ochmasdan»
yoki
«kredit liniyasini ochib»
kreditlar beradi. Kredit
liniyasi – bu qarz oluvchi oldidagi yuridik tuzilgan bank majburiyati
bo‗lib, bunda qarz oluvchiga ma‘lum muddat davomida belgilangan
limit chegarasida kredit berishga kelishiladi. Kredit liniyadan kreditlar
quyidagi maqsadlarga, ya‘ni qarz oluvchining asosiy faoliyati bilan
bog‗liq tovar moddiy boyliklar, ishlarni bajarish va xizmat ko‗rsatish,
428
-
foiz riskini boshqarish bo‗yicha bank strategiyasining mavjud
emasligi;
- bank faoliyatidagi kamchiliklar, rejalarning yo‗qligi yoki
mukammal emasligi;
- foiz riskini xedjirlash dasturining yo‗qligi;
- bank xodimlarining malakasi;
- foizlar o‗zgarishini kuzatib borish bo‗yicha monitoringning yo‗lga
qo‗yilmaganligi v.b.
Foiz risklaridan himoyalanish borasida xedjirlash, sug‗urtalash,
diversifikatsiyalash, muddatli bitimlar tuzish kabi choralardan
foydalanish lozim.
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering
Foiz siyosati
Foiz turi
Foiz darajasi
LIBOR
FIBOR
PIBOR
MIBOR
Preym-reyt‖
Marja
Foizli marja
Yevrokredit
Diskont
Real foiz stavkasi
O„z bilimini tekshirish uchun savollar
- Tijorat banklarining foiz siyosati deganda nimani tushunasiz?
- Foiz stavkasi qanday o‗rnatiladi va qaysi omillarga bog‗liq?
- Foiz darajasi qanday aniqlanadi?
- Kreditning bahosi deganda nimani tushunasiz va u qanday
aniqlanadi?
- Oddiy foizlar qanday aniqlanadi?
- Murakkab foizlar qanday aniqlanadi?
- Bank marjasi qanday aniqlanadi va u qaysi omillarga bog‗liq?
- Xorijiy davlatlar foiz siyosatining qanday xususiyatlarini bilasiz?
- Real foiz stavkasi qanday aniqlanadi va unga qanday omillar ta‘sir
qiladi?
421
qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo‗lsa, foiz pasayadi va, aksincha,
agar aksiya dividendi past bo‗lsa, foiz undan yuqori bo‗lishi shart. Aks
holda pul egasi (bank) uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal
ko‗radi.
7.
Kredit berishning risk darajasi. Agar kreditning qaytib kelishi
kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo‗lib, qarz qaytishi shubhali
bo‗lsa, foiz stavkasi yuqori bo‗ladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati doimo risk bilan bog‗liq. Shu bois
banklarda foiz riski (interest rate risk) – depozitlar va qarzga olingan
mablag‗lar bo‗yicha foizlarning kreditlar bo‗yicha foizlardan oshib
ketishi natijasida yuzaga keladigan yo‗qotishlarning oldini olish juda
muhim hisoblanadi.
Foiz risklarini boshqarishda bankning aktivlari va passivlari
muddatlarining mos kelishi muhim ahamiyatga ega. Aktiv va
passivlarning muddatlari o‗rtasidagi farq GEP deb ataladi. Bu usulning
mohiyati shundaki, bankening aktivlari va passivlari foiz stavkalari,
muddatlari to‗lash muddatlari bo‗yicha guruhlarga ajratiladi. Har bir
muddat uchun GEP shu muddatdagi aktivlar va passivlar o‗rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi.
GEP=ASF-PSF,
bu yerda ASF – aktivlar bo‗yicha sof foizlar; PSF – passivlar bo‗yicha
sof foizlar.
Agarda bankda aktivlarga nisbatan passivlar ko‗p bo‗lib va ular
foizlar o‗zgarishiga ta‘sirchan bo‗lsa, GEP salbiy bo‗lishi mumkin. Foiz
riskini foiz marjasi orqali baholash mumkin. Foiz marjasi – bu olingan
foizlar va to‗langan foizlar o‗rtasidagi farqdan iborat. Foiz marjasi
koeffitsiyenti ma‘lum vaqtda uning haqiqiy darajasini ko‗rsatadi va
quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi:
K = ma‘lum davrda olingan foizlar - shu davrda to‗langan
foizlar*100/daromad keltiruvchi aktivlarning o‗rtacha qoldig‗i. Foiz
risklarini boshqarishning bir necha konsepsiyalari mavjud. Ularni
39-jadvaldan ko‗rishimiz mumkin.
Har bir davlatda qayta moliyalash stavkasini boshqarish shu
davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi
hisoblanadi. Muomalaga chiqariladigan pul massasi, iqtisodiyot
tarmoqlariga yo‗naltiriladigan kreditlar miqdori qayta moliyalash
stavkasiga asoslanadi. Chunki qayta moliyalash stavkasining kamayishi
pul qiymatining arzonlashuviga va muomalada pul massasining
oshishiga, iqtisodiyot sohalariga ko‗proq pul mablag‗larini yo‗naltirishni
422
rag‗batlantirishga zamin yaratadi. Qayta moliyalash stavkasining oshishi
kreditlar bahosining oshishiga, pul massasining kamayishiga ta‘sir
qilishi mumkin. Shuning uchun bu jarayonni inflyatsiyaga qarshi vosita
sifatida ham qo‗llash mumkin.
53 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |