to„rtinchi bosqichi
ni belgilab berdi. Bu bosqich
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Bank tizimini yanada
erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
2000-yil 21-martdagi farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini
isloh qilishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi 2000-yil
24-martdagi qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar
mazkur bosqichning asosiy
vazifalari
qilib belgilandi:
- bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari
mustaqilligini oshirish;
- bank tizimi va uning bo‗g‗inlari rivojlanishini rag‗batlantirish;
- bo‗sh turgan mablag‗larni bankka jalb qilish va omonatchilarning
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
- banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalari,
xususan, dehqon, fermer xo‗jaliklari hamda kichik va o‗rta biznes
subyektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
- banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylan-
tirish;
- banklarning mijozlar bilan o‗zaro manfaatli sheriklik munosabat-
larini shakllantirish;
- aholining bank-moliya tizimiga bo‗lgan ishonchini oshirish;
- xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni
kengaytirish, valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish ka-
bi vazifalar belgilandi va mazkur vazifalarni amalga oshirishning
me‘yoriy va huquqiy asoslari yaratildi.
2006-yildan
boshlab respublika bank tizimini rivojlantirishning
beshinchi bosqichi
boshlandi. Bu bosqich banklar tomonidan aholi va
xo‗jalik
yurituvchi
subyektlarga
xizmat
ko‗rsatish
ko‗lamini
kengaytirish va bu sohani yangi bosqichga ko‗tarishga me‘yoriy va
huquqiy asos solganligi bilan xususiyatlidir. Bu bosqichda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni kreditlash, aholining
iste‘mol ehtiyojlarini va uy-joy qurilishini ipotekaviy kreditlash,
mikrokredit
tashkilotlari
va
mikromoliyalash
tizimini
takomillashtirishning qonuniy asoslari shakllantirildi. ―Mikromoliyalash
to‗g‗risida‖gi, ―Mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risida‖gi, ―Iste‘mol krediti
27
6-moddasida Markaziy bank o‗z vakolatlari doirasida qarorlar
qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan.
Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy
bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‗lmaydi.
Qonunning 8-moddasida Markaziy bank faoliyatining tashkiliy
jihatlariga
e‘tibor qaratilgan bo‗lib, Markaziy bank yagona
markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega ekanligi, Markaziy bank
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va
muassasalar tashkil etilishi mumkinligi, jumladan, bu borada
Qoraqalpog‗iston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va
Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomga ega bo‗lmagan o‗zining
bosh boshqarmalarini tuzishi mumkinligining huquqiy asoslari
keltirilgan.
Markaziy bank raisi bank boshqaruvning raisi hisoblanadi.
Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga
rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank
zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo‗ladi.
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, Markaziy bank faoliyati
va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqarish bo‗yicha harakatlarni
amalga oshiradi.
Markaziy bankning boshqaruv tarkibini quyidagi rasmda aks ettirish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |