426
qaytarilayotganligi va qarzdor kreditlash muddati davomida haqiqatda
qancha summa ishlatayotganligini ko‗rsatadi.
Oddiy foizlar usuli
ham haqiqatda ishlatgan kreditni ko‗zda tutadi.
Agar qarzdor kredit qaytarishni sekinlik bilan amalga oshirsa, oddiy
foizlar usuli qarzdorlik qoldig‗i pasayishini va tegishli to‗lanadigan foiz
stavkalarini aniqlab beradi. Bu usulni qo‗llashda qarzdor kredit
qaytarilishi muddati yaqinlashgan sayin foiz to‗lovlarida xarajatlarni
tejashga erishadi.
Diskont stavka usuli
. Kreditlarning asosiy qismi kreditlash
muddati davomida qisman foiz va qisman asosiy qarzni to‗lashni ko‗zda
tutadi, biroq diskontlash usuli foizlarning avans to‗lovini ham ko‗zda
tutadi. Bu holatda qarz oluvchi kelishilgan kredit summasini foizlarni
chegirishdan so‗ng oladi. Muddat tugashi bilan kelishilgan asosiy qarz
summasini qaytarishi lozim.
Foiz oshirish usulida
kredit qaytarish badallarini qarzdorga e‘lon
qilingunga qadar, foiz to‗lovlari asosiy qarz summasiga qo‗shib borilishi
nazarda tutiladi. Kredit va foizlar muddat oxirida bir vaqtda qaytarilgan
hollardagina, foiz oshirish stavkasi oddiy foiz stavkasiga teng bo‗ladi.
Har qanday boshqa holatda qarzdor shartnomada ko‗rsatilgan stavkada
emas, balki kredit bo‗yicha yuqori bo‗lgan real stavkani to‗laydi.
Erkin bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda ssuda
kapitalining bahosi va ularga to‗lanadigan foiz stavkalari bozorda,
raqobat muhitida vujudga keladi. Bunda ssuda kapitali auksioni
boshlanadi. Bu auksionda kredit resurslari erkin, ochiq tarzda sotiladi.
Ammo auksion bo‗lganligi sababli, bu resurslarga narx sun‘iy tarzda
oshib ketishi mumkin. Ammo iqtisodiyoti uncha rivoj topmagan
davlatlar uchun kredit resurslarining real bahosini aniqlash va bunda
inflyatsiyani ham e‘tiborga olish eng qulay usul hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar banklari amaliyotida ham qat‘iy belgilangan
(fiksirlangan) va suzib yuruvchi foiz stavkalari qo‗llaniladi. Qat‘iy
belgilangan (fiksirlangan) foiz stavkasi - bu kredit shartnomasi
bajarilgunga qadar o‗zgarmasdan qoluvchi foiz stavkasidir. Bu stavka
tijorat banki uchun noqulay, chunki bunda bank o‗z aktivlarining
ma‘lum qismini yo‗qotishi mumkin. Masalan, bank 30 % stavkada bir
yillik kredit berdi. Uch oydan ssuda kapitali bozorida bir yillik
kapitallarning foiz stavkasi 35% ga ko‗tarilsa, bu yerda bankning zarar
ko‗rishi aniq. Suzib yuruvchi foiz stavkasi bu ssuda kapitalidagi talab va
taklifga qarab o‗zgarib boradigan foiz stavkasidir. Suzib yuruvchi foiz
stavkasini qo‗llagan bank o‗zini baholar o‗zgarish riskidan himoya
423
stavkasi hisoblanadi. Bundan tashqari Frankfurtdagi Mayneda
Do'stlaringiz bilan baham: