
Qarzdorning to‗lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning 
foizlarini 
o‗z vaqtida to‗lay olmaganligi uchun mas‘uliyat 
sinditsiyalashtirilgan kredit to‗g‗risidagi kelishuv asosida barcha 
ishtirokchi-banklar zimmasida bo‗ladi. 
451
guruh nogironlari, kam ta‘minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli 
tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar. Shuningdek tijorat banki qarz 
oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardan ko‗chirmalar ham olishi 
mumkin. Zarur holatlarda kredit berish to‗g‗risida xulosani tayyorlash 
uchun bank qarz oluvchidan qo‗shimcha hujjatlarni talab qilish
huquqiga ega. 
Ta‘lim kreditlari qaytarishlik, to‗lovlilik, ta‘minlanganlik, 
muddatlilik va undan maqsadli foydalanish shartlari asosida
 
talabalarning o‗zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi 
mumkin. 
Kredit ta‘minlanganlik sharti asosida mol-mulk yoki qimmatli 
qog‗ozlarni garovga qo‗yish, bankning kafolati, uchinchi shaxsning 
kafilligi, sug‗urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara 
olmasligi xavfi sug‗urta qilinganligi to‗g‗risidagi sug‗urta polisi, 
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin 
yetimlar va ―Mehribonlik uylari‖da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II 
guruh nogironlari va kam ta‘minlangan oilalardan chiqqanlar uchun). 
Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz 
oluvchi va oliy ta‘lim muassasasi o‗rtasida kredit shartnomasi tuziladi. 
Ta‘lim kreditlari bakalavriatga o‗qishga qabul qilingan talabalarga 
10 yilgacha, magistraturaga o‗qishga qabul qilingan talabalarga 5 
yilgacha bo‗lgan muddatga beriladi. Kredit qarz oluvchining ssuda hisob 
varag‗idan uning yozma topshirig‗iga asosan oliy ta‘lim muassasasining 
talab qilib olinadigan depozit hisob varag‗iga o‗tkaziladi. Ta‘lim 
kreditlari bo‗yicha mablag‗lar kredit shartnomasida qayd etilgan 
shartlarda har yarim yilda o‗qish uchun yillik to‗lovning to‗liq miqdorini 
ikki teng qismga bo‗lish yo‗li bilan o‗tkaziladi. Bunda yangidan qabul 
qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‗qiganlik uchun 
boshlang‗ich to‗lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik 
uchun navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to‗lanadi. O‗qishning 
ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‗lovlar har yarim yillik 
birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay 
to‗lanadi. Ta‘lim krediti chin yetimlarga, ―Mehribonlik uylari‖da 
tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga nol foiz 
stavkasida yoki foizsiz kredit, talabalarning qolgan toifalariga 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta 
moliyalash stavkasidan yuqori bo‗lmagan o‗zgaruvchi foiz stavkalarida 
beriladi. Ta‘lim kreditlari bo‗yicha foiz qo‗shiladigan foizlar uchun 
to‗lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 


452
o‗zgarishiga qarab o‗zgarishi mumkin. Kam ta‘minlangan oilalardan 
bo‗lgan talabalar uchun kredit bo‗yicha qo‗shilgan foizlarning 50 foizi 
tuman Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlari tomonidan Ish bilan ta‘minlashga ko‗maklashish davlat 
jamg‗armasi mablag‗laridan to‗lanadi. Qarzdor tomonidan kreditni 
qaytarish naqd pulda, shuningdek naqd pulsiz hisob-kitob yo‗li bilan ish 
haqi va unga tenglashtirilgan to‗lovlar hisobidan amalga oshiriladi. 
Ta‘lim kreditining foizi har oyda, asosiy qarzi esa talaba o‗qishni 
bitirgandan so‗ng 3 oydan keyin to‗lanadi. Kredit oluvchi ta‘lim 
kreditini muddatidan oldin ham qaytarishi mumkin. Kredit shartnoma 
shartlarining bajarilishi tijorat banki tomonidan monitoring qilib 
boriladi. Agarda ta‘lim krediti va u bo‗yicha foizlar shartnomada 
kelishilgan muddatlarda to‗lanmasa bank undiruvni ta‘minotga 
qo‗yilgan mulkka yoki narsaga qaratadi va kreditni qaytarib olish 
choralarini ko‗radi. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish